Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti


Download 1.09 Mb.
bet58/72
Sana20.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1788259
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72
Bog'liq
2- mavzu (1)

Darsning tuzilishi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
1.Oldingi bilimlar va amal usullarini takrorlash (aktual-lashtirish)
2. Yangi bilim va amal usullarini shakllantirish.
3. Qoʻllash koʻnikma va malakalarini shakllantirish.
Darsning asosiy bosqichlari:
1. Oʻquvchilar oldiga dars maqsadini qoʻyish.
2. Yangi material bilan tanishtirish.
3. Yangi materialni mustahkamlash.

4. Bilim, koʻnikma va malakalarni tekshirish.

5. Bilimlarni sistemalashtirish, oʻrganilganlarni umumlashtirish.

Talablar – tarbiya maqsadlarini oʻrnatish uchun maqsadga yoʻnal-tirilgan ishni amalga oshirish, oʻquvchilar bilish faoliyatlarini faollashtiradi. Umumiy maqsad sari yoʻl ochiladi.

3. Matematika darsini tahlil qilish nazorat va ta’lim berish vositasi sifatida xizmat qiladi va bunda quyidagi maqsadlarni tekshirish asosiy vazifa qilib olinishi mumkin:


1. Dars maqsadlarining amalga oshirilishi;
2. Darsning matematik mazmuni va ilmiy saviyasi;
3. Darsda qoʻllanilgan oʻqitish usullari samaradorligi;
4. Darsda oʻqituvchi va oʻquvchining faoliyati sifati;
5. Oʻquvchilarda koʻnikma va malakalarni shakllantirish.
Buning har bir bandi uchun dars tahlil qilinadi va tegishli xulosalar, yuty= va kamchiliklar koʻrsatiladi, taklif va mulohazalar bildiriladi. Darsning toʻla tuzilishi oʻqituvchining dars berish xususiyat va bosqichlarini hisobga olgan holda tuzib chiqilishi mumkin.
4. Matematika boʻyicha oʻquvchilar bilimini baholash va tekshirishning asosiy maqsadlari quyidagilar: oʻquvchilar tomonidan oʻquv materialini oʻzlashtirish sifatini hamda predmet boʻyicha dasturda koʻzda tutilgan bilim, koʻnikma va malakalarni egallash saviyasini tekshirishdan iborat.
Bu uch xil tekshirishni oʻz ichiga oladi: joriy (uy vazifasini tekshirish, ogʻzaki soʻrash, kundalik baho qoʻyish va h.k.), oraliq nazorat yoki davriy nazoratlar ( nazorat ishlari, mavzu yoki bob boʻyicha nazorat ishlari va h.k.), yakuniy nazorat chorak uchun yoki yarim yillik va yillik nazoratlarini oʻz ichiga oladi.
Oraliq nazorat uchun asosan “Didaktik materiallar” dan foydalangan holda ish olib borish koʻzda tutiladi. Yakuniy nazoratlar yakuniy nazorat ishlari yoki chorak uchun ogʻzaki soʻrash, bitirish imtihonlar (testlarni) oʻz ichiga oladi.
Maksimal ball matematika boʻyicha 500 ball hisoblanadi. Oʻquv fani maksimal balli JN, ON va YaN ballarini jamlash orqali aniqlanadi.
Bilimlarni baholash tartibi quyidagi darajalarga boʻlinadi:
1-daraja- matematikadan davlat ta’lim standartida belgilab berilgan bilimlarni oʻzlashtirishning minimal darajasini bajarganlar “past” daraja hisoblanadi.
2 –daraja – reproduktiv darajada boʻlib, DTS da belgilab berilgan bilimlarni oʻzlashtirishning minimal darajasidan yuqori boʻlganlari “oʻrta” baholanadi.
3-daraja – rekonstruktiv darajada qoʻllaniladigan DTS dagi bilimlarning imkoniyat darajasi talablariga javob beradiganlari “yuqori” baholanadi.
4- daraja – DTSda belgilab berilgan bilimlarni oʻzlashtirishning imkoniyat darajasiga muvofiq keladigan va uni ijodiy qoʻllay oladiganlar “oʻta yuqori” baholanadi.
Reytingi 100-96% boʻlganlar - oʻta yuqori, 86-95% boʻlganlar – yuqori,
81-71% boʻlganlar-oʻrta, 70-56% boʻlganlar – past baho bilan baholanadi, --0-55% boʻlganlar esa attestatsiya qilinmaydi.
Oʻquv fani boʻlim va mavzularni maksimal ballarga taqsimlashda quyidagicha yoʻl tutiladi: masalan, 6-sinfda haftasiga 5 soatdan, jami 170 soat oʻqitiladi, oʻquvchi toʻplaydigan maksimal ball-500.
1-mavzu “Oʻnli kasrlar ustida dastlabki tushuncha, qoʻshish va ayirish” mavzusiga 22 soat vaqt ajratilgan, shuning uchun 22 soatga toʻgʻri kelgan ball R q (500:170) 22 q 64,7 q 65 ga teng.
2-mavzu “Oʻnli kasrlarni koʻpaytirish va boʻlish” mavzusiga 40 soat ajratilgan, shuning uchun R q (500:170) 40 q 117,6 q 118 ball va h.k.
. Mustaqil oʻrganish uchun savollar:
1. Matematika darsi va unga qoʻyiladigan talablar.
2. Matematika oʻqituvchisining darsga tayyorgarlik tizimi.
3. Matematika darsi tahlili, kuzatish va dars konspektlari.

  1. 4. Kalendar ish reja qanday tuziladi?

5.Oʻquvchilar bilimini baholash va reyting tizimi qanday xususiyatlarga ega?


Agarda hisob san’ati yoʻqotilganda hamma san’atlardan bittasi ham qolmasligi, bularning barchasi butunlay yoʻqolib ketishi mumkin edi.


Platon

Sanoq va hisoblashlar – boshdagi tartibning asosidir.


I.Pestalotstsi



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling