Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti
Download 1.09 Mb.
|
2- mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toʻrtinchisi
- Maktabda matematika oʻqitishning mazmuni va vazifalari
Matematika oʻqitish metodikasi fani "matematika pedagogikasi" sifatida ta’limning umumiy qonuniyatlarining matematika sohasida namoyon boʻlish xususiyatlarini oʻrganadi.
Matematika oʻqitish metodikasi fani avvalo oʻzaro bir-biriga bogʻlik toʻrtta savolga javob berishi lozim. Birinchisi – nima uchun matematikani oʻrgatish kerak? Bu savolga javobni ta’lim va tarbiya umumiy vazifalariga asoslanib topish mumkin, oʻz navbatida bu vazifalar jamiyat rivojining ma’lum bir bosqichida uning oldida toʻrgan umumbashariy maqsad va vazifalar bilan aniqlanadi. Ikkinchisi – kimni matematikaga oʻrgatish kerak? Bir tomondan bu savol yosh haqida boʻlib, qachondan boshlab bolalarni matematikaga oʻrgatish maqsadga muvofiq va qachon barcha uchun majburiy dastur oʻrnatishni tugatish zarurligini ifoda etadi. Ikkinchi tomondan, maktabdan keyingi matematik ta’limning uzviyligini ifodalaydi. Uchinchisi–oʻrganiladigan matematika mazmuni qanday boʻlishi kerak? Yoki nimani oʻrgatish kerak? Bu savolga javob matematika oʻkitish maqsadlari haqidagi savol bilan mustahkam bogʻliq. Matematika fanidan uni oʻqitish va oʻrgatish uchun qanday hajmda va qanday ma’lumotlar olish masalasi bahsli masalalardan hisoblanadi. Toʻrtinchisi – matematikani qanday oʻrgatish kerak? Bu savolga javob matematika oʻqitish metodikasining muhim qismi boʻlib, eng harakatchan, eng ilgʻor va eng qulay oʻqitish usullari bilan birga ijodiy yondashishni talab etadigan usullar tizimini asoslash va targʻib qilish talab etiladi. Matematika oʻqitish metodikasi fanining asosiy vazifalari quyidagilar: matematikani oʻrganishning maqsadlari va oʻquv predmeti maz-munini aniqlash; qoʻyilgan masalalarni amalga oshirish uchun eng qulay usullar va asosiy oʻqitish shakllarini yaratish. Matematika oʻqitish metodikasi uchta boʻlimdan iborat: matematika oʻqitish umumiy metodikasi (masalan, oʻqitish usullari printsiplari va hokazo masalalar kiradi); matematika oʻqitish xususiy metodikasi (maktab matematika kursining ayrim boʻlimlari yoki tushunchalari yoʻnalishlarini oʻrganish usul va yoʻllari qaraladi); matematika oʻqitish maxsus metodikasi (masalan, akademik litsey, kasb-hunar kollej va maxsus oʻquv yurtlarida matematika oʻqitishning xususiyatlari oʻrganilishi mumkin). Matematika oʻqitish metodikasi fani oʻz oldida toʻrgan vazifalar koʻlamiga koʻra boshqa fanlar bilan uzviy aloqada. Avvalo matematikaning oʻzi bilan mustahkam bogʻliq boʻlib, shu asosda oʻqitishning mazmuni va usullari takomillashib boradi. Matematika oʻqitish metodikasi pedagogik fan boʻlganligi uchun tabiiy ravishda pedagogika fani yuty=lariga tayanadi. Bundan tashkari u psixologiya qonuniyatlari asosida matematika oʻqitish konuniyatlarini ochib beradi,chunki ta’lim jarayonida oʻquvchilarning ma’lum guruhi(sinf) va hatto ayrim oʻquvchilar xususiyatlariga e’tibor berish, ularning qiziqish va diqqat-e’tiborlari, xotiralarini hisobga olish, oʻzlashtirish bosqichlari, aql, xulqi xususiyatlari va h.k.larni hisobga olish talab etiladi. Maktabda matematika oʻqitish metodikasi mantiqqa ham tayanadi.Bunga sabab bir tomondan matematika oʻqitish bir vaqtning oʻzida mantiqiy matematik tilga oʻrgatish hisoblansa, ikkinchi tomondan, fan sifatida matematikaning oʻzi mantiq qonunlari asosida qurilgan. Maktabda matematika oʻqitishda asosiy narsa oʻqituvchining pedagogik mahorati boʻlib, u hech qanday ta’rif va tavsifga muhtoj emas, chunki bu san’atdir. San’atni oʻrganish lozim, san’atni egallash kerak. Pedagogik mahoratni egallashdagi birinchi va zarur bosqichlardan biri matematika oʻqitish metodikasini oʻrganish hisoblanadi. 3.Maktabda matematika oʻqitishning mazmuni va vazifalari Maktabda matematika oʻqitishning asosiy maqsadlari quyidagi-lar:umumta’lim, tarbiyaviy va amaliy maqsadlar. Umumta’lim maqsadlari: oʻquvchilarga ma’lum matematik bilim, koʻnikma va malakalar sistemasini berish; oʻquvchilarga olamni oʻrganishning matematik usullarini egallashlariga yordam berish; oʻquvchilarni ogʻzaki va yozma matematik nutqqa oʻrgatish; oʻquvchilarning ta’lim jarayonida va oʻz ustida ishlashlarida faol bilish faoliyatini oshirish uchun zarur bilim, koʻnikma va malakalar bilan qurollanishga hamda qoʻllashlari uchun etarli matematik ma’lumotlarni olishiga erishish. Tarbiyaviy maqsadlari: matematika faniga boʻlgan turgʻun qiziqishni tarbiyalash; oʻquvchilarni axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy, estetik va ekologik tarbiyalash( masalan, mehnatga hurmat, burch hissi, goʻzallik, ziyraklik, iroda va chidamlilik va h.k. xislatlarni tarbiyalash); oʻquvchilarning matematik tafakkur va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda matematik madaniyatni shakllantirishdan iborat. Amaliy maqsadlari: olingan bilimlarni oddiy hayotiy masalalarni echishga, boshqa oʻquv fanlarni oʻrganishda qoʻllay olish koʻnikmalarini shakllantirish; matematik asboblar va jihozlardan foydalana olishga oʻrgatish; bilimlarni mustaqil egallay olish koʻnikmalarini tarkib toptirish. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 5-9-sinflari uchun matematikadan davlat ta’lim standarti ( Ta’lim taraqqiyoti. 4-maxsus son.-T:Sharq, 1999 y.-101-170-b.) maktabda oʻquvchilarga matematikani oʻqitishdan koʻzda tutilgan maqsadlarni quyidagicha belgilaydi: - oʻquvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, matematik tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli oʻzlashtirilishida hamda hayotga tadbiq eta olishiga intilish; - oʻquvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning aql-zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yoʻllarini topa olishlariga koʻmaklashish; - insoniyat kamoloti, hayotning rivoji, texnika va texnologiyaning takomillashib borishi asosida fanlarning oʻqitilishiga boʻlgan talablarni hisobga olgan holda maktab matematika kursini ularning zamonaviy rivoji bilan uygʻunlashtirish; - vatanparvarlik, milliy gʻururni tarkib toptirish, rivojlantirish, matematika rivojiga komusiy olimlarimiz qoʻshgan ulkan hissalaridan oʻquvchilarni xabardor qilish; - jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini his qilgan holda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika toʻgʻrisidagi tasavvurlarni shakllantrish; - oʻquv jarayonini demokratiyalashtirish, gumanitarlashtirishga eri-shish. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida matematik ta’limning vazifalari kuyidagilar: son haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish va hisoblashning inson tajribasidagi oʻrnini koʻrsatish; hisoblashning amaliy koʻnikmalarini va hisoblash madaniyatini shakllantirish; algebraik amallarni bajarish koʻnikmalarini shakllantirish va ularning matematika va boshka sohadagi masalalarni echishda qoʻllash; elementar funktsiyalarning xossalari, grafiklarini oʻrganish va ularni tabiatdagi mavjud munosabatlarni tahlil qilish hamda ularni bayon qilishda foydalanish; planimetriyaning usullari va asosiy ma’lumotlarini oʻzlashtirish; oʻrganilayotgan tushuncha va uslublar hayotda va tabiatda roʻy berayotgan hodisalarni matematik modellashtirish vositasi ekanligi toʻgʻrisida tasavvurlarni shakllantirish; fazoviy jismlarning xossalarini oʻrganishda bu xossalarning amaliyot masalalarini echishga tadbiq qilish koʻnikmalarini shakllantirish. Davlat ta’lim standarti(DTS): matematikadan ta’lim mazmunining majburiy hajmini; oʻquvchilarning yosh xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlanadigan oʻquv yuklamasining yuqori miqdoridagi hajmini; asosiy yoʻnalishlar boʻyicha oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalariga qoʻyiladigan talablar va ularni baholash me’yorlarini belgilaydi. Yosh avlodga hozirgi zamon fani yangiliklarini, uning murakkab qirralarini oʻrgatish bilan bir qatorda oʻtmish merosimizni oʻrganishga imkoniyat tugʻdirilishi lozim. Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Fargʻoniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abul Vafo Buzjoniy, Fiyosiddin al-Koshiy, Umar Hayyom, Nasriddin At-Tusiy, Mirzo Ulugʻbeklarning va hozirgi zamon mashhur oʻzbek matematiklarining matematika faniga qoʻshgan hissalari haqida tushuncha berish maqsadga muvofiq. Matematik ta’limning asosiy yunalishlari: son va hisoblashlar; ifodalarni ayniy shakl almashtirishlar; tenglamalar va tengsizliklar; funktsiyalar va grafiklar; geometrik shakllar va kattaliklar. Bu yoʻnalishlar boʻyicha standartda majburiy minimum belgilangan. Oʻquvchilarning matematik tayyorgarligiga qoʻyiladigan talablarda: a) matematik ta’lim jarayonida oʻquvchilarga beriladigan imkoniyatlar bayon etiladi; v)oʻquvchilarning matematikadan egallashlari majbur boʻlgan bilim va malakalar, masalalar echish koʻnikmalari koʻrsatiladi. Shunday kilib, maktabda matematika oʻqitish mazmuni va uni oʻqitishni tashkil etish boʻyicha me’riy xujjatlarga DTS , oʻquv rejasi va dastur kiradi. Ular matematika oʻqitish mazmunini aniqlashni ta’minlaydi; har bir sinf oʻquvchisi egallashi lozim boʻlgan koʻnikma va malakalar hajmini belgilaydi; dasturning maktabda oʻqitish asosiy maqsadlariga mos kelishini va oʻquvchilar matematik tayyorgarligini ta’minlashi uchun etarliligini aniqlab beradi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling