О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi toshkent davlat transport universiteti «Ijtimoiy fanlar»


Huquq normalarini turli asoslarga koʻra tasniflash


Download 59.11 Kb.
bet5/7
Sana24.04.2023
Hajmi59.11 Kb.
#1394301
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Akbar DHN Transport

2.2. Huquq normalarini turli asoslarga koʻra tasniflash.
Huquq normalarining ilmiy va o‘quv adabiyotida turlicha tasniflari va guruhlanishlari mavjud. Tasniflash deganda, mantiqan o‘rganilayotgan obyektlarni turlar bo‘yicha ma’lum bir umumiy mezonlar asosida guruhlarga ajratish tushuniladi. Tasniflashning to‘g‘ri va to‘laroq bo‘lishi, avvalo, unga asos qilib olingan mezonning boshqa barcha belgilarini qayd etuvchi uning eng ahamiyatli jihatiga bog‘liqdir. Yuridik normalarni tasniflashning to‘rtta mezoni mavjud: 1) ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish funksiyalari; 2) huquqiy tartibga solish predmeti; 3) huquqiy tartibga solish metodi; 4) normani ifodalash shakli. Huquq normalari huquqiy tartibga solish mexanizmidagi funksional vazifasiga ko‘ra, boshlang‘ich normalar va qoida – normalarga bo‘linadi. Boshlang‘ich, ta’sis etuvchi, yo‘nalish beruvchi normalar ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning maqsadini, vazifalarini, prinsiplari, yo‘nalishi va chegaralarini aniqlab beruvchi asos hisoblanadi. Demak, bunday normalar qatoriga Konstitutsiyada mustahkamlanadigan mamlakat iqtisodiyoti va davlat siyosati asoslarini, inson huquqlari va erkinliklari, fuqarolik jamiyati asoslarini ifodalovchi normalar kiradi; shuningdek, huquq sohalari asoslarini belgilovchi prinsip normalar, yo‘nalish va vazifalarni ifodalovchi maqsad-normalar, huquqiy tushuncha va kategoriyalarni belgilovchi ta’rif-normalar kiradi64.
Huquqiy normalarning katta qismini xulq-atvor qoidalaridan iborat normalar tashkil etadi. Huquqiy normalarini tasniflash uchun asosan, huquq normasi elementi bo‘lgan dispozitsiyaning mazmuni bilan bog‘liq holdagi o‘zgarishlar nazarda tutiladi. Umuman olganda, huquq normasining tasniflanishiga dispozitsiyadagi o‘zgarish ta’sir etadi hamda turli mezonlar orqali o‘z ifodasini topadi. Huquq normasini tasniflashda usul va mezonlar ko‘p bo‘lganligi uchun uni tasniflashning umumiy tomonlarini inobatga olgan holda, guruhlarga bo‘lish qulay hisoblanadi. Huquq normalarini, ularda mustahkamlangan qoidalar xususiyatiga qarab quyidagicha tasniflash mumkin65:
Huquq va vakolat beruvchi normalar – ya’ni, huquq subyektiga qanday harakatlarni sodir etish mumkinligini ko‘rsatuvchi normalar. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga binoan, «hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburiy singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi». Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 36-moddasiga ko‘ra, tergovchi jinoyat ishini qo‘zg‘atish va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga, gumondor shaxslarni ushlash va so‘roq qilishga, Jinoyat-protsesual kodeksida nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga, shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida qaror chiqarish va qonunda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirishga haqlidir66.
Majburiyat yuklovchi normalar – ya’ni, qanday harakatlarni sodir etish lozimligini ko‘rsatuvchi normalar. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasiga binoan, «Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar». Yana bir misol: «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risidagi»gi konstitutsiyaviy qonunning 28-moddasiga ko‘ra, Prezident imzolashni rad etib, qayta ko‘rib chiqish uchun yuborgan qonun Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, uni Prezident o‘n to‘rt kun ichida imzolashga va e’lon qilishga majbur67.
Man qiluvchi normalar – ya’ni, huquq subyektiga muayyan xatti-harakatlarni sodir etishini man qiluvchi normalar. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida «maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi», deb ko‘rsatilagan va bu qoida man etish xarakteriga ega. Ba’zi huquq normalari ham vakolat beruvchi, ham majburiyat yuklovchi yoki man etuvchi xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, Jinoyat-protsessual kodeksining 15-moddasi mazmuniga muvofiq, sud, prokuratura, tergovchi va surishtiruvchi jinoyat alomatlari hamda asoslari mavjud bo‘lgan taqdirda o‘z vakolat(jinoyat ishini qo‘zg‘atishga bo‘lgan huquq)lari doirasida jinoyat ishini qo‘zg‘atishlari shart68. Ushbu huquq normasi, bir tomondan, sanab o‘tilgan subyektlarga jinoyat ishini qo‘zg‘atishga vakolat bermoqda va ayni paytda, jinoyat ishini qo‘zg‘atishni ularga muqarrar ravishda majburiyat tarzida yuklamoqda69.
Rag‘batlantiruvchi normalar – huquqiy munosabatlar subyektlari davlat va jamiyat manfaatiga foyda keltiradigan xatti-harakat variantlari uchun rag‘bat, imtiyoz belgilovchi normalar. Bunda o‘zining yuridik va ijtimoiy burchiga vijdonan, sidqidildan yondashgan va yaxshi natijalarga erishgan shaxslar uchun rag‘batlantirish choralari belgilanadi. Rag‘batlantiruvchi normalar kishilarni yuqori samara bilan mehnat qilish, ijodiy va ijtimoiy faollikka undovchi qoidalardir (masalan, Davlat mukofotlari to‘g‘risidagi qonun, ilg‘orlarni taqdirlash qoidalari va hokazo)70.
Tavsiya etuvchi normalar – xatti-harakat va xulq-atvorning eng maqsadga muvofiq, davlat nuqtayi nazaridan e’tiborli bo‘lgan variantini belgilaydi. Tavsiya etuvchi normalar, odatda, nodavlat jamoat tashkilotlari, hissadorlik jamiyatlari, davlat korxonalari va ilmiy muassasalarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari rivojlanib borgani sayin davlat xo‘jalik va hissadorlik uyushmalarining ishlariga kamroq aralashib, ularga beradigan huquqiy tavsiyalarining salmog‘i ham kamayib boradi. Avval imperativ xususiyatga ega bo‘lgan ko‘plab normalar tobora tavsiyaviy mazmun kasb etadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo‘jaligida ijara munosabatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qaror. Unda hukumat shu sohadagi munosabatlarning davlat nuqtayi nazaridan maqbul variantlarda tashkil etilishidan manfaatdor subyekt sifatida shirkat xo‘jaligining namunaviy ustavi, shirkat xo‘jaligi tomonidan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olishning namunaviy shartnomasi kabilarni tegishli shaxslar uchun tavsiya sifatida ilova qilib o‘tgan. Bulardan tashqari, huquq normalarini boshqa qator mezonlar asosida tasniflash mumkin. Bunda, eng avvalo, huquq normalari huquq tarmoqlari bo‘yicha bo‘linadi va bunday guruhlash huquq normalarini bir tizimga keltirish va zarur hollarda kodifikatsiya qilish uchun muhimdir. Huquqiy tizimdagi o‘rni va ahamiyati bo‘yicha huquq normalarini ta’sis etuvchi, qo‘riqlovchi, deklarativ, definitiv, kollizion va ta’minlovchi normalarga bo‘lish mumkin71.
Ta’sis etuvchi normalar jamiyat ijtimoiy-siyosiy tuzumining asosini, inson huquq va erkinliklarini, siyosiy va huquqiy tizimning asosini mustahkamlaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‘ra, «O‘zbekiston – suveren demokratik respublika, davlatning «O‘zbekiston», «O‘zbekiston Respublikasi» degan nomlari bir ma’noni anglatadi. Bunda qonunning matnida davlatning nomlanishi ta’sis etilgan72.
Tartibga soluvchi normalar ijtimoiy munosabat ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga soladi. Uning asosiy xususiyati shundaki, u ijozat beruvchi va majburlovchi xususiyatga ega, shunga muvofiq, u ijtimoiy munosabatlarning ishtirokchilari uchun davlat tomonidan qo‘riqlanadigan va kafolatlanadigan o‘zaro subyektiv huquqlar hamda yuridik majburiyatlar o‘rnatadi. U yoki bu ijtimoiy munosabatni huquqiy norma qoidalari orqali maqsadli tartibga solish natijasida bu munosabat huquqiy xarakter kasb etadi, uning ishtirokchilari esa, mazkur huquqiy munosabatning subyektlariga aylanadilar73.
Qo‘riqlovchi normalar huquq normalari tizimida o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, asosan jamoat tartibini saqlash funksiyasini bajarishga qaratiladi va ular jamiyatda o‘rnatilgan talablar buzilgan taqdirda yuzaga keladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 97–103-moddalarida ifodalangan huquqiy normalar insonlarning hayotidan mahrum etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy xavfli qilmishlarni jazo qo‘llash tahdidi ostida jinoyat deb topadi, taqiqlaydi va tegishli javobgarlik choralarini ko‘zda tutadi. Shu asosda Konstitutsiyamizning 13-moddasida oliy qadriyat sifatida tan olingan inson hayoti va sog‘lig‘ini qo‘riqlaydi, muhofaza etadi74.
Deklarativ normalar axborot berish, bayonot berish vazifasini bajaradi va qoidaga ko‘ra, ushbu normalar dasturiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur toifadagi normalar ijtimoiy munosabat ishtirokchilariga muayyan huquqlar berish yoki majburiyatlar yuklashdan cheklangan holda, faqatgina ma’lumot berish bilan kifoyalanadi, xolos75.
Tezkor (operativ) normalar. Ular yordamida huquq tizimining eskirgan, mavjud ijtimoiy hayot talablariga javob bermay qolgan normalari chiqarib tashlanib, yangilari joriy qilinadi yoki tegishli qo‘shimchalar bilan to‘ldiriladi. Masalan, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar to‘g‘risida»gi 2003, 2007, 2008, 2011, 2014 va 2017-yillardagi Qonun normalari shular jumlasidandir76.
Kollizion normalar. Ularda biron-bir holat bir emas, bin necha huquqiy normalar ta’siriga tushib qolishi mumkin va bu holda o‘sha normalar o‘rtasida nizo – «to‘qnashuv» sodir bo‘ladi, bu holatni hal etish uchun kollizion normalar qabul qilinadi. Mohiyatan olganda, kollizion norma chet el huquqini muayyan milliy yurisdiksiya doirasida qo‘llanishiga ruxsat beradi. Shunga ko‘ra, kollizion normalar «bir tarafdan davlatlarning huquq-tartibotidagi mavjud tafovutlar va xilma-xillikni, ikkinchi tarafdan esa, davlatlarning milliy huquqiy tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni aks ettiradi». Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 71-bobidagi ko‘pchilik huquq normalari kollizion xarakterga ega. Ziddiyatli vaziyatlarni hal etganligi bois kollizion normalar «hakam-norma» deb yuritiladi. Masalan, bironta munosabat qonun normasi va hukumat qarori bilan turlicha tartibga solinadigan bo‘lsa, u holda ushbu munosabat yuridik kuchi yuqori bo‘lgan norma, ya’ni qonun normasi bilan tartibga solinadi77.
Definitiv (ta’rif) normalar – ular huquqiy kategoriya va tushunchalarning tavsifini o‘zida mujassamlashtiradi. Bulardan masalan, jinoyat qonunida – jinoyat ta’rifi, ma’muriy qonunda – ma’muriy huquqbuzarlik harakati ta’rifi, fuqarolik qonunida – bitimlarning ayrim turlari ta’rifi va hokazolarni ko‘rsatish mumkin. Definitiv normalar qonunchilikdagi biron-bir normaning mazmunini tushuntirib berishga qaratilgan bo‘ladi. Definitiv normalar huquqiy kategoriya va tushunchalarning tavsifini o‘zida mujassamlashtiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 34-moddasida residiv jinoyatning mohiyati, ta’rifi ochib berilgan. Definitiv normalar, asosan evristik va yo‘nalish beruvchi funksiyalarni bajaradi. Huquq normalarini huquqiy tartibga solish predmeti bo‘yicha (huquq sohalari bo‘yicha): konstitutsiyaviy, ma’muriy, moliyaviy, yer, fuqarolik, mehnat, jinoyat huquqi va boshqa soha normalariga bo‘lish mumkin. Ma’lum bir ijtimoiy munosabatlarning sifat jihatidan bir xilligi va nisbiy mustaqilligi ularni tartibga soluvchi huquqiy normalarning maxsusligi va ma’lum darajada o‘ziga xosligining shartidir, bular jamlangan holda muayyan huquq sohasini tashkil etadi78.
Huquq normalarini moddiy va protsessual huquq normalariga ajratish ham keng tarqalgan. Huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari mazmunini aniqlab beruvchi normalar moddiy huquq normalari guruhiga qo‘shiladi. Moddiy huquq normalari huquq subyektlarining huquq va burchlari, ularning huquqiy holati, huquqiy tartibga solish doirasini mustahkamlaydi. Boshqacha aytganda, ular huquq subyektiga unga qanday huquq berilishi va undan nima talab qilinishini ko‘rsatib beradi. Huquqlarni amalga oshirish va majburiyatlarni bajarish, ijro etishning tartibini, buzilgan huquqni tiklash jarayonini belgilovchi normalar esa, protsessual normalar deyiladi. Masalan, Fuqarolik kodeksida fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari mustahkamlangan bo‘lsa (ya’ni, moddiy normalar), buzilgan huquqni tiklash, yetkazilgan zararni qoplashgaoid normalar (ya’ni, protsessual normalar) Fuqarolik-protsessual kodeksida mustahkamlangan bo‘ladi. Protsessual huquqiy normalar tashkiliy munosabatlarni tartibga soladi, hamda sof tashkiliy, rasmiy, boshqaruv xususiyatiga ega. Ular doimo moddiy huquq normalari tartibi, shakllari va tatbiq qilish usullarini belgilaydi79.
Protsessual normalar ikkilamchi xususiyat kasb etadi. Protsessual huquqiy normalar hamma vaqt ham alohida sohalarda jamlanavermaydi. Bu hol sodir bo‘lgan taqdirda ham, u huquq sohasining ma’lum bir rivojlanish bosqichida bo‘ladi, ya’ni muvaqqat bo‘ladi. Protsessual normalar o‘ziga xos huquqiy kompleksni hosil qilib, huquq sohasining ma’lum bir bo‘linishi tashkil etilishidan vujudga keladi. Huquq normalarida xatti-harakatni shakllantirishning mavhumligiga qarab, abstrakt (mavhum, umumiy) va kazuistik (nisbatan konkret) normalar farqlanadi. Muayyan bir munosabat turini yaxlit holda tartibga soladigan normalar abstrakt (mavhum) normalar hisoblanadi. Bir munosabat turining muayyan bir qismini tartibga soladigan normalarni esa, kazuistik normalar, deb yuritiladi. Masalan, Konstitutsiyaning «Asosiy prinsiplar» deb nomlangan 1-bo‘limi normalari abstrakt, umumiy tabiatga ega, Bu bo‘limda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va siyosiy tuzumining asoslari umumiy tarzda mustahkamlangan. Keyingi bo‘limlarda esa asosiy qoidalar yanada aniqroq ifodalanib, ularga batafsil to‘xtalib o‘tilgan: masalan, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari (2-bo‘lim), davlat hokimiyatining tashkil etilishi (5-bo‘lim) va hokazo. Huquq normalari, shuningdek, asosiy (dastlabki) va hosila normalarga bo‘linadi, birinchisida umumiy xarakterga ega bo‘lgan qoidalar mustahkamlansa, (masalan, qonun normalari), ikkinchisida esa, umumiy qoidalarni rivojlantiruvchi, aniqlashtiruvchi normalar mustahkamlanadi (masalan, qonunosti normativ hujjatlarning normalari qonun normalarini aniqlashtiradi, konkretlashtiradi). Huquq normalari amal qilish hududiga qarab, umumiy amal qiluvchi, mahalliy miqyosda amal qiluvchi va lokal normalarga bo‘linadi. Bunda birinchisi butun mamlakat hududida amal qilsa (masalan, Konstitutsiya normalari), ikkinchisi – ma’lum hududlarda amal qilishi mumkin, masalan, ekologik talafot hududlarida, baland tog‘li sharoitda, cho‘l zonasida, radiaktiv xavf mavjud zonalarda, uchinchisi – muayyan soha vakillarining faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi normalar (masalan, sog‘liqni saqlash, ichki ishlar vazirligi tizimi bilan bog‘liq) va hokazo80.
Huquq normalari subyektlariga qarab, umumiy va maxsus normalarga bo‘linadi, bunda birinchisi hamma huquq subyektlari uchun taalluqqli bo‘lsa, ikkinchisi esa, aholining muayyan guruhi uchun, yoki aniq belgilangan doiradagi subyektlar, jumladan pensionerlar, nogironlar, soliq idorasi xodimlariga taalluqli bo‘ladi. Umumiy va maxsus huquq normalari bir-biridan umumiylik darajasi va harakat doirasi bilan farq qiladi. Umumiy normalar, odatda, u yoki bu huquq sohasining barcha huquqiy institutlarini (jinoyat huquqining shartli hukm qilish haqidagi, hukm ijrosini kechiktirish, fuqarolik huquqining da’vo muddati, shartnomalar haqidagi institutlari va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Bu normalar huquq sohasining umumiy qismiga jamlanadi va tarmoq obyektlarini tartibga soladi. Ulardan farq qilib maxsus normalar u yoki bu huquq sohasi manbalarining institutlariga tegishli bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning ma’lum bir turini tartibga soladi. Maxsus normalar umumiy ko‘rsatmalarni batafsil holga keltiradi, ularni amalda tatbiq etishning zamon va makondagi shartlarini muayyanlashtiradi, shaxsning xulq-atvoriga huquqiy ta’sir etishga qaratilgan bo‘ladi. Shu tufayli, ular huquqning umumiy normalari beto‘xtov va izchil tatbiq etilishini ta’minlaydi. Maxsus normalar yig‘indisi u yoki bu huquqiy sohaning maxsus qismini tashkil etadi81.
Maxsus normalarga quyidagilar misol bo‘ladi: oldi-sotdi, hadya, pudrat, kapital qurilish va fuqorolik huquqining boshqa bitimlari haqidagi normalar; jinoyat huquqida – bezorilik, bosqinchilik, o‘g‘rilik va hokazo jinoyat tarkiblari uchun belgilangan javobgarlik haqidagi normalar. Huquqiy tartibga solish uslubiga qarab, huquq normalarini imperativ va dispozitiv normalar guruhiga bo‘lish mumkin. Imperativ normalar davlat amri xususiyatiga ega bo‘lib, xatti-harakat subyektiga belgilangan harakat modelidan chetga chiqishni man etadi, masalan, ko‘pgina jinoiy-huquqiy va ma’muriy-huquqiy normalar shunday mazmundadir. Imperativ normalar qat’iy majburiy ahamiyatga ega bo‘lib, hokimiyat munosabatlarini, ya’ni bo‘ysunish va itoat etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi (masalan, JKning Maxsus qismi normalari imperativ ahamiyatga ega). Masalan, Jinoyat kodeksining 44-moddasida mustahkamlangan huquq normasi mazmuniga muvofiq, jinoiy jarimaning eng, minimal miqdori eng kam oylik ish haqining 5 baravarini, maksimal miqdori esa, 600 baravarini tashkil etadi. Sudya jarima jazosini tayinlashda ushbu imperativ norma asosida belgilangan miqdorlar doirasidan chetga chiqolmaydi. Dispozitiv normalar imperativ normalardan farqli o‘laroq, munosabat qatnashchilariga o‘z xatti-harakatlari variantlari, subyektiv huquq va majburiyatlar hajmi to‘g‘risida kelishib olish imkonini ifodalaydi. Dispozotiv normalar – xulq-atvor varianti haqida ko‘rsatma berish bilan birga subyektlarga qonuniy vositalar doirasidagi munosabatlarni o‘z xohishicha tartibga solish imkonini beradi. Bunday keng huquqiy mustaqillikning (munosabat qatnashchilariga beriladigan) mohiyati shundaki, bunda tomonlarga o‘zaro huquq va majburiyatlar haqida kelishib olish imkoni beriladi, u holat yuz bermagan taqdirda, ma’lum bir majburiy xulq-atvor qoidasi qo‘llaniladi. Bu dispozitiv normalar bayon qilinishining o‘ziga xosligini ham shart qilib qo‘yadi. Bu turdagi ma’lum bir xulq-atvor qoidasining bayoni, odatda, quyidagi so‘zlar bilan «agar boshqa qonunda yo shartnomada ko‘zda tutilmagan, belgilanmagan bo‘lsa...», deb ifodalanadi82.
Dispozitiv normalar huquqning ko‘pgina sohalarida mavjud. Masalan, mehnat huquqida o‘rnatilgan normaga ko‘ra: agar mehnat shartnomasi tugaganidan keyin ham mehnat munosabatlari davom etayotgan va tomonlardan birortasi uni to‘xtatishni talab qilmagan bo‘lsa, bu holda shartnoma harakati noma’lum muddatga uzaytirilgan hisoblanadi. Dispozitiv normalar ko‘proq fuqarolik huquqiga xosdir, chunki bu sohani huquqiy tartibga solish uslubi subyektlarning tengligi tamoyiliga asoslanadi. Masalan, Oila kodeksining 73-moddasida ifodalangan huquq normasi mazmuniga e’tibor bersak, u ota-onalarning o‘z farzandlari tarbiyasi, kamoloti haqida qayg‘urishi zarurligini belgilaydi, ya’ni ota-onalar farzand voyaga yetgunga qadar ular haqda g‘amxo‘rlik qilishlari, ularga ta’lim-tarbiya berishlari shart. Biroq, ushbu huquq normasi ta’lim-tarbiyaning qandaydir usullaridan foydalanishlikni teng ravishda ota-onalar ixtiyoriga topshirmoqda. Bunda ota-onalar o‘z farzandlari uchun ma’qul topgan ta’lim-tarbiyaning muayyan usullaridan foydalanishlari mumkin. Shunday qilib, huquqiy (yuridik) normalarni tasniflash huquqiy tartibga solishni amalga oshirish va takomillashtirishda ularning boy salohiyati va turlituman imkoniyatlarini aniqlash hamda amaliyotda foydalanishga ko‘maklashadi83.
XULOSA
Shuni alohida qayd etish kerakki, huquq hamda huquqiy tartibga solishni tushunib olish uchun, eng avvalo, davlat va jamiyat rivojlanishining hozirgi sharoitida, ayniqsa, mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslari barpo etilayotgan bir paytda yuridik fanda huquq normasi muammosi nimadan iboratligini aniqlab olish g`oyat muhim ahamiyatga ega. Binobarin, huquq normasi huquq mazmunining boshlang`ich nuqtasi hisoblanadi. Shu sababli unda, avvalambor, umuman huquq mazmunining asosiy xususiyatlari ifodalanadi. Ya’ni: huquq normalari ijtimoiy normalar – kishilarning o`zaro munosabatlaridagi (ijtimoiy munosabatlardagi) xulq-atvor normalari jumlasiga kiradi. Bu izn berish, ruxsat berish, cheklash, taqiqlash yoki pozitiv huquqqa xos majburiyatlar qoidasini o`z ichiga oluvchi qoidadir. Boshqacha aytganda, biron-bir vaziyatda, masalan ko`chani ke sib o`tishda, ishga joylashishda, mehnat majburiyatlarini baja rishda, davlat organlarining o`z vakolatlarini amalga oshirishda, fuqarolar arizalarini hal qilishda va boshqa hollarda qanday ish tutish mumkinligi ѐki lozimligini belgilaydigan qoidadir. Ayni paytda shuni ham aytish joizki, huquq normalari ijtimoiy ko`rsatma va yo`l-yo`riqlar bo`lib, albatta, ular inson bilan tabiat ning o`zaro munosabatlarini, mehnat vositalari va qurollaridan, boshqa turli texnik vositalardan foydalanishni tartibga soluvchi texnik qoidalardan farq qiladi84.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:



Download 59.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling