О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi toshkent davlat transport universiteti «Ijtimoiy fanlar»
II Bob. HUQUQ NORMALARI TURLARI VA NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARDA HUQUQ NORMALARINI BAYON ETISH USULLARI
Download 59.11 Kb.
|
Akbar DHN Transport
II Bob. HUQUQ NORMALARI TURLARI VA NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARDA HUQUQ NORMALARINI BAYON ETISH USULLARI.
2.1. Normativ-huquqiy hujjatlarda huquq normalarini bayon etish usullari. Huquq normalari ularda mustahkamlangan qoidalarning xarakteriga qarab huquq va vakolat beruvchi, majburiyat yuklovchi va taqiqlovchi (man qiluvchi) normalarga ajratiladi: 1. Huquq sub’ektiga muayyan harakatlarni sodir etish mumkinligini ko`rsatuvchi huquq normalari huquq va vakolat beruvchinormalar deyiladi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 29-moddasiga binoan, “Har kim fikrlash, so`z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega…”62. 2. Huquq sub’ektiga muayyan harakatlarni sodir etish lozimligi (shartligi) ni ko`rsatuvchi huquq normalari majburiyat yuklovchi normalar deyiladi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 51-moddasida “Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig`imlarni to`lashga majburdirlar”deyilgan va bu qoida majburiyat yuklash xarakteriga ega. 3. Huquq sub’ektiga muayyan xatti-harakatlarni sodir etishni man qiluvchi normalar taqiqlovchi normalar deb ataladi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 57-moddasida mustahkamlab qo`yilgan “Konstitusiyaviy tuzumni zo`rlik bilan o`zgartirishni maqsad qilib qo`yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ`ib qiluvchi, xalqning sog`lig`i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi” degan qoida bunga yaqqol misol bo`la oladi.Bulardan tashqari, huquq normalari boshqa bir qator mezonlar asosida ham tasniflanadi. Jumladan, huquq normalari o`zidaxatti-harakatni shakllantirishning mavhumligiga qarab abstrakt(mavhum) va kazuistik normalarga, gipotezada mustahkamlangan holatning faktik jihatlari aniq yoki nisbiy ekanligiga qarab aniq va nisbiy aniq normalarga, gipotezaning hajmiga qarab oddiy, murakkab va alternativ normalarga, dispozisiyaning aniqligiga qarab mutlaq aniq, nisbatan aniq va blanket normalarga, huquq normalari sanksiyalarning aniqligiga qarab mutlaq aniq va nisbatan aniq normalarga ham bo`linadi. Huquqiy tartibga solish usuliga ko`ra imperativ va dispozitivnormalarga, sub’ektlariga qarab umumiy va maxsus normalarga,harakatlanish hududiga qarab mamlakatning butun hududida va mahalliy miqyosda amal qiluvchi normalarga ajratiladi. Shuningdek, huquq sohalari nuqtai nazaridan huquq normalarining konstitusiyaviy, ma’muriy-huquqiy, fuqaroviy huquqiy, jinoiy-huquqiy, xalqaro va boshqa turlarini ko`rsatib o`tish mumkin63. Download 59.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling