Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti


Download 1.09 Mb.
bet57/72
Sana20.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1788259
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   72
Bog'liq
2- mavzu (1)

Texnik vositalarni oʻqitishda qoʻllashning asosiy xususiyati oʻquvchilarni oʻquv vaqtidan unumli foydalanishga, bilimlarni koʻrgazmali ravishda egallab olishlari uchun imkon berishi hisoblanadi. Bulardan tashqari, grafikaviy koʻrgazmalilik vositalari ham mavjud boʻlib, matematika oʻqitishda, ayniqsa, geometriya darslarida keng qoʻllaniladi. Bu vositalar turkumiga rasm, diagramma, sxema, va boshqa grafikaviy tasvirlar, grafikaviy modellar kiradi. Ularni qoʻllash xususiyatlariga koʻra: jadvallar, diafilmlar, diapozitivlar va transporantlarga ajratish mumkin.
Mustaqil oʻrganish uchun savollar:
1. Matematika oʻquv qoʻllanmasi va unga qoʻyiladigan talablar, undan foydalanish xususiyatlari.
2. Matematika oʻqitishda qoʻshimcha vositalar: didaktik materiallar va ulardan foydalanish uslublari.
3. Matematika boʻyicha spravochnik, qiziqarli adabiyotlar turkumi.
4. Matematika boʻyicha oʻquv jihozlari va ularning turlari Oʻqitish-ning texnik vositalaridan darslarda foydalanish.
5. Matematika oʻqitishda grafik vositalarning ahamiyati va oʻrni.
YETTINChI MA’RUZA
Mavzu: Matematika oʻqitishni tashkil etish. Matematika darsi.

1. Matematika darsi va unga qoʻyiladigan talablar.


2. Matematika oʻqituvchisining darsga tayyorgarlik tizimi.
3. Matematika darsini tahlil qilish.
4. Talabalar bilimini baholash.
Tayanch iboralar: matematika, matematika darsi, taxlil qilish, oʻquvchilar bilimini nazorat qilish.
1. Darsga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Dars – bu mantiqan tugallangan, butun vaqt bilan chegaralangan
oʻquv-tarbiya jarayonining qismidir.
Matematika darsining belgilariga quyidagilar kiradi:
1)Ta’lim va tarbiya vazifalari hal qilinadi;
2)Konkret oʻquv materiali muhokama etiladi;
3)Maqsadlarni amalga oshirish uchun mos oʻqitish usullari tanlanadi;
4)Oʻquvchilar jamoasining ma’lum tarzda faoliyati tashkil etiladi.
Matematika darslariga qoʻyiladigan asosiy talablar quyidagilar hisoblanadi:
1. Darsda asosiy didaktik(oʻquv) maqsadining mavjudligi. Bunda bir necha masalalarga e’tibor qaratiladi: a) yangi materialni oʻrganish
( tushunchani shakllantirish, qonun va algoritmlar oʻrnatiladi);
v) oʻrganilayotgan bilimlarni mustahkamlash (takrorlash, masalalar echish) Ular orasida muhimi asosiy maqsadni toʻgʻri aniqlab olishdir. Dars maq-sadi uning mavzusini aniqlaydi, darsda nima qilish kerak savoliga javob beradi. Masalan, “Keltirilgan kvadrat tenglama ildizlari” formulasini oʻtishda asosiy maqsad oʻquvchilarni keltirilgan kvadrat tenglamani echish algoritmi bilan tanishtirish hisoblanadi. Shu asosda oʻquv masalalari vujudga keladi: a) chala kvadrat tenglama echish koʻnikmasini tekshirish; b) kvadrat uchhaddan toʻla kvadrat ajratish usulini takrorlash; v) algoritmni qoʻllash.
2 .Darsda ta’limiy vazifalar bilan birga tarbiyaviy masalalar ham hal qilinadi. Bunda: a) oʻquvchilar qiziqishini oʻygʻotish va saqlash; b)oʻquvchilarning oʻqishga ma’suliyatini oshirish; v) matematikani oʻrga-nishga ehtiyoj va koʻnikmalarni tarbiyalash. Bu talab konkret matematik tushunchalarni oʻzlashtirishda quyidagilarni koʻzda tutadi:

  • bilimlarni oʻz soʻzlari bilan bayon etish;

  • undagi asosiy aniqlangan tushunchalar mohiyatini oʻzlashtirish;

  • ta’rif boʻyicha uni tanib olish

Teoremani toʻgʻri ifodalash, sub’ekt va predikatlarni ajrata olish kabilar ham bu talabning zarurligini tasdiqlaydi.
3.Oʻquv materialining asoslangan holda tanlanishi. Bu quyidagi-larni nazarda tutadi: 1) asosiy oʻquv maqsadining mazmunga mos kelishi; 2) etarli hajmda oʻquv materialining mavjudligi; 3) konkret va abstrakt materialning optimal munosabatda boʻlishi; 4) nazariy va amaliyotning oʻzaro aloqasining yoritilishi muhimdir.
Asosiy ish darsda bajarilishi kerak. Darsda konkretlikdan umumiylikka oʻtish (formula, qoida). Shuningdek, nazariya (formula keltirib chiqarish) va amaliyot (tenglamalar echishga qoʻllash ) ham muvofiq holda boʻlishi zarur.
4. Darsda oʻquvchilar faolligini oshiruvchi oʻqitish usullarini qoʻllash. Bunda qoʻyidagilarga e’tibor berilishi lozim: a) oʻquvchilarning oʻzlari navbatdagi navbatdagi muammolarni ifodalay olishi; b) kiriti-layotgan tushunchalarni ta’riflashni amalga oshirishlari zarur. Bunda oʻquv materialini qismlarga ajratish hamda oʻquvchilar oldiga xususiy oʻquv masalalarni qoʻyib borish talab etiladi.
5. Darsning tashkiliy puxtaligi talabini amalga oshirish uchun quyidagi zaruriy shartlar boʻlishi zarur: a) oʻqituvchi dars materialini erkin bilishi; b) har bir navbatdagi savol metodikasini bilishi, uni oʻrgatish usul va vositalarini egallagan boʻlishi; v) oʻquvchilar individual xususiyatlarining taqsimoti toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishi, sinf taxtasi va daftardagi mazmun va yozuvlar joylashishini hisobga olish, darsda koʻrgazmali qurollar va texnik vositalardan foydalanish, uning tayyorgarligini yoʻlga qoʻyish.
2. Matematika oʻqituvchisining darsga tayyorgarlik tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
1. Yangi oʻquv yili arafasidagi tayyorgarlik, bunda kalendar ish rejasi tuziladi.
2. Oʻquv mavzusi boʻyicha darslar sistemasi tuzib chiqiladi.
3. Har bir darsga tayyorgarlik, konspektlar tayyorlash. Bunda: a) har bir mavzu oʻrni, uning mazmuni, oʻrganish vazifalari aniqlanadi – zarur oʻquv materiali tanlanadi; b) masala va oʻquv materiali darslarga taxminan taqsimlanadi; v) vaqt va mazmun boʻyicha oʻtilganlarni takrorlash amalga oshiriladi, mustaqil va nazorat ishlar oʻtkazish vaqti aniqlanadi.
Darsga tayyorgarlik koʻrish quyidagi ishlarni bajarishni koʻzda tutadi: 1) oʻquvchilarni mavzuga kiritish, ularga navbatdagi oʻquv masalani qoʻyish; 2) yangi tushunchalarni bayon etish; 3) kiritilayotgan tushunchalar xossalarini qanday topish mumkinligini koʻrsatish; 4)induktiv asoslashga erishish; 5) bir xil tipdagi masalani echish usulini koʻrsatish; 6) darsga masalalarni materialga mos tanlash; 7) oʻquvchilarni masala sharti bilan tanishtirish; 8) tanlangan masala qanday echilishini bayon qilishi lozim.
Asosiy dars tiplari quyidagilar hisoblanadi:
1. Yangi materialni bayon qilish darsi
2. Oʻrganilganlarni mustahkamlash darsi.
3. Bilim, koʻnikma va malakalarni tekshirish darsi.
4. Oʻrganilganlarni sistemalashtirish va umumlashtirish darsi

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling