Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti


Download 1.09 Mb.
bet56/72
Sana20.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1788259
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72
Bog'liq
2- mavzu (1)

Didaktik materiallar oʻquvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil etish uchun moʻljallangan boʻlib, oʻquvchilarning masalalar echish boʻyicha mustaqil ishlarini, individual va frontal ravishda kursning mavzulari boʻyicha tekshirish nazorat ishlari uchun materiallarni oʻz ichiga oladi. U har bir mavzu boʻyicha 4 ta va undan ortiq mustaqil ish va mavzular boʻyicha qoʻshimcha mustaqil ishlarni oʻz ichiga oladi. Ularni oʻqitishda qoʻllash xususiyati shundan iboratki, oʻqituvchi ular yordamida mustaqil ishlarini tashkil etishi va nazoratlarni amalga oshirishi mumkin. Shuning uchun didaktik materiallarga har bir chorak boʻyicha yakuniy nazoratlar uchun yozma ishlar bilan birga testlar ham beriladi.
3. Matematika boʻyicha spravochniklar va ma’lumotli matematikadan adabiyotlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi: hisoblash uchun jadvallar, turli xil elementar matematika boʻyicha spravochniklar, oʻquvchilarning kundalik oʻquv faoliyati uchun zarur boʻlgan ma’lumotlardan foydalanishga imkoniyat yaratadi; qiziqarli matematik adabiyotlar; ilmiy-ommabop matematika boʻyicha adabiyotlar. Ular bilan ishlash sinfda va sinfdan tashqari mashgʻulotlarda amalga oshirilib, ularning qiziqish va bilimlarini rivojlantirish uchun xizmat qilishini hisobga olishi zarur. Ayniqsa bunda matematikadan masalalar toʻplamlari, testlar toʻplamlari, qiziqarli matematik kitoblar va hokazolar bu ishda keng qoʻllanilishi mumkin.
Matematika boʻyicha oʻquv jihozlari quyidagi uch turkum jihozlarni oʻz ichiga oladi: priborlar, asboblar; oʻqitishning nashr vositalari; oʻqitishning ekran vositalari. 1-turdagi vositalarga turli xil geometrik modellar, stereometrik shakllar komplekti, chizma yasash asboblari va hokazolar kiradi. Ikkinchisiga esa jadvallar va kartochka-toshiriqlar, nashr asosli daftarlar, ishchi va ma’lumotli jadvallar va hokazolar kirib, darslar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi va oʻquv vaqtini tejashga hamda oʻquvchilar bilimlarini chuqur va ongli boʻlishiga erishishga yordam beradi.
Oʻqitishning texnik vositalariga kinofilm, diafilm, diapozitiv, kodopozitiv kabi koʻrgazmalilik vositalari va ularni ekranga tushiruvchi kinoapparat, diaproektor, epidiaskop kabi asboblar kirib, bunga yana tele-radio, video-audio vositalar xam kiradi. Bu ekran vositalariga EHM kompyuterlari ham kirib, darslarni jonli qiziqarli oʻtilishini ta’minlash uchun qoʻllaniladi. Ulardan foydalanishning oʻziga xos chegaralari, uni qoʻllash sanitariya-gigiena qoidalari mavjud, bunga oʻqituvchilar qat’iy e’tibor berishlari talab etiladi. Koʻpincha uslubiy adabiyotlarda oʻqitishning ekran vositalari oʻqitishning texnik vositalari(TSO) deb ham ataladi va shu bilan birga ularning vazifalari va imkoniyatlari, sinflari va turlari etarlicha bayon qilingan.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling