Reja: Insulin dorilari


Download 73.5 Kb.
bet1/3
Sana07.01.2023
Hajmi73.5 Kb.
#1081202
  1   2   3
Bog'liq
Qandni kamaytiradigan dori vositalarining qliniq va farmaqologiq tavsifi


Qandni kamaytiradigan dori vositalarining qliniq va farmaqologiq tavsifi

Reja:



1. Insulin dorilari
2. Ichishga ishlatiladigan gipoglikemik dori
vositalari
3. Biguanidlar
Qand kasalligi keng tarqalgan, masalan, AQSH da hozirgi kunda 10 mln. bemor bo‘lib, bulardan 800000 nafari insulinga bog‘liq bemorlar hisoblanadi.
Qand kasalligining insulinga bog‘liq (Itur) va insulinga bog‘liq bo‘lmagan turi (Ptur) farq qilinadi.
Qandli diabet kasalini davolashdan maksad, imkon darajasida kasallik davrida uchraydigan modda almashinuvi buzilishini tiklashga qaratilgan. Qand kasalligining asosiy belgisi qonda qand miqdorining oshib ketishi (giperglikemiya) hisoblanadi. Qonda qand miqdorini kamaytiradigan dori vositalarini qand kasalligiga qarshi moddalar deyiladi.
Bu guruhdagi dorilarga insulin preparatlari va ichishga beriladigan qandni kamaytiruvchi dorilar kiradi.
1. INSULIN DORILARI

Qandli diabetga uchragan bemorlarning 20—30% insulinga muhtoj bemorlar hisoblanadi, qolgan 40% ga yaqinini ichishga beriladigan dori vositalari yordamida ham davolash mumkin.


Insulin 2 ta zanjirdan (Azanjir 21 aminokislota, Vzanjir 30 ta aminokislota saqlaydi) iborat polipeptid bo‘lib, normada oshqozon osti bezining rhujayralarida ishlab chiqariladi. Insulin anabolik gormon bo‘lib, qandlar va oqsillar parchalanishini nazorat qiladi.
Insulin, unga sezuvchan a’zolar (skelet mushaklari, miokard, ko‘z gavhari, moy to‘qimasi, leykotsitlar va boshqalar) hujayrasi qobig‘ining glukozaga o‘tkazuvchanligini oshiradi.
Insulin hujayralarda glukozaning fosforlanishi
Natijasida hosil bo‘luvchi glukozabfosfat hosil bo‘lishini nazorat qiluvchi glyukokinazalar faolligini oshiradi. Insulin glukozaning glikogenga o‘tishini va gepatotsitlarda zahira ko‘rinishda to‘planishida ishtirok etadi, glikoliz jarayonini jonlantiradi, Qrebs siklida hosil bo‘ladigan moddalar sintezini kuchaytiradi, ATF sintezini kuchaytiradi. Insulinning qonda qand miqdorini kamaytirishining sababi, birinchidan, jigarda glikogenolizni susaytirishi natijasida qonga glukoza tushishining kamayishi, ikkinchidan esa, jigar to‘qimasi va skelet mushak to‘qimalari bilan glukozani ushlab qolishining kuchayishi bilan tushuntiriladi.
Insulin yog‘ to‘qimasida glikolitik va pentoz yo‘li bilan uglevodlarni moy kislotalari va triglitseridlarga o‘tishini faollaydi.
Insulin yetishmasligida glukozaning oksidlanishi va liponeogenez susayadi, glyukoneogenez esa kuchayadi. Yorlar parchalanishining kuchayishi va ular assimilatsiyasining susayishi qonda NEJK miqdori ko‘payishiga olib keladi. NEJK hosil bo‘lishining oshishi, va jigarda Krebs sikli davomida atsetilQoA ga o‘tishining susayishi, undan keton tanachalari, betagidroksimoy va atsetosirka kislotalar va qonda atseton miqdorining to‘planishiga olib keladi. Bu jarayon natijasida diabetik ketoatsidoz kelib chiqadi, bu o‘z navbatida koma kelib chiqish xavfini oshiradi. Insulin yetishmasligida qonda xolesterin miqdori ham oshadi.
Ribosomalarga to‘g‘ridanto‘g‘ri ta’sir qilib, oqsil hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Insulin yetishmovchiligida oqsil bo‘linishining buzilishi natijasida albuminlar miqdori kamayadi, a2.globulinlar ko‘payadi. Glyukoneogenez kuchayadi, natijada aminokislotalardan keton tanachalari hosil bo‘lishi oshadi.
Insulin yetishmasligi natijasida jigarda Vlipoproteidlar hamda xolesterin sintezining kuchayishi bemorlarda ateroskleroz rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Mukopolisaxaridlar sintezining buzilishi natijasida qonda mukopolisaxarid miqdorining ko‘payishiga va ularning gialinlangan shakllari ko‘payishi mikroangiopatiyaning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Giperglikemiya va glyukozuriya tanada suvning yo‘qolishiga (poliuriya) va chanqoqlikning ortishi (polidipsiya)ga sabab bo‘ladi.
Insulin dorilari gormon yetishmasligi natijasida yuqoridagi sanab o‘tilgan modda almashinuvi buzilishlarini bartaraf etadi. Shu sababli insulin va uning
premratlari qand kasallyginint o‘rtacha og‘irlykda va og‘ir kechayotgan ko‘riiishlarida hamda diabetik ketoatsidozda, infeksiya rivojlanganda, xirurgik operatsiyalarda, homiladorlikda va kamquvvatlikda tavsiya etiladi.
Diabetik retinopatiya, nefropatiya va oyoqlar qon tomirlarining zararlanishi ham insulin yuborishni Taqozo etadi.
Insulin bilan davolashning samaradorligi bir kechakunduz davomida qonda qand miqdorini kamaytirishi va kasallikning asosiy klinik belgilari poliuriya va polidipsiyani yo‘qotishi bilan belgilanadi. Shu bilan bir vaqtda bemorning umumiy ahvoli yaxshilanadi va tana og‘irligi ko‘payadi.
Klinika amaliyotida yirik shoxli hayvonlar va cho‘chqa oshqozon osti bezidan olinadigan va odam insulini (sintez va geninjeneriya yo‘li bilan olinadi) ishlatiladi.
Inson insulini ko‘proq insulin dorilariga sezuvchanlik susayganda va allergiya paydo bo‘lganda tavsiya etiladi. Keyingi vaqtlarda insulinni maxsus tozalash yo‘li bilan uning allergiya keltirib chiqarish xususiyatlarini kamaytirishga erishilgan dori shakllari olinganligi tufayli insulindan paydo bo‘ladigan xavfli asoratlarni kamaytirishga muvaffaq bo‘lindi.
Insulin tarkibiga turli dori ta’sirini uzaytiruvchilar (rux, oqsil, polimerlar) kiritish yo‘li bilan dorining yarim chiqib ketish vaqtini uzaytirishga erishilgan.
Hozirgi kunda qisqa muddatda (tez), o‘rtacha va uzoq ta’sir qiluvchi insulin dori shakllari farq qilinadi.
Tez ta’sir qiluvchi insulin dori shakllari ketoatsidoz, diabetik ksma, jarrohlik operatsiyalarida va insulinga bog‘liq diabetni davolashda ishlatiladi.
Diabetik komada insulinni ikki yo‘l bilan: 1) tana og‘irligiga 0,1 TB/kg hisobida olingan 610 TB insulinni har soatda (qonda qand miqdorining nazorati ostida) yuborish usuli; 2) 20 TB insulinni mushakka, so‘ngra har soatda 6—10 TB da mushakka insulin yuborish (qonda qand miqdori nazorati ostida) yo‘li mavjud.
Bemorni koma holatidan chiqarilgach dori yuborish oralig‘i 2—3 soatga ko‘paytiriladi, venaga, mushakka yuborishdan teri ostiga yuborishga o‘tiladi.
Insulin yuborish monand regidratatsiya (5% glukoza, osh tuzining fiziologik eritmasi), kerak bo‘lsa kaliy xlorid eritmasi yuborish, davolashny tez ta’si qiluvchi preparatlar yuborish bilan boshlagan ma’qu, Chunki uzoq vaqt ta’sir qiluvchi insulin dorilarig individual sezuvchanlik borligi sababli ular bila davolashning qiyinligi aniqlangan.
Tez ta’sir qiluvchi insulin dori shakllari bila davolashda dorini 0,5—0,6 TB/kg tana vazni hisobida 3—4 marta yuboriladi.
3 martalik yuborishda quyidagicha tartibda: 2—J 1 TB da, 4 marta yuborishda esa 2,5—2,5—3—1 TB d yuboriladi. Insulin ovqatdan 30 daqiqa oldin ter ostiga yuboriladi. Qeyinchalik glikemiya va glyukozuri darajasidan kelib chiqib miqdorlashni korreksi qilinadi.
Qonda qand miqdori insulin yuborishdan oldin, si£ dikdagi qand miqdori esa sutka davomida kamida marta (kunduzgi va tungi soat 20.00 dan ertalab 8.0 gacha yig‘ilgan) qand miqdorini aniqlash tavsiya etk ladi.
Uzoq ta’sir qiladigan insulin dorilari kompensg siyalangan qandli diabetni davolashda tavsiya qilina di. Uzoq ta’sir qiluvchi insulin dorilarini oddi insulin dori shakllari bilan birga ishlatish tavsi qilinadi. Dorini miqdorlash glikemiya va glyukozuri darajasiga qarab individual qilinadi.
Utkazilayotgan insulin bilan davolashning maqsad uglevodlar almashinuvidagi buzilishlarnigina emas balki boshqa modda almashinuvidagi buzilishlarni ha1 bartaraf etishni tutish kerak.
Bunda kechakunduz davomida 3 marta, ya’ni ertala* ovqatlanishdan oldin tez va o‘rtacha tezlikda ta’si qiluvchi insulin kechki ovqatdan oldin, qisqa ta’si] qiluvchi insulin va kechasi soat 22—23 lar orasida o‘rt, davomlikda ta’sir qiluvchi insulin (kerak bo‘lsa tush likdan oldin qisqa ta’sir qiluvchi insulin) yuborii rejasi yaxshi samara beradi. Ko‘proq tarqalgan insu lin yuborish tartibi kun davomida xar gal ovqatlanish dan oldin qisqa muddatga ta’sir qiluvchi insulin, ke chasi esa uzoq ta’sir qiluvchi insulin miqdorining 1/< qismini yuborish tartibidan ko‘proq foydalaniladi Sutka davomida 2 marta yuborish ma’qul hisoblanadi bunda bir vaqtning o‘zida qisqa va o‘rtacha uzoq mudda’ ta’sir qiluvchi insulin, masalan, insulin+insulong ning 2/3 qismini ertalab ovqatdan 30 daqiqa oldin vg 1/3 qismini esa 10—12 soatdan keyin ovqatdan yaril soat oldin yuborish usuli keng tarqalgan.

Download 73.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling