Adabiyotlar:
1.Arutyunyan E.B., Levitas G.G. Skazki po matematike. — M., Voʻsshaya shkola, 1994. — 64 s.: il.
2.Vilenkin N.Ya., Joxov V.I., Chesnokov A.S., Shvartsburd S.I.
Matematika: Uchebnik dlya 6 klassa obheobrazovatelnx uchrejdeniy. Izd. 5-e., ispr. i dop. — M., Mnemozina, 1997. — 304 s.: il.
3.Algebra 7 va Algebra 8. Oʻquv qoʻllanmalari. T.:Oʻqituvchi, 2001
4.Levitas D.G.Praktika obucheniya: sovremennoe obrazovatelnoʻe texnologii.-M.:1968 g.
5.Klarin M.V.Innovatsii v mirovoy pedagogike.-Riga «Eksperiment», 1998.-180 s.
6. Vazina K.Ya.Kollektivnaya moʻsledeyatelnost –model samorazvitiya cheloveka.-M.,2001
Mustaqil oʻrganish uchun savollar:
1.Zamonaviy ta’lim texnologiyasi nima?
2.Ta’lim modellari haqida nimalarni bilasiz?
3. Noan’anaviy ta’lim modellari deganda nimani tushunasiz?
4. Matematika oʻqitishda qanday an’anaviy usullar mavjud?
5. Muammoli ta’limning xususiyatlari va uning qoʻllanilishi imkoniyatlari nimalarga bogʻliq?
6.Matematika oʻqitishning qanday nostandart usullari mavjud?
7.Maktab matematika kursini oʻqitishda yangi pedagogik texnologiyalarning qoʻllanilishi qanday xususiyatlarga ega?
Beshinchi ma’ruza
Mavzu:Matematika oʻqitish printsiplari.
1. Matematika oʻqitish printsiplarining mohiyati.
2. Ilmiylik va tarbiyaviylik printsipi.
3. Koʻrgazmalilik printsipi.
4. Onglilik va faollik printsipi.
5. Puxta oʻzlashtirish printsipi
6. Sistemalilik va ketma-ketlilik printsipi.
7. Moslik printsipi.
8. Tabaqalashtirish va individuallashtirish printsipi.
Tayanch iboralar: matematika oʻqitish printsiplari, ilmiylik, tarbiyaviylik, koʻrgazmalilik, onglilik, faollik, puxta oʻzlashtirish, sistemalilik, ketma-ketlilik, moslik, tabaqalashtirish va indivi-duallashtirish.
1. Pedagogikada umumiy ta’lim printsiplarini matematika oʻqitish jarayoniga qoʻllash maktab va umuman oʻquv yurtlarida matematika oʻqitishga qoʻyiladigan yagona talablar majmuasidan iborat. Boshqacha aytganda, matematika oʻqitishga jamiyat va fan qoʻyadigan asosiy talablarni oʻz ichiga oladi. Matematika oʻqitish metodikasi bu printsiplarni quyidagicha belgilaydi: [2,3,1] a) ilmiylik; b) tarbiyaviylik; v) koʻrgazmalilik;
g) onglilik va faollik; d) puxta oʻzlashtirish; e) sistemalilik va ketma-ketlilik;j) moslik; z) tabaqalashtirish va individuallashtirish.
Umuman olganda, matematika oʻqitish printsiplari maktabda oʻqitish- ning jamiyat talablariga mos ravishda qanday amalga oshirilishi va bunda asoslaniladigan asosiy talablarni oʻz ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |