Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti
Download 1.09 Mb.
|
2- mavzu (1)
OLTINChI MA’RUZA
Mavzu: Matematika oʻqitish vositalari. 1. Matematika oʻquv qoʻllanmasi va darsligi. 2. Didaktik materiallar va qoʻshimcha uslubiy qoʻllanmalar. 3.Matematika boʻyicha spravochniklar va ma’lumot beruvchi adabiyotlar bilan ishlash. 4. Matematika boʻyicha oʻquv jixozlari. Tayanch iboralar: matematika darsligi, oʻqitish vositalari, didaktik materiallar, spravochniklar, priborlar, asboblar, oʻqitishning nashr va ekran vositalari, grafik koʻrgazmalilik, texnika vositalari. 1.Matematika darsligi, oʻquv qoʻllanmasi dastur va didaktika talablari bilan aniklanuvchi oʻqitish maqsadlariga mos keluvchi matematika boʻyicha bilimlar asoslarini bayon etuvchi kitob hisoblanadi. U quyidagi talablarga javob berishi lozim: a) u oʻquvchilarda ilmiy dunyoqarash va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi; b) matematika boʻyicha ma’lumotlarni sistemali va ilmiy bayon qilishi; v) uslubiy nuqtai nazardan ketma-ket joylashtirilgan etarli sondagi turli xil masala va mashqlarni oʻz ichiga olishi kerak. Shuningdek, darslik bayon qilingan material zarurligini asoslashga e’tibor berishi, masalalarning taqsimoti , oʻrni va ahamiyatini aniqlashi, koʻrgazmalilik vazifasini yoritilishini ta’minlashi lozim. Oʻqitish vositalariga oʻquv qoʻllanmalaridan tashqari, masalalar toʻplamlari, koʻrgazmali qurollar va texnika vositalari kiradi. Oʻquv qoʻllanmasi oʻqitish jarayonida oʻquvchilarga beriladigan axborotni oʻz ichiga oladi. Uni toʻgʻri qoʻllaganda oʻquvchilarga matematika fani asoslarini oʻzlashtirishga yordam beradi, bilimlar bilan qurollanishga va xotirani rivojlantirishga imkon beradi. Hozirgi zamon oʻquv qoʻllanmalari nazariy ma’lumot va mashqlarni oʻz ichiga oladi. Teng kuchli oʻquv qoʻllanmalar mavjudligi bir tomondan oʻqituvchining oʻqitishda oʻz imkoniyatlari va oʻquvchilar bilim saviyalariga mos ravishda undan ijodiy foydalanishga, ikkinchi tomondan, nazariy va amaliy jihatlarni oʻzaro muvofiq holda bayon etishga, sinf va uy vazifalarini taqsimlashni osonlashtiradi. Oʻquv qoʻllanmasidan tashqari har bir sinf uchun oʻqitish vositalar tizimiga oʻqituvchi uchun kitoblar (uslubiy qoʻllanmalar) va didaktik materiallar kiradi. Oʻqituvchi uchun kitoblarda zarur tavsiyalar, masalalarni echish yoʻllari berilgan, taxminiy rejalashtirish keltiriladi. U oʻqitishning har bir bosqichida erishilishi zarur boʻlgan bilimlar hajmini ta’lim standartlari talablari asosida aniqlab beradi. Didaktik materiallar esa mustaqil va nazorat ishlari matnlari, testlar va ularni amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar hamda javoblarni beradi. Oʻquvchilar bilan oʻquv darsligi ustida ishni tashkil etishda birinchi qadam – masalalar matnini oʻqishga oʻrgatish hisoblanadi. Masala oʻqilgandan soʻng masala shartlarini ajratish va ularni qisqa yozuvlarda qayd etish taklif etiladi va bundan soʻng suhbat-izohlash oʻtkaziladi. Oʻquv qoʻllanmasi bilan ishlashda darsning har bir bosqichi xususiyatlarini hisobga olish zarur. Masalan, 7-sinfda geometriya darsida yangi mavzuni mustaqil oʻrganishni tashkil etishda mos bandini oʻqish hamda teorema mazmuni va uning isbotini tahlil etishlari talab etiladi (5). 8-9-sinflarda esa yangi mavzuni oʻquv darsligi boʻyicha oʻrganishda oʻquvchilarga mustaqil bu mavzuni oʻqib kelish va tushunmagan joylarini savollar orqali ifodalashni toshirish mumkin. Masalan, uchburchaklar oʻxshashlik alomatlari haqidagi teoremani oʻrganib, qolgan ikkitasini sinfda oʻquv darsligidan mustaqil oʻrganib chiqish taklif etiladi. Barcha xollarda mustaqil oʻrganilgan isbot oʻquvchi tomonidan sinfda takrorlanishi, bunda oʻqituvchi javob beruvchidan aniq va tugʻri javob berishga erishishi talab etiladi. 10—11-sinflarda esa bu ish yana ham takomillashtirilishi oʻquvchilar teoremalar yoki mavzularni mustaqil oʻrganib ma’ruza yoki referat shaklida yozib. Uni himoya qilish uchun tayyorgarlik koʻrishlari zarur buladi. Oʻquv qoʻllanmasi koʻrgazmaliligiga qoʻyiladigan talablar quyidagilarni oʻz ichiga oladi: a) bilish vazifasi shundan iboratki oddiydan murakkabga boriladi, oʻquvchilar faoliyatini koʻrgazmalilik vosita va usullari bilan boshqaradi, nazorat va kommunikativ amallarni bajarishga imkon beradi; b) intrpretatsion funktsiyasi, turli xil belgi va rasmlar orqali mavzu va tushunchalar konkretlashtiriladi; v) estetik vazifalari- uning koʻrinishi va bezalishi oʻquvchilarda goʻzallikni va estetik did kabi tuygʻularni uygʻotishi uchun xizmat qilishi zarur. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling