Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti
Download 1.09 Mb.
|
2- mavzu (1)
3. NOAN’ANAVIY TA’LIM MODELLARI
Hamkorlikda oʻrganishi modeli - oʻquvchilarning bilimini oʻzlashtirish, singdirish, mustahkamlash boʻyicha reproduktiv faoliyatini ta’minlovchi, mahorat va malakani ketma-ketlik boʻyicha oʻquvchining bevosita boshchiligida ishga solishni tashkil etishga asoslangan oʻqitish va bilim olish modelidir. Ushbu model oʻquvchilarning mustaqil guruh larda ishlashi evaziga ta’lim olishini koʻzda tutadigan metodlardan iborat. Bularga kitob bilan ishlash, oʻquv suhbati, davra suhbati, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara kabi metodlarni kiritish mumkin. Modellashtirish modeli — real hayotda va jamiyatda yuz beradigan hodisa va jarayonlarning ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan koʻrinishini sinfxonada yaratish va ularda oʻquvchilarning shaxsan qatnashishi va faoliyati evaziga ta’lim olishini koʻzda tutuvchi metodlardan iborat. Ushbu metodlarning asosiy maqsadi oʻquvchilarning faqat tinglashi emas, balki bilimlarni oʻzlashtirishda bevosita ishtirokini ta’minlash orqali ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga qaratilgan. bularga ishbop oʻyinlar va rolli oʻyinlar kabi metodlarni kirish mumkin. Tadqiqot modeli — oʻquvchilar tomonidan muammoni tushunish va echish, mustaqil bilim olishni kuchaytiradigan va shunga undaydigan usullar yigʻindisidan iboratdir. Tadqiqot modelining maqsadi dars jarayonida oʻquvchilarda savol qo'yish va ularga javob izlashida qiziqishini oshirishga qaratilgandir. Ushbu model boʻyicha oʻqitish oʻquvchilarni amaliy izlanish jarayonida bevosita katnashishini ta’minlaydi. bularga muammoli vaziyat, loyihalash metodi, mustaqil izlanish, yoʻnaltiruvchi matn kabi metodlar kiradi. Metod — (grekcha «metodos» soʻzidan olingan boʻlib, izlanish yoki bilish yoʻli, nazariya, ta’limot ma’nosini anglatadi) aniq vazifani echishga boʻysundirilgan, borliqda amaliy yoki nazariy oʻzlashtirish operasiyalarining yoki yoʻllarining yigʻindisidir. Metod - oʻquvchi va oʻqituvchining muayyan maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan usullar yigʻindisi. Amaliyotdagi oddiy qoida shu haqda guvohlik beradiki, yangi bilimlarni berish nazariy darsning dastlabki 20 daqiqasida amalga oshirish maqsadga muvofiq boʻladi, keyin esa bahs-munozara, kichik guruh larda ishlash va boshqa shu kabi noan’anaviy metodlarni amalga oshirib, oʻquvchilarning bilimlarini mustah kamlash kerak. Qanday holatda ham nazariy dars jarayonida, masalan, faqat ma’ruza oʻqiladigan vaqt 20 daqiqadan oshmasligi kerak. Chunki oʻrganishning dastlabki 20 daqiqasi eng samarali, 30 daqiqadan keyin esa, oʻrganishni davom ettirish motivasiyasi tezda pasaya boshlaydi. Bu hamma takliflar oʻquvchining diqqatini uzoqroq vaqtgacha saqlab turishga xizmat qiladi. Idrok qilish paytida kancha koʻp sensorik (sezgi) kanallardan foydalanilsa, esda olib qolingan bilimlarning miqdori va sifati shunchalik yuqori boʻladi. Agar bilimlar faqat «ma’ruza»lar orqali (passiv tinglash yulida) berilgan boʻlsa, unda 3 kundan soʻng ularning faqat 25%ni eslash mumkin xolos. Agar u ma’ruzalar oʻqish (tinglash), namoyish va koʻrgazmali qilish (koʻrish, ushlab koʻrish va shu kabilar) orqali berilsa va shu toʻgʻrisida bahslashilsa, unda 3 kundan sung 75%ini esga tushirish mumkin. Agar bilimlarni idrok qilishda bir necha sensorik kanallar birgalikda ishga solingan boʻlsa, ma’lumotlarning qisqa xotiradan uzoq xotiraga oʻtish jarayoni tezlashadi, bu esa bilishning asosi boʻlib hisoblanadi. Bundan quyidagi qoidalar kelib chiqadi: * Oʻquv vaziyatini tayyorlashda noan’anaviy metodlar va audio-vizual vositalarni samarali ishlatish lozim. Bunda birdaniga koʻpgina sensorik kanallar jalb etiladi. * Oʻquv materiali toʻgʻrida bahslashishga doim imkon bering. Oʻquv suhbatlar, guruhiy bahs-munozaralar tavsiya etiladi, chunki bu metodlar oʻquvchilarni faollikka jalb qiladi. Quyida tavsiya etilayotgan sxemada oʻquvchilarning eslab qolish koʻrsatkichlariga oʻqitish metodlarining ta’sir darajasi aks ettirilgan (2.3-rasm). 1. Ma’ruza - eshitganimizning 5%. 2 .Oʻqish - oʻqiganimizning 10%. 3. Videousul, namoyish - koʻrganimizning 20%. 4. Tajribani namoyish qilish - koʻrgan va eshitganimizning 30% 5. Bahs-munozara - muhokama qilganimizning 40%. 6. Mashqlar - oʻqigan, yozgan, gapirganimizning 50%. 7.Ishbop oʻyin, kichik guruhlarda ishlash, loyihalash - mustaqil oʻqiganimizning, tahlil va muhokama qilganimizning, himoya va namoyish qilganimizning 75%. 8.Yoʻnaltiruvchi matn, muammoli vaziyat, boshqalarni oʻqitish — mustaqil oʻrganganimizning, tahlil va muhokama qilganimizning 90%. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling