О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi toshkent davlat transport universiteti «Ijtimoiy fanlar»


III BOB.ERKINLIK ADOLAT VA TENGLIKNING MUSTAHKAM HUQUQIY POYDEVORI SIFATIDA TAMINLANISHINING MUHIM OMILI


Download 76.13 Kb.
bet16/19
Sana03.05.2023
Hajmi76.13 Kb.
#1423528
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
IJTIMOIY VA HUQUQIY TENGLIK

III BOB.ERKINLIK ADOLAT VA TENGLIKNING MUSTAHKAM HUQUQIY POYDEVORI SIFATIDA TAMINLANISHINING MUHIM OMILI



3.1 Ijtimoiy va huquqiy tenglikni xorijiy tajribalarni takomillashtirishda tadbiq etish masalalari

Urushlar,ziddiyatlar va kelishmovchiliklar hech qachon foyda keltirmasligiga,taraflarning iqtisodiy ,ijtimoiy ,ma’naviy va madaniy qashshoqlashishiga sabab bo’lishiga ko’hna tarix guvohlik beradi .


Do’stona munosabatlar,kelishuvlar,diplomatik aloqalar,taraflarning manfaatdorligi asosida tuzilgan bitimlar va tajriba almashishlar faqat insoniyat manfaati uchun xizmat qiladi.Milliy qadriyatlarni saqlagan holda boshqa davlatlardagi tajribalardan namuna olish bu sinalgan usullardan biridir.Bu usul huquq sohasida ham qo’llaniladi.
Ijtimoiy va huquqiy tenglikni taminlashda ham bizning respublikamiz umumjahon tan olgan tajribalardan huquqimizning asosi bo’lmish konstitutsiyamizni yaratishda ham foydalanilgan.Ya’ni O’zbekiston Respublikasining ko’pgina moddalari 1966-yil 16-dekabrdagi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktda»gi moddalarga mutonosib ravishda qabul qilingan.Bunga misol tariqasida ushbu jadvalni keltirish mumkin:

1966-yil qabul qilingan Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida xalqaro pakt moddalari

O’zbekiston
Konstitutsiyasi moddalari

1-modda
1. Barcha xalqlar o‘z taqdirini o‘zi belgilash huqukiga egadir. Ushbu huquq asosida ular o‘z siyosiy maqomlarini erkin belgilaydilar va o‘z iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishlarini erkin ta’minlaydilar.

3-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.
O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir.

2-modda
1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat o‘z hududida turgan va o‘z yurisdiksiyasi ostida bo‘lgan barcha shaxslarning ushbu Paktda e’tirof etilgan hukuqlarini hech bir ayirmachiliksiz, jumladan, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodidan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug‘ilishi yoki o‘zga holatidan qat’i nazar hurmat qilish va ta’minlash majburiyatini oladi.

18-modda.
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart.

6-modda
1. Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir. Bu hukuq qonun bilan muhofaza qilinadi. Hech kim o‘zboshimchalik bilan hayotdan mahrum etilishi mumkin emas.

24-modda.
Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir

7-modda
Hech kim qiynoqlarga yoki shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoki jazoga duchor etilmasligi kerak. Jumladan, hech bir shaxs ustidan o‘zining erkin roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajriba o‘tkazilishi mumkin emas.68

26-modda.
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas.69



Download 76.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling