Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti


Matematika oʻqitishda predmetlararo aloqalar


Download 1.09 Mb.
bet35/72
Sana20.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1788259
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72
Bog'liq
2- mavzu (1)

4. Matematika oʻqitishda predmetlararo aloqalar
Matematika boshqa oʻquv fanlari bilan uzviy aloqada. Ayniqsa fizika, astronomiya, biologiya, chizmachilik, kimyo va hokazo fanlar bilan bunday bogʻlanishlarga ega, bu aloqalar predmetlararo aloqalar deyiladi. Matematika oʻqitishda bu aloqalar hisobga olinishi zarur. Har bir matematik tushunchani oʻrganishda boshqa fanlardagi bunga mos tushunchalar va bilimlar muvofiq ravishda oʻrgatish talab etiladi.
Masalan, tenglamalarni oʻrganishda fizik tushunchalar: harakat, issiqlik va boshqa hodisalarni ifodalovchi tenglamalar ma’nosini bayon etish va ularga doir matnli masalalarni echish mumkin, yoki funktsiyalarni oʻrganishda ham turli fizik, kimyoviy, biologik jarayonlarni tavsiflovchi funktsiyalarga misollar keltirish va ularning grafiklarini yasash va tekshirishni amalga oshirish mumkin.
Matematika boshqa predmetlar bilan birga ichki aloqalarga ega, ya’ni geometriya va algebra orasida ham aloqalar mavjud. Bunday aloqalarni, masalan, geometriya masalalarini echishda algebraik usullarni qoʻllash va aksincha, geometrik usullar yordamida algebraik masalalarni hal qilish mumkin. Algebrani oʻqitishda gemetriya bilan uzviylikni geometrik tasvir va usullardan foydalanishda koʻrish mumkin. Masalan, funktsiya grafiklarni siljitishlarda, funktsiyalar xossalarini keltirib chiqarishda geometrik usullarni qoʻllash ichki predmetlararoaloqalarni oʻrnatish uchun imkon beradi.


Mustaqil oʻrganish uchun savollar:

  1. "Matematika" atamasi ma’nosi nimani anglatadi?

  2. Matematika fani qanday rivojlanish davrlarini bosib oʻtgan ?

  3. Matematika fan sifatida qanday xususiyatlarga egi ?

  4. Matematika oʻquv predmeti sifatida qanday belgilarga ega?

  5. Matematika oʻqitish metodikasi fani kanday savollarga javob berishi lozim?

  6. Bu fanning asosiy vazifalari nimalarni koʻzda tutadi ?

  7. Matematika boʻyicha davlat ta’lim standarti nima ?

  8. Matematik ta’lim maqsadlari nimalarni oʻz ichiga oladi ?

  9. Matematika ukitishning asosiy yunalishlari nimalardan iborat ?

  10. Matematika oʻquv dasturi va oʻquv rejasi qanday tuzilish va mazmunga ega ?




Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling