Yangi pedagogik texnologiyalarning mohiyati va uning amalda qOʻllanilishi
1.Zamonaviy ta’lim texnologiyasi nima?
2.Ta’lim modellari.
3. Noan’anaviy ta’lim modellari.
Mashgʻulotning maqsadi: zamonaviy ta’lim texnologiyasi, ta’lim modellari va noan’anaviy ta’lim modellari bilan tanshtirish va ularning mohiyatini oʻrganib olishlariga erishish.
Mashgʻulotni oʻtkazish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar.
1.Respublikamizning pedagogik olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan holda Oʻzbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qoʻllashga intilmoqdalar. ta’lim texnologiyalarini oʻquv jarayoniga joriy etishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
* «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadi va vazifalarini roʻyobga chiqarish uchun ta’limni jadallashtirish zarurligi;
* ta’lim-tarbiya jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchi rolini oʻzgartirish zarurligi;
* fan-texnika taraqiyotining oʻta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin koʻpayib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;
* kishilik jamiyati oʻz taraqqiyotining shu kundagi boy nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega boʻlgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkoʻrga oʻtib borayotganligi;
* barkamol avlodni tayyorlash talabi ularga eng ilgʻor bilim berish usuli hisoblangan obektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir.
Ta’lim jarayoni yukorida sanab oʻtilgan beshta asosiy shartlarni barcha talablariga javob beradigan ta’limiy tadbirdir.
BMT nufuzli idoralaridan biri boʻlgan YuNESKOning ta’rificha, ta’lim texnologiyasi - ta’lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning oʻzaro ta’sirini hisobga olgan holda, butun oʻqitish va bilimlarni oʻzlashtirish jarayonini yaratish, qoʻllash va aniqlash tizimidir. Tizimning faoliyati uni tashkil etuvchi har bir elementiga va oʻz navbatida har bir element bir-biriga chambarchas bogliq. Ta’lim jarayonini bir tizim deb qaraydigan boʻlsak uni tashkil etuvchilari, ya’ni elementlariga quyidagilar kiradi:
* oʻquv maqsadi;
* kutilayotgan natijalar;
* oʻqituvchi;
* oʻquvchi;
* ta’lim mazmuni;
* ta’lim metodi;
* ta’lim shakli;
* ta’lim vositalari;
* nazorat va baholash.
Ta’lim jarayonini loyihalashtirishda yuqorida sanab oʻtilgan elementlardan birortasi e’tibordan chetda qolsa yoki notoʻgʻri tanlangan boʻlsa, tizim ishlamaydi, demakki, ta’lim jarayoni oldiga qoʻyilgan maqsadga erishilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |