O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana16.06.2020
Hajmi0.76 Mb.
#119269
1   2   3   4   5
Bog'liq
kasb-hunar kollezhlarida informatikaning elektron zhadvallar modulini oqitish metodikasi


1-turdagi  topshiriq.  Unda  nazariy  yoki  namunaviy  topshiriqlarda 

keltirilgan  masalalarga  mustaqil  o’zgartirishlar  kiritib,  hisoblash  ishlarini  olib 

borish va natijalarni tahrir qilishga doir vazifalar beriladi. 

2-turdagi  topshiriq.  Bu  turdagi  topshiriqlarni  bajarish  jarayonida 

talabalarning ijodiy yondashuvlari talab qilinadi. 



3-turdagi  topshiriq.  Bu  turdagi  topshiriqlar  o’quvchi  yoshlarning  tanlagan 

mutaxassisligi  bo’yicha  amaliyotda  ko’p  qo’llanadigan  ishlar  yuzasidan 

beriladigan vazifalardan iborat. 

Har  bir  mavzu  bo’yicha  bajarilgan  topshiriqlarni  umumlashtirish.  Ularni 

disketada yoki alohida ma’lumotlar papkasi shaklida kompyuterda saqlab qo’yish, 

hisobotlar  tayyorlash  va  ular  asosida  baholash  me’yorini  ishlab  chiqish  kerak. 

Barcha  o’quvchilarning  berilgan  vaqt  ichida  topshiriqlarni  bajarishini  ta’minlashi 

va ularni to’ғri baholashni yo’lga qo’yish kerak. 

Informatikadan amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarini shu usulda rejalashtirish 

va o’tkazilishi quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: 

- talabalarning  mavzu  bo’yicha  olgan  nazariy  bilimlari    mustahkamlanadi  va 

amaliyot hisobiga kengaytiriladi; 

- talabalar o’z ustida mustaqil ish yuritishga o’rganadilar; 


 

 

51 



 

- o’qitish  tizimida  bir  xildagi  topshiriqlar  emas,  balki  oddiydan  murakabga 

qarab o’tish tamoyili qo’llanadi; 

- talabalar kasbiy sohadagi  amaliy masalalar bilan tanishadilar; 

- kompyuter  texnologiyasidan  unumli  foydalanib,  ularning  o’z  mutaxassislik 

foaliyatidagi o’rnini aniqlaydilar. 

 

Excel dasturi bo’yicha birinchi ma’ruza darsining  «Texnologik xarita» si 

quyidagicha:  

1.  Dars  mavzusi.  Elektron  jadvallar  haqida  umumiy  ma’lumot.  Microsoft 

Excel elektron jadvali va uning asosiy elementlari. 

2.  Darsning  maqsadi.  Talabalarga  elektron  jadvallar  haqida  umumiy 

ma’lumotlar  berish    va  hisob-kitob  ishlarini  amaliyotda  qo’llash,  Excel  elektron 

jadvali  bilan  tanishtirish,  uning  ishlash  printsiplari  va  asosiy  elementlar  haqida 

bilimlar berish. 

3. Darsning turi. Yangi bilimlarni bayon qilish. 

4. Asosiy tushunchalar va atamalar.  Elektron jadval,   Excel dasturi va uning 

asosiy  tushunchalari  (ishchi  kitob,  ishchi  varaq,  yacheyka,  diapozon,  formula 

yozish qatori, funktsiyalar, diagrammalar). 

5.  Ko’rgazmali  vositalar:  Zamonaviy  ekran  vositasi,    multimediya 

texnologiyalari, audioproektor, kompyuter  va  mavjud darslik,  o’quv qo’llanmalar, 

interfaol usullarda tashkil qilingan tarqatma materiallar. 

6. Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.    

1. Tashkiliy qism -  5 daqiqa 

2.  Yangi  mavzuni  boshlashga  hozirlik.  –  15  daqiqa.    Unda      mavzu  bilan 

bogliq,  o’tgan  mavzular  takrorlanadi.  Bu  mavzuda  elektron  jadvallar  bilan  bogliq 

bo’lgan  matn  muharriridagi  "Matnlar  orasiga  jadvallar  qo’yish"  mavzusi  aqliy 

hujum orqali quyidagi savollar asosida bayon qilinadi: 1. Jadval nima va u qanday 

tuzilgan? 2.Jadvalga qanday ma’lumotlar kiritiladi?    


 

 

52 



 

3.  Jadvalda  hisoblash  ishlari  qanday  amalga  oshiriladi?  O’quvchilarning  fikrlari 

umumlashtirilib, darsning maqsadi o’quvchilarga aytib o’tiladi. 

3.  Yangi  mavzuni  yoritish.  -  40  daqiqa.  U  quyidagi  reja  asosida  amalga 

oshiriladi.  Multimediya  vositalari  va  proektor  yordamida  ekranda  namoyish 

qilinadi. 

1. Elektron jadvallar haqida umumiy ma’lumotlar.  

2. Excel elektron jadvalining asosiy elementlari va interfeysi. 

3. Ishchi hujjatlar bilan ishlash. 

Bu  mavzular  ketma-ketlikda  va  mantiqiy  bogliqlikda,  yuqoridagi  vositalar 

yordamida o’qitishning interfaol usullari (T-sxema, klaster va aqliy hujum)  orqali 

talabalarga etkaziladi.   

4. Yangi mavzuni mustaxkamlash. - 10 daqiqa. Berilgan nazariy bilimlar aniq 

misollar va turli xil topshiriqlarni bajarish yordamida   mustahkamlanadi. 

 5.Darsga  yakun  yasash.  -  10  daqiqa.  Darsda      tushunilmagan  savollarga 

javoblar  beriladi  va  ularning  qanchalik  eslab  qolinganligini  bilish  maqsadida 

o’qituvchi  tomonidan  quyidagi  savollar  o’rtaga  tashlanadi  va  T-  sxemaga 

tarqatiladi:   

1. 

Elektron jadvallar nima va nima uchun ishlatiladi?  



2. 

Microsoft Excel dasturi qanday dasturlar qatoriga kiradi? 

3. 

Bu dasturda qanday ishlarni amalga oshirish mumkin? 



4. 

Dasturdagi asosiy tushunchalar nimalardan iborat? 

  Ushbu  savollarga  va  quyidagi  T-  sxemaga      javoblari  tinglanadi.  Dars 

yakunlanadi. 

 

Ha   

Yo’q 

 

Boshqa yacheykalardagi ma’lumotlar aosiy hisoblanmaydi 



 

 

Excel  dasturi  Пуск  –  Настройка  –  Excel    buyrugi  orqali  ishga 



tushiriladi 

 

 



Excel dasturining hujjatlari ishchi kitob deb ataladi 

 


 

 

53 



 

 

Устунлар лотин алифбоси ҳарфлари билан белгиланади. 



 

 

Ustunlarning umumiy  soni 126 ta 



 

 

Yacheyka –ustun va satr kesishgan xona(manzil) 



 

 

Nom maydonida satr nomi ko’rinib turadi. 



 

 

Formulalar yozish qatorida faol yacheykadagi ma’lumotlar ko’rinadi   



 

Diapazon – bu yacheykalar guruhi 

 

 

Yacheykaga sonlar, matnlar va formulalar kiritiladi 



 

 

Formula   «(» belgisi bilan boshlanadi 



 

 

2.4-rasm. T -sxema ko’rinishdagi tarqatma material namunasi 



 

MS Excel dasturining 1-amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarini 

o’tkazishning uslubiy asoslari va dars ishlanmalari. 

Darsning mavzusi. MS Excel elektron jadvalining asosiy elementlari va 

ulardan foydalanish 



Ajratilgan vaqt. 2 soat 

Darsning maqsadi. MS Excel elektron jadvali haqida talabalarning  nazariy 

bilimlarini mustahkamlash va dasturdagi asosiy tushunchalar, elementlar bilan 

tanishtirish. 

O’quvchilar quyidagilarni mukammal bilishi va ularga rioya etishi kerak:  

1)  o’rganayotgan  mavzuning  asosiy  tushunchalarini  amaliyotda  samarali 

qo’llay olishi; 

2)  buyruqlar ketma-ketligini tushunib, aniq bajarishi; 

3)  mashg’ulotni  Excel    dasturining  oxirgi  versiyalaridan  foydalangan  holda 

tashkil qilishi; 

4)  vazifalarning  to’liq  bajarilishi  va  hosil  bo’lgan  amaliy  ishni  tahlil  qila 

bilishi. 

3. Dars turi. Amaliy-laboratoriya ishi  


 

 

54 



 

4. Darsning jihozi va asosiy tushunchalari tavsifi. Zamonaviy 

kompyuterlar, oldindan tayyorlangan quyidagi ko’rinishdagi tarqatma material. Bu 

materialda:  

Nazariy ma’lumotlar. 

Elektron jadval (jadval protsessori) - jadval ko’rinishida tasvirlash mumkin 

bo’lgan  masalalarni  echishga  mo’ljallangan  maxsus  dastur.  Excel  bu  -  windows 

muhitida  ishlaydigan,  elektron  jadvallarni  tayyorlash  va  ularga  ishlov  berishga 

mo’ljallangan  dastur.  Sonli  ifodalar  -  jadval  ichiga  kiritiladigan  sonlar. 



Formulalar - kiritilgan sonli qiymatlar bo’yicha yangi   qiymatlarni hisoblaydigan  

ifodalar.  Hujjat  -  excel  ning  asosiy  ishlov  berish  ob’ekti.  Ishchi    kitob    -  excel 

hujjatlari  nomi.  Ishchi  varaq  -  ishchi  kitobni  tashkil  etgan  elektron  jadval. 

Yacheyka  –    jadvaldagi  manzili  ko’rsatiladigan  va    bir  qator  va  bir  ustun 

kesishmasi oraliqida joylashgan element. 



Diapozon- bir nechta yacheykalardan iborat bo’lgan to’plam. 

Namunaviy topshiriq: 

MS EXCEL  dasturini ishga tushiring 



"Пуск" –"Программы" – "Microsoft Excel" 

1.  Ishchi kitob ("Kniga1") ning nomini Kitob1 ga o’zgartiring. 



 

Файл – Сохранить как buyruqlari orqali hosil bo’lgan muloqot 

darchasining "Imya"(nom) qatoridagi Kniga1 ni o’chirib, uning o’rniga Kitob1 deb 

yozing. 

2.  Ishchi varaq nomlarini o’gartirish: 



 

 

55 



 

  a) sichqoncha ko’rsatkichini varaq yorlig’i ustiga keltirib, uning o’ng 

tugmasini bosing. 

  b) hosil bo’lgan menyudan «Pereimenovat» buyrug’ini tanlab oling. 

 

 

 



 

 

1-turdagi topshiriqlar: 

1.  Dasturni boshqa usullar bilan ishga tushiring. 

2.  Ishchi kitobning nomini  "Hafta kunlari" deb nomlang. 

3.  Har bir hafta kuniga bittadan ishchi kitob yarating. 

4.  Qo’shimcha ishchi varaqlar yarating. 

5.   Har bir hafta kuniga bittadan ishchi varaq yarating. 

6.  Ishchi varaqlar nomlarini tartib bilan joylashtirib chiqing. 

7.  Yaratilgan ishchi kitobni saqlab qo’ying. 

2- turdagi topshiriqlar: 

1.  Ishchi  varaqlarning  nomini  gorizontal  menyudagi  format  bo’limi 

yordamida o’zgartiring. 

2.  Ishchi varaqlarni yashirincha ko’rinishga keltiring.  

3.  Yashiringan ishchi varaqlardan «Dushanba» nomlisini qayta tiklang. 

4.  Qo’shimcha satr va qo’shimcha ustun qo’shing. 



3-turdagi topshiriqlar: 

1.  Dasturga qo’shimcha piktogrammalar qo’shing. 

2.  Ishchi  maydondagi  kerakli  diapozonni  tanlab,  qolganlarini  ko’rinmas 

holatga keltiring. 

3.  Gorizontal menyuga qo’shimcha menyular kiriting.  

4.  Ishchi varaqlarga himoya qo’ying va himoyani olib tashlang. 



 

 

56 



 

5.  Yuqoridagi qilingan barcha ishlarni «1-laboratoriya ishi» deb nomlang  va 

xotirada saqlab qo’ying. 

 

  Yuqorida keltirilgan amaliy - laboratoriya   mashg’ulotlarini  



o’tkazish tartibi: 

1.  O’qituvchi mavzu bo’yicha o’quv materiallari (tarqatma matriallar)ni dars 

boshlangandan keyin o’quvchilarga tarqatib chiqadi. 

2.  O’quvchilarga  nazariy  materiallar  bilan  tanishib  chiqish  uchun  vaqt 

beriladi. 

3.  Tanishib  bo’lgandan  so’ng  namunaviy  topshiriqlar  bilan  ishlash 

boshlanadi. ¤quvchilarning tushunmagan savollariga  javob beriladi. 

4.  Agar  o’quvchilar  namunaviy  topshiriqlarning  barchasi  tushunarli 

ekanligini  bilishsa,  to’g’ridan-to’gri  1-tur  topshiriqlariga  o’tishi  mumkin.  Bunda 

ularning  namunaviy  topshiriqlarni  bajarish  vaqtidan  unumli  foydalangan  deb 

hisoblanadi.  

5.  Birinchi  turdagi  topshiriqlarni  bajarish  uchun  o’quvchilar  namunaviy 

turdagi topshiriqlarning olingan natijalaridan  foydalanadi. 

6.  Ikkinchi  va  uchinchi  turdagi    topshiriqlarni  bajarishga  o’quvchilar  ijodiy 

yondashib, nazariy ma’lumotlarga tayangan holda ish ko’radi. 

7.   Topshiriqlarni  o’quvchilardan  qabul  qilish  uchun  ham  vaqt  ajratilgan 

bo’lib,  unda  barcha  turdagi  va  namunaviy  topshiriqlarni  bajarganliklari  ham 

hisobga olinadi, so’ng o’quvchilarning o’zlashtirish darajalari aniqlanadi.  

 

 

 

 

 

 

 


 

 

57 



 

XULOSA 

 

Ta’lim  tizimini  zamonaviy  axborot  texnologiyalari  bilan  jihozlash,  o’quv 



jarayonida zamonaviy kompyuterlar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ta’lim 

sifatini  oshirishda  turli  ko’rinishdagi  elektron  o’quv  qo’llanma  va  o’quv-nazorat 

dasturlari  yaratish  hamda  ulardan  o’quv  jarayonida  foydalanish  xozirgi  kunning 

asosiy vazifalaridan biri xisoblanadi. 

Ma’lumki, o’quv jarayoni sifatini yaxshilashga qaratilgan har bir ish albatta 

o’zining  samarasini  berishi  va  o’quvchilarning  kompyuter  texnologiyalari 

imkoniyatlaridan  samarali  foydalanishida  muhim  vosita  bo’lib  xizmat  qilishi 

kerak. 


Agar ta’lim texnologyalari o’zgartirilmasa, u holda mutaxassislarning qanday 

bilim zaxirasi va qanday malakaga ega bo’lishini tasavvur qilish mumkin.  

Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi va vazifalari, amaliy 

ahamiyati va  o’rganilganlik darajasi keltirilgan. 



     I  bob”Kasb-hunar  kollejlarida  informatika  va  axborot  texnologiyalari 

fanini  o’qitish  usullari”  deb  nomlanib,  ushbu  bobda  ta’lim tizimida  

noan’anaviy ta’lim haqida  tushuncha,  kasb  -  hunar  kollejlarida  informatika  va 

axborot  texnologiyalari          fanining    vazifalari  va  mazmuni,           .  Informatika  va 

axborot  texnologiyalarini  o’qitishda  innovatsion  texnologiyalariga  asoslangan  

o’qitish usullariga doir masalalar yoritib berilgan. 

II  bob  “Kasb-hunar  kollejlarida  informatikaning  elektron  jadvallar 

modulini  o’qitish  metodikasi”    deb  nomlanib,  ushbu  bobda  Informatika  va 

axborot  texnologiyalari  fanida  elektron  jadvallar  modulining  mazmuni,  elektron 

jadvallar  moduli  mavzulari  mazmunining  kasbga    yo’naltirilganlik  muammosi, 

elektron jadvallar  moduli bo’yicha  ma’ruza, amaliy-laboratoriya  mashg’ulotlarini 

tashkil etish va o’tkazish  metodikasi interfaol usullardan foydalanib tayyorlangan 

dars ishlanmalariga doir masalalar yoritib berilgan. 

 BMI  da  yuqorida  bildirilgan  fikr  muloxazalardan  shunday  xulosalarga 

kelish mumkin: 



 

 

58 



 

1.Ta’lim  jarayoni samaradorligini  oshirish,  ta’lim  oluvchilarning mustahkam 

nazariy  bilim,  faoliyat,  ko’nikma  va  malakalarini  shakllantirish,  ularni  kasbiy 

mahoratga  aylanishini  ta’minlash  maqsadida  o’qitish  jarayonida  yangi  pedagogik 

texnologiyadan  foydalanish  davr  taqozosi  hamda  ijtimoiy  zaruriyat  sifatida  kun 

tartibiga qo’yilmoqda. 

2.Ta’lim  jarayoniga  yangi  pedagogik  texnologiyani  tadbiq  etish  kadrlar 

tayyorlashga  yo’naltirilgan  umumiy  jarayon  mazmunining  sifat  jihatdan  o’zgarishini 

ta’minlaydi. 

3.  Yangi  pedagogik  texnologiya  nazariyasi  g’oyalaridan  foydalanish  asosida 

tashkil  etilgan  ta’lim  jarayoni  barkamol  shaxs  va  malakali  mutaxassisni 

tarbiyalash  borasidagi  ijtimoiy  buyurtmaning  bajarilish  xolatining  sifat 

ko’rsatkichiga ega bo’lishiga olib keladi. 

4.  Informatika  mavzularini  o’qitishda  nazariy,  amaliy  va  mustaqil  ish 

shakllari qo’llanildi. 

- o’qitishda interfaol usullarni qo’llash samarali ekanligi alohida qayd etildi va 

har  bir  mashg’ulot  uchun  aniq  va  samarali  bo’lgan  an’anaviy,  interfaol  yoki 

ulardan  tashkil  topgan  metodikalar  majmuasi  tavsiya  etildi  va  dars  ishlanmasi 

shaklida amalga oshirildi. 

-Informatikadan amaliy-laboratoriya  mashg’ulotlarini tashkil etish va o’qitish 

usullariga  to’xtalib,  ulardan  foylanish:  nazariy  bilimlarini    mustahkamlash, 

mustaqil  ish  yuritishga  o’rganish,  bir  xildagi  topshiriqlar  emas,  balki  oddiydan 

murakkabga  qarab  o’tish  tamoyilini  qo’llash,  kasb  sohasida  uchraydigan  amaliy 

masalalar bilan tanishish imkoniyatlarini oshiradi degan xulosalarga kelindi. 

 

  

 



 

 

 



 

 

59 



 

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR: 

 

1.  Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. G’G’Prezident 

Islom  Karimovning  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  IX  cessiyasida 

so’zlagan nutqi. – Toshkent, 1997. - 64 b. 

        2. I.Karimov Yuksak manaviyat-engilmas kuch.T.:«Manaviyat» 2008. 161b.  

   3.«O’zbekiston Respublikasida kadrlarni tayyorlash milliy dasturi»,  

      T. 1997 y.  

       4. I.Karimov, Yuksak manaviyat-engilmas kuch.T.:«Manaviyat» 2008. 161b.  

       5.Karimov 

I.A. 


O’zbekiston 

mustaqillikka 

erishish 

ostonasida. 

T.:«O’zbekiston»NMIU, 2011. 

       6.O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  «O’zbekiston 

mustaqillikka  erishish  ostonasida»  kitobini  o’rganish  bo’yicha  o’quv-uslubiy 

qo’llanma.T.:«O’zbekiston»NMIU, 2011.106,108,109- betlar. 

       7.Kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy dastur (maxsus kurs) T:1997.31-bet. 

     8. I.Isoqov, D.Abdurahimov, D.Toshtemirov. Oliy ta’limda bitiruv malakaviy 

ishlarni tayyorlash va himoya qilish. Uslubiy ko’rsatma. Guliston, 2015 y., - 24 b. 

       9. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun me’yoriy-huquqiy hujjatlar 

to’plami.  O’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  Markazining  2005  yil  17-avgustdagi 

192-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan. – Toshkent, 2005.   - 32 b.  

      10.  Aripov  M.,  Haydarov  A.  Informatika  asoslari.  Akademik  litsey  va  kasb-

hunar kollejlar uchun o’quv qo’llanma. - Toshkent, 2002.  - 431 b. 

      11.Aripov  M.,  Imomov  T.,  Irmuxammedova  R.,  Sagatov  M.,  Xaydarov  A., 

Yakubov  A.  Informatika.  Axborot  texnologiyalari.  O’quv  qo’llanma.  1-  qism.  - 

Toshkent, 2002. - 341 b. 

   12. Aripov M., Axmedov A.,  Ikromova  H.,  Irmuxammedova R., Sagatov M., 

Haydarov  A.,  Yakubov  A.,  Yakubova  M.  Informatika.  Axborot  texnologiyalari. 

O’quv qo’llanma. 2-qism. - Toshkent, 2003. - 425 b. 



 

 

60 



 

         13.  Axmedov  A.,Tayloqov  N.  Informatika:  Akademik  litsey  va  kasb-hunar 

kollejlari uchun darslik.-T.: «O’zbekiston», 2001.  

         14.  Abduqodirov  A.A.,  Hayitov  A..G’.,  Shodiev  R.R.  Axborot 

texnologiyalari T. «O’qituvchi». 2002. 

         15.  G’ulomov  S.S.  va  boshq.  Iqtisodiy  informatika».  T.:  «O’zbekiston», 

1999.     

         16. Sattorov A. Informatika va axborot texnologiyalari. - Akademik litsey va 

kasb – hunar kollejlar uchun darslik. – Toshkent: O’zbekiston, 2002. - 244 б. 

         17.Столяров А., Столярова Е «Шпаргалка» по EXCEL М.«Вербо»1997 г. 

         18.Симонович  С,  Евсеев  Г,  Алексеев  А  Специальная  информатика 

учебное пособие.  – М.: Аст-Пресс: Инфорком-Пресс, 1999. - 448 с. 

 

19.  Симонович  С,  Евсеев  Г,  Алексеев  А.  Windows  учебное  пособие.        



- М.: Аст-Пресс: Инфорком - Пресс, 1999. – 269 с. 

         20.Н. Sayidaxmedov «Yangi pedagogik texnologiya printsiplari», «Ma’orif» 

gazeta № 85, 1995 y. 

        21.K.Abdullaeva «Yangi pedagogik texnologiyalar» - «Boshlang’ich. ta’lim», 

J. № 4, 1999 yil, 8-9 betlar.  

        22,B.L.Farberman  «Ilg’or pedagogik texnologiyalar» T. «FAN», 2000 y.  

        23.O’.Tolipov,  M.Usmonboeva  «Pedagogik  texnologiya:  nazariya  va 

amaliyot»  «Fan» Toshkent. 2005 y.  

               

Internet saytlari: 

1.  www. mail.ru,  

2. 

www.edu.uz



,  

3. 


www.ziyonet.uz

,  


4.  www.ref.uz,   

5.

www.informatika.ru



      

 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling