О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi toshkent davlat transport universiteti «Ijtimoiy fanlar»


Ijtimoiy va huquqiy tenglikni kengroq targ’ib qilish rivojlantirish istiqbollari


Download 76.13 Kb.
bet17/19
Sana03.05.2023
Hajmi76.13 Kb.
#1423528
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
IJTIMOIY VA HUQUQIY TENGLIK

3.2 Ijtimoiy va huquqiy tenglikni kengroq targ’ib qilish rivojlantirish istiqbollari


Shaxs va oilaning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish, aholining huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim shartlaridan hisoblanadi.Yurtimizda bu borada keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Huquqiy ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida barcha zarur vositalardan unumli foydalanilmoqda.O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Oliy sud, Oliy xo’jalik sudi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Oliy va o’rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari hamkorligida huquqiy targ’ibot samaradorligini oshirish masalalariga bag’ishlab o’tkazilgan seminarda shular haqida gap bordi.
Adliya vaziri o’rinbosari boshqargan tadbirda aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy saviyasini yuksaltirishga qaratilgan ishlar ta’sirchanligini yanada oshirish, bunda davlat organlari va jamoat tashkilotlari o’rtasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda mustahkamlash masalalari muhokama etildi.Aholiga qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, huquqiy tarbiya mavzusida turli uchrashuv va ochiq muloqotlar tashkil etish, shu yo’nalishdagi targ’ibot ishlarini olib borishda ommaviy axborot vositalari imkoniyatidan unumli foydalanish zarurligiga e’tibor qaratildi.Yoshlarning amaldagi qonun hujjatlarini bilishi va uni amalda tatbiq eta olishi fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurilishida muhim vositadir. Zero, huquqiy madaniyati yuksak inson qonunni bilish bilan cheklanmaydi, balki amalda ularga qat’iy rioya etadi. Bu esa jamiyatda inson huquqlarini ta’minlash uchun xizmat qiladigan muhim mezonlardandir.Mamlakatimizda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish yo’lidagi islohotlarning rivojlanishi davlat organlarining huquqiy targ’ibot sohasidagi faoliyatini yanada kengaytirish va olib borilayotgan huquqiy targ’ibot ishlarini muvofiqlashtirib borishni talab etadi. 70/71


Download 76.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling