Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti


Download 1.09 Mb.
bet46/72
Sana20.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1788259
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72
Bog'liq
2- mavzu (1)

1. Matematik mashq.
Bu oʻyin koʻp sondagi oʻquvchilarga bilimlarni tezlikda tekshirishga imkon beradi. Sinf qatorlar boʻyicha jamoalarga boʻlinadi. Har bir qator esa ikki variantga boʻlinadi. Har bir variant oʻquvchilari, agar ular javob beradigan ob’ekt haqida soʻz borganda yoki oʻrnidan turadi, yoki qoʻl koʻtaradi.
2. Auktsion uyini.
Savdoga biror mavzu boʻyicha topshiriqlar qoʻyiladi, bunda oʻqituvchi oldindan oʻquvchilar bilan oʻyinning mavzusini kelishib olishi kerak. Masalan, 7 -sinfda “Algebraik kasrlar ustida amallar” mavzusi boʻlsin. Oʻyinda 4-5 jamoa qatnashadi. Kodoskop bilan ekranga 1-lot: kasrlarni qisqartirishga doir beshta topshiriq namoyish qilinadi. 1-jamoa topshiriq tanlaydi va unga 1 dan 5 ballgacha baho qoʻyadi.
Agar bu jamoa bahosi boshqalarga qaraganda yuqori boʻlsa, bu topshiriqni jamoa oladi va uni bajaradi.
Shunday qilib, matematika oʻqitish usullari rang –barang va ulardan foydalanish matematika oʻqituvchisi mahoratiga va boshka yuqorida koʻrsatilgan imkoniyatlarga bogʻliq boʻladi.
Jamiyatimiz buyuk oʻzgarishlar sari yuz tutgan bugungi davrda ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviyatli, erkin fikrlovchi barkamol etuk shaxsni tarbiyalash hamda ta’lim - tarbiya jarayonini takomillashtirish orqali ta’lim samaradorligini oshirish talab qilinmoqda.
Oʻzbekistonda bu borada soʻnggi yillarda anchagina diqqatga sazovor ishlar amalga oshirildi. Eng avvalo «Ta’lim toʻgʻrisidagi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim tizimining asosiy gʻoyalarini oʻzida mujassamlashtiradi.
Mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq umumiy oʻrta ta’limning barcha boʻgʻinlarida oʻquvchilarning muntazam bilim olishi, ularda mustaqil ijodiy fikrlash, kasb tanlashga va atrof muhitga ongli munosabatni hosil qilish, milliy va umumbashariy qadriyatlarni hurmat qilish oʻz Vataniga, xalqiga sadoqat, mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash tamoyillari aks ettirilgan. Shu bilan birga har tomonlama kamol topgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda puxta oʻzlashtirgan, jamiyat, davlat va oila oldidagi oʻz javobgarligini his etadigan fy=arolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik gʻoyalar belgilangan. Ushbu pedagogik gʻoya ta’lim tizimi oldiga:
- ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan hy=y=iy demokratik davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
- kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy — iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan jamiyat ehtiyojlaridan, fan ma-daniyat texnika va texnologiyaning zamonaviy yuty=laridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
- ta’lim oluvchilarni ma’naviy- axloqiy tarbiyalashning sama-rali shakllari va uslublarini ishlab chiqish hamda joriy etish vazifalarini koʻndalang qilib qoʻydi.
Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida matematika oʻqitishi jarayoni asosan oʻrtacha oʻzlashtiradigan oʻquvchiga nisbatan olib boriladi. Darslar deyarli nazariy asosda oʻtiladi. Bizning fikrimizcha, darslarda koʻproq oʻquvchilarni erkin va mustaqil fikrlashga oʻrgatish, amaliy mashgʻulotlar va matematik tadbirlar, kechalar tashkil etish lozim.
Akademik litseylar asosan biror faniga chukur tabaqalashtirilganligi bois bu bilim maskanida matematika kengroq va mukammalroq oʻqitiladi, oʻquvchilarning mustaqil oʻrganishlari uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Biror bir kasb yoki ixtisoslikni egallashga yoʻnaltirilgan kasb — hunar kollejlarida matematika fanini oʻqitish koʻproq amaliy asosda tashkil etiladi, ya’ni oʻquvchilarning kasb — hunarga moyilligini hisobga olgan holda ularga, ayniqsa, qishloq xoʻjaligi sanoat tarmoqlari: oʻrmonchilik, gidrologiya, gidrometeriologiya, ekologiya, muhandislik kabi yoʻnalishlar bilan bogʻliq hamda xalq xoʻjaligining boshqa sohalarida matematikaning tutgan oʻrni va ahamiyatiga koʻproq e’tibor qaratiladi. Shuningdek oʻquv yurtining ixtisosliklariga bogʻliq holda qishloq xoʻjaligi sanoat korxonalari, ishlab chiqarish muassasalari va boshqa obektlarga ekskursiyalar uyushtirilib, ularning kasbga boʻlgan qiziqishini oshirish va atrof muhitni muxofaza qilishga oʻrgatib borish lozim.
Bugungi kunda ta’lim tizimi oldida toʻrgan ta’lim — tarbiya samaradorligini oshirish jahon ta’lim standartlari darajasida bilim berish orqali har tomonlama etuk ijodkor ma’naviy boy, kasb — hunarli, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy istihlol gʻoyasi ruhida tarbiyalangan, oʻz mustaqil fikriga ega barkamol shaxsni kamolga etkazish kabi vazifalarni hal etishda ta’lim muassasalarining pedagogik jamoasi xususan har bir fan oʻqituvchisi oʻz pedagogik faoliyatini tubdan oʻzgartirishi lozim.
Zamon talabiga muvofiq holda har bir fan oʻqituvchisi oʻzining mutaxassisligini, chuqur oʻzlashtirgan, pedagogik — psixologik hamda metodik bilim, koʻnikma va malakalarni puxta egallagan, ta’lim — tarbiya jarayonini samaradorligini oshiradigan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor va ularni ta’lim jarayonida qoʻllay olish malakasiga ega boʻlishi lozim.
Ushbu metodik qoʻllanmada umumiy oʻrta ta’lim maktablari hamda oʻrta maxsus kasb - xunar ta’limi muassasalarida oʻqitiladigan matema-tika oʻquv kursining samaradorligini oshirishning yoʻllari, yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan noan’anaviy dars usullari va ularni qoʻllash, ta’lim jarayoniga tizimli yondashish, noan’anaviy ta’limning an’anaviy ta’limdan farqli tomonlari kabi masalalar ochib berilgan.
Insoniyatning dastlabki shakllanishidan boshlaboq ta’lim katta rol oʻynagan. Hozirgi zamon ta’limida darsning shu darajaga etishi uchun ming yillar sarf boʻldi. Sinf—dars sistemasining asosiy didaktik tamoyillarini dastlab buyuk chex pedagogi Ya.A.Komenskiy bundan 400 yil oldin oʻzining "Buyuk didaktika" asarida ta’riflab bergan edi. Komenskiy davridan buyon dars tizimida va ta’lim metodida juda katta oʻzgarishlar, yangiliklar sodir boʻldi.
Hatto sinf — dars tizimidan voz kechuvchi guruhlar ham paydo boʻldi. Shunga qaramasdan, dars hozirgi kunda ham maktab, kollej, umuman, ta’lim — tarbiya tizimining muhim komponenti sifatida oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq.
Dars pedagogik gʻoyalarni amalga oshirish shakli boʻlib, oʻqituvchi va oʻquvchining doimiy muloqot qiladigan jarayoni hisoblanadi. Darsning asosiy maqsadi oʻquvchilarning bilish faoliyatini har tomonlama rivojlantirishdan iborat.
Dars natijasiga karab oʻqituvchining pedagogik va metodik mahoratiga baho beriladi hamda oʻquvchining bilim darajasi aniqlanadi.
Har bir dars oʻqituvchidan oʻziga xos ijodiy yondashuvni talab qiladi. Ayni paytda oʻqituvchi har bir darsning muallifi hisoblanadi.
Chunki oʻqituvchi ushbu darsni tayyorlashda ilgʻor oʻqituvchilar tajribasiga tayanadi, uslubiy qoʻllanmalarni oʻrganadi va hokazo. Matematika darsida oʻquv tarbiya jarayonining barcha elementlari oʻzaro uygʻunlikda boʻladi. bular maqsad va mazmun, vositalar, metodlar, ta’limni tashkil kilish shakllari bilan uzviy bogʻliq.
Unda nostandart darslar, amaliy mashgʻulotlar va boshqalar ta’lim shaklining asosini tashkil qiladi. Eng muhimi yangi pedagogik texnologiyada maqsadlarga, ta’lim shakliga, ta’lim mazmuniga tuzatish (korrektsiya) kiritish imkoniyatlari paydo boʻladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, yangi texnologiyani amalga oshirishda albatta zamonaviy darsliklarni, oʻqitish metodikalarini yaratish koʻndalang boʻlib turadi.
Noan’anaviy ta’limda 4 ta komponent uygʻunlikda amalga oshiriladi. bular maqsad, mazmun, faoliyat, natija. Demak, hozirgi zamon matematikasi darsining asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
- darsning dastur talablariga mosligi;
- har bir dars maqsadlarining aniq rejalashtirilishi;
- oʻquv materiallarining sinfda taqsim qilib oʻzlashtirilishini ta’minlashi va rejalashtirilgan ta’lim natijalariga erishish;
- oʻquvchilarni sinfda toliqtirmasdan faol ishlashlarini ta’-minlash;
- oʻquvchilarning fanga va bilimlarni egallash jarayoniga boʻlgan qiziqishiga e’tibor qaratish va hokazo.
Yuqoridagi belgilar yordamida oʻqituvchilarning darslarini baholash imoniyatlari paydo boʻladi. Oʻqituvchilarning zamonaviy pedagogik nazariyalarni bilishi, metodik mahoratlarini qay darajada egallanganligi, oʻquvchilarning bilimlarni egallashdagi qiyinchiliklar va hokazolarni aniqlash mumkin boʻladi.
Matematika darslarining sifatini baholashda yaxshi darsning asosiy koʻrsatkichlari quyidagilardan iborat:
1. Har bir darsning dasturi talablari asosiy boʻlishi;
2. Darsning mazmuni va dars shaklining uning maqsadiga mos kelishi;
3. Oʻqituvchi tomonidan tanlangan metodning qoʻyilgan maqsadga mosligi va sinf oʻquvchilari imkoniyatlari toʻgʻri kelishi;
4. Sinfda oʻquvchining materialni sifatli oʻzlashtirishini ta’minlash;
5. Rejalashtirilgan ta’lim natijalariga erishish;
6. Oʻquvchilarning sinfda faol ishlashlariga erishish;
7. Oʻquvchilarning ushbu darsga, fanga boʻlgan qiziqishlari;
Har qanday dars juda katta tarbiyaviy potentsialga ega. Uni oʻtkazishda bosh rolni oʻqituvchi egallaydi. Har qanday zamonaviy ta’lim shakli, ta’lim metodikasi uyushtirish va qoʻllash oʻqituvchining oʻrnini bosa olmaydi. Darslar sifati oʻqituvchiga bogʻliq boʻlib, uning pedagogik mahorati, hayot tajribasi koʻpchilik hollarda sinfdagi oʻquvchilarning bilim sifatini belgilaydi.


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling