О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi toshkent davlat transport universiteti «Ijtimoiy fanlar»
Huquq normasining strukturasi: gipoteza, dispozitsiya va sanksiya
Download 59.11 Kb.
|
Akbar DHN Transport
1.2.Huquq normasining strukturasi: gipoteza, dispozitsiya va sanksiya.
Huquq normasi kichik tizimlardan, ya’ni o`zaro bog`liq elementlardan iborat bo`ladi. Ularning bo`linishi yuzasidan turli xil qarashlar mavjud bo`lishiga qaramasdan, barcha huquqshunos olimlar tomonidan huquq norma elementlari 3 ta (gipoteza, dispozisiya va sanksiya) ekanligi yakdil qabul qilinadi. Huquq normasining tarkibiy elementlari o`rtasida o`zaro yuridik-mantiqiy bog`lanish, yuridik texnika qoidalariga asoslangan holda ifodalanish, mantiqiy izchillik hamda tizimlilik mavjud. Qolaversa, u huquqiy jihatdan umumiy mazmun asosida bir butunlikni, yaxlitlikni hosil qiladi. Biroq ular ayrim huquq sohalarida huquq normasining elementlari sifatida to`liq holatda, birgalikda uchramaydi (Konstitusiyaning ta’sis etuvchi normalarida dispozisiya shaklida). Bunday holatlarda normativ-huquqiy hujjatning tegishli moddalari mohiyatini anglab etish huquqning ichki tuzilishi bilan bog`liq nazariy qoidalar asosida ijobiy hal etilishi mumkin38. Qonunchilik hujjatida mantiqan yakunlangan rasman muayyan mustahkamlanishiga ega bo‘lgan davlat hokimiyatining irodasi normativ qoida sifatida maydonga chiqadi. Qonun va boshqa huquqiy hujjatni yaratuvchi organ huquqiy norma mazmunida uning barcha tarkibiy qismlarini, ya’ni normaning qo‘llanish shart-sharoitlarini, subyektlarning huquq va majburiyatlarini, yuridik talabga rioya etilmagan holda – javobgarlik choralarini aks ettirishi lozim. Shu bois huquqiy normaning tarkibiy tuzilishini tahlil etish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi. Huquq tizimining boshlang‘ich elementi, ya’ni kichik tizim sifatida huquq normasi o‘z ichki tuzilishiga ega, ya’ni huquq normasi mazmunan o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bir necha tarkibiy qismlardan iborat. Ta’kidlash joizki, adabiyotlarda huquqiy normaning tuzilishi masalasida turlicha yondashuvlar mavjud. Xulq-atvor normalarining tarkibi haqidagi masala anchadan beri huquqshunoslarning e’tiborini jalb qilib kelmoqda. Huquqiy normaning uch element(gipoteza, dispozitsiya, sanksiya)dan iboratligi haqidagi fikrlar huquqshunoslikda keng tarqalgan. Huquqiy normada, avvalambor, norma qo‘llaniladigan sharoitga oid qism bor, so‘ngra xulq-atvor qoidasining o‘zi bayon qilinadi, oxirida esa ushbu qoidani bajarmaganlik uchun kelib chiqadigan yuridik oqibat nazarda tutiladi. Ijtimoiy munosabatlarning ayrim turlarini tartibga soluvchi huquq normalarining «ixtisoslashganligini» hisobga olgan holda, ko‘pchilik mualliflar yuridik norma tarkibidan ikki elementni ajratib ko‘rsatadilar: regulyativ normalarda – gipoteza va dispozitsiya; qo‘riqlovchi normalarda – gipoteza (dispozitsiya) va sanksiya. So‘zma-so‘z ifodalaganda bu odatda shunday bo‘ladi. Ushbu masala haqidagi bahslarning mohiyatini chuqurlashtirib o‘tirmay, ta’kidlash joizki, yuridik normaning uch elementli strukturasi – uning mantiqiy-yuridik ifodasidir. U nazariy fikrlash vositasida shakllantiriladi va o‘zining timsolida ushbu formulani ifodalaydi: «Agar... bo‘lsa, unda..., aks holda esa... bo‘ladi». Mantiqiy yuridik tizimni qayta tiklash uchun, mantiq talab va qoidalaridan tashqari yana qonunchilikni hamda yuridik texnikani, huquqiy aloqalar tizimini yaxshi bilish zarur. U yoki bu vaziyatda xatti-harakatning ma’lum bir qolipini belgilovchi huquq normalari, ya’ni xulq-atvor qoidalari, o‘zining mantiqiy yuridik tarkibiga ko‘ra, gipoteza, dispozitsiya va sanksiyaga ega39. Huquq normasining dastlabki qismi bo`lgan gipoteza “faraz yordamida xatti-harakatning mavhum varianti konkret “hayotiy” hodisaga, ma’lum bir shaxsga, vaqtga, joyga “bog`lanadi”. Farazda mustahkamlangan har bir vaziyat (holat) xulq-atvor qoidasiga “hayot nafasini kiritadi”, uni alohida hodisa darajasiga ko`taradi”40. Shuningdek, “gipotezada huquq normasida belgilangan qoida qay sharoitda va qay holatda hamda kim tomonidan amalga oshirilishi ko`rsatiladi41. Gipoteza huquq normasining bir qismi bo`lib, unda dipozisiyada ko`rsatilgan qoidaning kuchga kirishi uchun zarur bo`lgan aniq hayotiy holat (voqea, harakat, hodisalar) o`z ifodasini topadi”42. Gipotezada huquq normasida belgilangan qoida qay sharoitda va qay holatda hamda kim tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatiladi. Gipoteza huquqiy normaning bir qismi bo‘lib, unda dispozitsiyada ko‘rsatilgan qoidaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan aniq hayotiy holatlar (voqea, harakat, hodisalar), shart-sharoitlar o‘z ifodasini topadi. Masalan, fuqarolik huquqi normasi fuqarolarning muomala layoqati qaysi holda to‘la vujudga kelishini ko‘rsatadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasida «Fuqaroning to‘liq muomala layoqati u voyaga yetgach, ya’ni 18 yoshga yetgach, to‘la hajmda vujudga keladi», degan qoida mustahkamlangan. Yana bir misol: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasida «Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar», deb qayd etilgan. Birinchi misolda qonunlarning «voyaga yetgan», ikkinchi misolda esa, «voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar» deyilgan qismi ushbu huquq normalarining gipotezasidir, ya’ni «Qachon? Qay holatlarda qo‘llaniladi?» degan savolga javob ifodalangan. Normaning gipotezasida mustahkamlangan abstrakt ifodalangan har bir vaziyat xulq-atvor qoidasiga «hayotbaxsh» ta’sir etib, uni alohida darajaga ko‘taradi. Boshqacha aytganda, gipoteza yuridik normani harakatga keltirish sharti va omilidir43. Shuningdek, gipoteza huquq normasining harakatini, amal qilish shartini ko`rsatuvchi (vaqt, joy, sub’ekt va boshqalar) yuridik faktlarni ifoda etuvchi tarkibiy qism sifatida ham e’tirof etiladi. Ta’kidlash lozimki, gipoteza matni “agar”, “agarda”, “u holatda” kabi so`zlari yoki shunga yaqin so`zlar bilan boshlanishi ham mumkin. O`z navbatida, gipoteza ham bir necha turlarga bo`linadi. Huquq normalarining amal qilishi bilan bog`liq bo`lgan bitta shart-sharoit aks etgan gipoteza oddiy gipoteza hisoblanadi. Masalan, Prezident O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig`ilishida qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab o`z lavozimiga kirishgan hisoblanadi (O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, 92-modda)44. Alternativ (muqobil) gipoteza esa huquq normalarining amal qilishi sanab o`tilgan shart-sharoitlardan biriga bog`liq ekanligini bayon etadi. Masalan, “Voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlar o`z ota-onalari haqida g`amxo`rlik qilishga majburdirlar” (O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, 66-modda)45. Dispozisiya huquq normasining bir qismi bo`lib, unda gipotezada ko`rsatilgan holatlar mavjud bo`lganida huquq sub’ektlari rioya etishlari lozim bo`lgan xatti-harakat qoidasi (huquq va majburiyatlari) ifodalangan bo`ladi46. Dispozisiya lotincha “диспоситион” so`zidan olingan bo`lib, “joylashuv”, “joylashgan”; inglizcha “диспоситион” so`zidan kelib chiqqan bo`lib, “farmoyish”, “farmoyish berish” ma’nolarini anglatadi47. Bu yuridik normaning o`zagi, huquqqa muvofiq xulq-atvor namunasi, modelidir. Biroq dispozisiya tartibga solish xususiyatlarini gipoteza va sanksiya bilan birgalikdagina namoyon eta oladi, harakatda bo`ladi. Yurish-turish qoidasining ifodalanishiga ko`ra dispozisiyalar oddiy, murakkab va muqobil hamda xulq-atvor qoidalarini bayon qilishning to`laligi bo`yicha tavsiflovchi, blanket va havola etuvchidispozisiyalarga bo`linadi48. Dispozitsiya – huquq normasining navbatdagi tarkibiy elementi bo‘lib, unda huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilanadi va ularning bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlari variantlari ko‘rsatiladi. Masalan, Jinoyat kodeksida belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoxud chegaradan noqonuniy o‘tganlik uchun javobgarlik belgilangan. Bu huquq normasining dispozitsiyasi – hukumatning ruxsatisiz yoki qalbaki hujjatlardan foydalanib yoki buning uchun belgilangan chegara punkti orqali o‘tmay, davlat chegarasidan noqonuniy o‘tishning taqiqlanganligidir. Dispozitsiya shu xulq-atvor qoidasining o‘zi, yuridik normaning o‘zagi, mag‘zidir. Ammo, huquq normasi faqat birgina dispozitsiyaning o‘zidan iborat bo‘la olmaydi. Faqat gipoteza va sanksiya birlikda dispozitsiya atrofida jamlangandagina dispozitsiya hayotiy kuchga ega bo‘ladi va o‘zining tartibga soluvchi xususiyatlarini namoyon qiladi. Dispozitsiya – bu huquqiy xatti-harakat modelidir49. Oddiy dispozisiya xulq-atvor, yurish-turishning konkret variantini, uning mazmunini to`la ochib bermagan holda ko`rsatib o`tadi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 10-moddasi mazmuniga binoan, O`zbekiston Respublikasi xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin50. Murakkab dispozisiya huquqiy munosabat sub’ektining sub’ektiv huquq va yuridik majburiyatlarining keng doirasini o`z ichiga qamrab oladi, ya’ni bunda huquq sub’ektining huquqlari yoki majburiyatlari sanab o`tiladi51. Muqobil dispozisiyada xulq-atvor, yurish-turishning bir nechta variantlari ko`rsatib o`tiladi va munosabat ishtirokchilari ulardan biriga amal qilishlari mumkin yoki shart. Masalan, Jinoyat prosessual kodeksining 385-moddasiga binoan, prokuror yoki uning o`rinbosari ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini ko`pi bilan besh sutkada ko`rib chiqishi va quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi shart: 1) ishni sudga yuborish uchun asoslar mavjud deb topib, ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlash; 2) o`z qarori bilan ayblov mazmunidan ayrim bandlarni chiqarib tashlash, engilroq jinoyatni nazarda tutuvchi qonunni qo`llash va shu o`zgartirishlar bilan ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlash; 3) qo`shimcha tergov o`tkazish uchun ishni o`z ko`rsatmalari bilan surishtiruvchi yoki tergovchiga qaytarish; 4) surishtiruv o`tkazilgan jinoyat ishini tergovga tegishlilik qoidalari buzilganligi aniqlanganda dastlabki tergov organiga o`tkazish; 5) ishni yuritishni to`xtatish; 6) ishni tugatish; 7) amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish to`g`risida sudga iltimosnoma kiritish52. Tavsiflovchi dispozisiya – huquq sub’ektlarining sub’ektiv huquq va yuridik majburiyatlari hamda xatti-harakatlarining to`liq bayonini ifoda etiladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 169-moddasi “O`g`rilik”, ya’ni o`zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish (qonunda, garchand bu mantiqan o`rinli bo`lmasada, talon-toroj qilish deb yozilgan). Bunda norma dispozisiyasi hammaga tushunarli bo`lishi uchun ma’lum bir ma’noda, qisqa shaklda izoh beriladi53. Blanket dispozisiya huquq normasida ko`rsatilgan huquq sub’ektlarining sub’ektiv huquq va yuridik majburiyatlarining mazmunini aniqlash uchun boshqa hujjatlarning normalarida belgilangan tegishli qoidalarga havola qiladi. Masalan, Jinoyat kodeksida yong`in xavfsizligi, texnika xavfsizligi, sanoatsanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan (Jinoyat kodeksi, 257-modda). Ushbu qoidalarning mazmuni Jinoyat kodeksida emas, balki normani qo`llashda murojaat qilish zarur bo`lgan boshqa normativ hujjatlarda ochib beriladi54. Havola etuvchi dispozisiya deganda qo`llanayotgan huquq normasi mansub bo`lgan normativ-huquqiy hujjatning boshqa normasiga (masalan, Jinoyat kodeksining 110-moddasi – “Qiynash”) yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatga murojaat etishni nazarda tutuvchi dispozisiya havola etuvchi dispozisiya sifatida tushuniladi55. Sanksiya huquq normasining mantiqiy-yakunlovchi qismi hisoblanadi. Sanksiya lug`aviy jihatdan “qat’iy qaror” degan ma’noni bildirib, lotin tilidagi “санстио” va ingliz tilidagi “санстион” so`zlaridan olingan.Sanksiya – dispozisiyada ko`rsatilgan talablarni bajarmaganlik uchun berilishi mumkin bo`lgan ta’sir chorasi yoki tavsiya etilgan harakatni sodir etganlik uchun rag`batlantirishning turi va o`lchovi hisoblanadi56. Sanksiyalarda ifodalangan salbiy oqibatlarning aniqligiga qarab mutlaq aniq, nisbatan aniq va kumulyativ sanksiyali normalar ajratiladi. Mutlaq aniq sanksiyali huquq normalarida davlatninganiq bitta majburlov chorasi ko`rsatiladi. Masalan, transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi (O`zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi, 1281-modda)57. Sanksiya huquq normasining bir qismi bo‘lib, unda dispozitsiyada ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganlik uchun berilishi mumkin bo‘lgan jazo yoki tavsiya etilgan harakatni sodir etganlik uchun rag‘batlantirishning turi va o‘lchovi ifodalangan bo‘ladi. Sanksiya – yuridik normaning mantiqiy yakunlovchi qismidir. Unda jamiyat, davlat, shaxsning huquqiy normani buzuvchilarga nisbatan salbiy munosabati ifodalanadi. Huquqiy norma sanksiyasi – umumlashma tushuncha. Huquqbuzar uchun bo‘ladigan noxush oqibatlarning tabiatiga bog‘liq ravishda u qo‘yidagilarni nazarda tutishi mumkin: a) javobgarlik choralari (ozodlikdan mahrum qilish, jarima, moddiy zararni undirish); bu turdagi sanksiyalar javobgarlikka tortuvchi yoxud jazovlovchi sanksiyalar deb ataladi; b) ogohlantirish ta’sir choralari (ushlab keltirish, mulkini hisobga olish, jinoyat sodir etishda gumon qilib ushlash, davlat hokimiyatining akti yoxud ma’muriy aktlarni bekor qilish, majburiy davolash, o‘zboshimchalik bilan qurilgan binolarni buzib tashlash va hokazo); v) muhofaza choralari (ishchi va xizmatchilarni agar ular ilgari qonunsiz ishdan bo‘shatilgan bo‘lsalar, avvalgi ish joyiga qayta tiklash, aliment undirish 261 XII bob. Huquq normasi va hokazo), ko‘rsatilgan choralarni tayinlash, ya’ni shaxsga yetkazilgan zararni bartaraf etish va uning buzilgan huquqlarini tiklashga qaratilgan xatti-harakatlar (bu choralar javobgarlik choralaridan farq qilib, huquqbuzar tomonidan unga tegishli bo‘lgan va ilgari ijro qilinmagan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutadi); g) subyektga nisbatan uning o‘z xulq-atvori oqibatida kelib chiqadigan noxush oqibatlar (kasalxona rejimini buzish natijasida bemorning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini yo‘qotishi yoxud bu hol uzrli sababsiz yuz berishi va hokazo)58. Nisbatan aniq sanksiyali huquq normalari esa turli xil jazo turlaridan birini yoki huquqiy ta’sir choralaridan birini qo`llashni nazarda tutadi. Masalan, haydovchilarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalaridan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishi eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi (O`zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi, 141-modda)59. Kumulyativ sanksiyali huquq normalari o`zida asosiy jazodan tashqari qo`shimcha jazo berilishini ham nazarda tutadi. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 43-moddasida “Jazo tizimi” belgilangan bo`lib, unga ko`ra jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qo`shimcha jazo tariqasida ham qo`llanilishi mumkin. Masalan, transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o`lishiga sabab bo`lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, etti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qo`yilgan (O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 266-modda)60. Ta’kidlash joizki, huquqiy normalarning hammasida ham uning uch elementi birgalikda kelavermaydi. Aksariyat konstitutsiyaviy normalar gipoteza va dispozitsiyadangina iborat. Konstitutsiyaviy normalarning sanksiyasi boshqa qonunchilik hujjatlarida, tegishli kodekslarda mustahkamlangan bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida «Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir», degan mazmundagi huquqiy qoida mustahkamlangan. Bu normada insonni hayotdan mahrum etganlik uchun qanday jazo berilishi ko‘rsatilmagan. Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasida qasddan odam o‘ldirganlik uchun o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Ayni paytda, Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning maxsus qismi, ya’ni huquqbuzarliklar ko‘rsatilgan qismida joylashgan moddalar asosan dispozitsiya va sanksiyadan iborat (Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning maxsus qismi normalariga qarang), ularning gipotezasi mazkur kodekslarning umumiy qismida, ayrim hollarda boshqa qonunchilik hujjatlarida mustahkamlangan bo‘ladi. Masalan, JKning 97-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatning subyekti jinoyat qonunchiligida belgilangan yoshga yetgan, aqli raso, mazkur jinoyatni qasddan sodir etgan shaxs bo‘lishi mumkin. Bu qoidalar JKning Umumiy qismida ko‘rsatib o‘tilgan. Shunday qilib, huquq normasining strukturasi – bu uning o‘zaro mazmunan uzviy bog‘liq tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan ichki tuzilishidir61. Download 59.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling