O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi guliston davlat universiteti o. R. Nazarov, O. Sh. Kanimkulov, R. A. Ne‟matov


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana31.01.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1817993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
portal.guldu.uz-O‘zbekiston davlatchiligi tarixida Qo‘ng‘irotlar sulolasining tutgan o‘rni

Xiva Qo„ng„irotlari sulolasi 
Muhammad Amin
1770-1790 
Avaz
1790-1804 
Eltuzarxon
1804-1806 
Muhammad Rahimxon 1806-1825 
Olloxqulixon 
1825-1842 
Rahimqulixon 
1842-1845 
Muhammad Aminxon
1845-1855 
Abdullaxon
1855-1856 
Qutlug‗murodxon
1856 
Sayid Muhammadxon
1856-1864 
Muhammad Raximxon II
1864-1910 
Asfandiyerxon 
1910-1918 
Sayid Abdullaxon
1918-1920 
O‗rta Osiyo xalqlari madaniyati tarixi, jumladan Xorazm 
madaniyati tarixi ham qadim zamonlarga borib taqaladi. Xorazm (XVIII 
asrdan boshlab Xiva xonligi) qadimdan insoniyat madaniyatining 
o‗choqlaridan biri bo‗lgan. Biroq bir qator tarixiy sabablarga ko‗ra 
(bosqinlar, o‗z aro kurash va kelishmovchilik va b.) Xorazm voxasi asta-
sekin siyosiy va madaniy jixatdan qoloq davlatga aylana bordi. XIX asr 2 
yarmida Xiva xonligi chor Rossiyasining vassali bo‗lib qoldi. 
Xorazm me‘morchilik oqimi badiiy uslubi jixatidan mukammal ijodiy 
maktab yarata oldi. Buni maktabning o‗lmas me‘morchilik obidalari 


81 
timsolida yaqqol ko‗rish mumkin.Bu ko‗rinish XX asr boshlarigacha 
qurilishi davom ettirilgan Dishan qal‘a majmuida ham namoen bo‗ladi.
XIX asrning oxiri-XX asrning boshlarida tarixnavislik ancha 
rivojlandi. Bu yillarda tarix o‗lkashunosligi sezilarli ilgari siljigan edi. 
1874 yilda Xivada saroy litografiyasi ochildi. Biroq unda nashr 
etilaetgan asarlar savdoga chiqarilmasdi, balki xonga yaqin bo‗lgan 
shaxslarga tarqatilardi. Rus savdogarlari grammofon, samovar kabi 
buyumlarni olib kelishdi. Fotografiya ochildi. Badavlat shaxslar evropacha 
uslubda binolar qura boshlashdi. Ayrim uylarga pechlar, yog‗och pollar, 
oynali dyerazalar paydo bo‗ldi.
1880 yil oxirida Xivada birinchi ambulatoriya punkti ochildi. Unda 
Rossiyadan kelgan meditsina mutaxassislari ishlay boshladi. Avval bu yerda 
feldshyer Popov, Kasyanenkolar axoli meditsina xizmati ko‗rsatgan 
bo‗lsalar, 1901 yil aprelida Xivaga vrach Shumeyko jo‗natildi. U Xivaga 
doimiy ishlash uchun kelgan birinchi vrach edi.
1
Xiva xonligida, butun musulmon Sharqida bo‗lgani kabi, ikki xil 
maktab mavjud edi: quyi - maktab, o‗rta va oliy - madrasa. Maktabda 
boshlang‗ich ta‘lim byerilib, diniy kitoblarni mutolaa qilishga o‗rgatilardi va 
shariat asoslarida tarbiya byerilardi.
2
Madrasada taxsil olaetganlar o‗z ona tilida yozish va o‗qishni 
o‗rganmay, rasmiy til xisoblangan arab tilida o‗qitilardi. Arab tili esa ko‗p 
xollarda o‗z bek-o‗quvchilar uchun murakkab xisoblanardi va ular o‗qish va 
ezishda qiynalardi. Ko‗pincha Qur‘on suralari yodlab olinardi. Yuqori 
kurslarda mantiq, fiqx va boshqa fanlar o‗qitilardi. 
Xonlikda shaxar va qishloq xunarmandlari va kosiblari ham katta 
ijtimoiy guruxni tashkil etardi. Ular asosan o‗rta asrlardan saqlanib qolgan 
ustaxona tashkiloti asosida ishlab, ustalar, usta yerdamchilari va 
1
Билалов Г.М. Из истории культуры и просвещения в Хорезме.-Ургенч, 1957. С.25 
2
Билалов Г. Из истории культуры и просвещения в Хорезме.- Ургенч,1957. С.19 


82 
shogirdlardan iborat edi. Mamlakatda ko‗plab mayda kosibchilik 
korxonalari bo‗lib, ular ipak va mato ishlab chiqarardi, tyerini qayta ishlardi,
kulolchilik va chinni idishlar, chigir, arava va boshqa buyumlar ishlab 
chiqishardi. Biroq asta-sekin maxalliy hunarmand va kosiblarning 
mahsulotlari rus sanoatining buyumlari bilan raqobatga bardosh berolmay
kamayib boraverardi.
1
Xonlar, beklar, muxrdorlar, xokimlar, amloqdorlar, katxudolar, 
mulkdorlar va vaxmdorlar o‗z mulklarida to‗la hukmron bo‗lib, oddiy 
mexnatkashlarning hayoti, mulki, oila a‘zolari ustidan xo‗jayinlik qilardi. 
Shunday qilib, XX asr boshlarida Xiva xonligida maxalliy va rus 
korchalonlari foyda ketidan quvlab hamma boyliklarni o‗z qo‗lida to‗plagan 
edi. Oddiy xalq esa ikki tomondan ezilib kelavyerdi. 
Chor hukumati har qanday milliy madaniyat ko‗rinishlarini avval 
boshdayoq bug‗ib qo‗yishga harakat qilardi. Bunday siyosat istilo etilgan 
mamlakatlarning, jumladan Xiva xonligining ham iqtisodiy va madaniy 
rivojiga halaqit berardi.
1
Джаббаров И.М. Городское ремесло узбеков Хорезма в конце Х1Х-начале ХХ вв. -М.,1954. 


83 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling