О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi toshkent davlat transport universiteti «Ijtimoiy fanlar»


Download 76.13 Kb.
bet3/19
Sana03.05.2023
Hajmi76.13 Kb.
#1423528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
IJTIMOIY VA HUQUQIY TENGLIK




I.BOB IJTIMOIY VA HUQUQIY TENGLIKNING HUQUQIY METODOLOGIK ASOSI

1.1.Ijtimoiy tenglik tushunchasi va mohiyati ularning turlari

Har qanday jamiyat farovonligida ijtimoiy tenglik tamoyili juda muhim oʻrin tutadi. Bu tamoyil aholining turli qatlamlariga berilgan iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlar keskin farq qilmasligi kerakligini taʼkidlaydi. Hatto oʻta kapitalistlashgan jamiyatlarda ham daromadlar aholining turli qatlamlari oʻrtasida nisbatan teng taqsimlanishiga qaratilgan siyosat olib boriladi.


Tenglik prinsipi asosida odamlarning adolat haqidagi qarashlari yotadi. Falsafada adolatga ikki xil qarash boʻlib, biri hamma boylik va imkoniyatlar hammaga teng taqsimlanishi kerak deydi (bu taqsimiy yoki distribyutiv adolat deb ataladi), ikkinchisi boylik va imkoniyatlar har kimning qilgan mehnati va yutuqlariga qarab boʻlinishi kerak deydi (bu hissaviy yoki kontribyutiv adolat deb ataladi). Bu ikki yondashuv juda keskin boʻlib, ularning biriga amal qilgan jamiyat tezda ichki muammolar yukidan aziyat cheka boshlaydi va tanazzulga uchraydi.
Distribtyutiv adolat tarafdorlari hamma mutlaqo teng boʻlgan jamiyat va shunga monand iqtisodiy tuzum yaratishga intiladilar. Sovetlar qurgan davlat ana shu tamoyilga asoslangan boʻlib, mafkuraga koʻra unda daromadlar ham, imkoniyatlar ham har kimga teng berilishi, jamiyatda boy va kambagʻallar, savodli va savodsizlar boʻlmasligi kerak. Bu yondashuvning afzalligi juda koʻp: har kim qonun oldida barobarligi, har kim bepul taʼlim va tibbiy yordam olishi kabi qadriyatlar aynan shu falsafaga asoslangan. Ammo distribyutiv adolat jiddiy bir muammoni ham keltirib chiqaradi: umumiy manfaatlardan hamma bilan teng ulush olgan odam hech narsaga intilmay qoʻyadi, oʻz mehnati samaradorligini oshirmaydi. Bunday muhitda odam hech nima qilmasa ham, hamma qatori jamiyat neʼmatlaridan bahramand boʻlaveradi. Va aksincha – koʻp mehnat qilgan va jamiyatga koʻp foyda keltirgan odam ham undan kamroq harakat qilganlar qatori ulush oladi. Natijada jamiyatda yangilikka intilish, ilm-fan va texnologiyani rivojlantirish orqaga ketadi. Jamiyat oʻsishdan toʻxtaydi.
Bu muammoni kontribyutiv adolat prinsipi hal qiladi: u har kimga uning mehnati va umumiy farovonlikka qoʻshgan hissasiga qarab ulush berish kerakligini targʻib qiladi. Bu yondashuv ham kuchli fazilatlarga ega: intiluvchan yoshlarga ragʻbat berish, yaxshi mehnatni mukofotlash kabi qadriyatlar shu falsafaga asoslangan. Ammo bu yondashuvda ham bir yaqqol kamchilik bor: u jamiyatda sinflar paydo boʻlishiga, bu sinflar bir-biridan keskin uzoqlashishiga va dushmanlashishiga olib keladi. Bu yondashuvning asosiy quroli raqobat boʻlib, odamlarga hech bir qoidasiz ochiq raqobat qilishga qoʻyib berilsa, ular meʼyorni bilmaydilar. Bunday muhitda boyning bolasi hech bir isteʼdodga ega boʻlmasa ham, bilim olish uchun barcha imkoniyat va sharoitga ega boʻladi, kambagʻal bolasi esa kuchli isteʼdodi boʻlsa ham, bilim olish imkoniyatida keskin cheklangan boʻladi. Natijada boy tabaqa avlodlar osha boyligicha – nochorlar nochorligicha qoladi.
Jamiyat muvozanatda boʻlishi va farovon yashashi uchun, shu ikki tamoyil uygʻunlikda ishlashi lozim. Bunda eng asosiy eʼtiborni shunga qaratish kerakki, daromadlar taqsimlanishida kontribyutiv adolat tamoyiliga amal qilinsa, imkoniyatlar taqsimlanishida distribyutiv adolat tamoyiliga amal qilish kerak
Daromadlar taqsimlanishida har kim oʻz mehnati va umumiy farovonlikka qoʻshgan hissasiga qarab ulush olishi kerak. Shunda oʻz iqtidorini oʻstirgan, mehnatdan qochmagan, jamiyatga iqtisodiy naf keltirgan odam shu harakatlariga monand ragʻbat oladi. Aʼlo oʻqigan oʻquvchi va talabani odil ragʻbatlantirish, yaxshi ishlagan xodimni mukofotlash kerak. Bunday muhitda olimlarda yangiliklar yaratishga, ijodkorlarda yaxshiroq ijod qilishga, tadbirkorda mahsulot va xizmat sifatini yaxshilashga intilish kuchli boʻladi. Iqtisodning barcha sohasi jadal rivojlanadi.
Shu bilan birga, har kimga teng imkoniyatlar berilishi kerak. Yashash, sogʻlom boʻlish, bilim olish, oʻz iqtidorini rivojlantirish oʻzi sevgan kasbda mehnat qilish uchun shart-sharoit va imkoniyatlar distribyutiv adolat prinsipiga koʻra taqsimlanishi lozim. Qonun har kimning shaxsiy va tijorat huquqlarini bir xil himoya qilishi lozim, har qanday yangi biznes egasi ham oʻz ishini qonuniy yuritish va oʻsish uchun boshqalar bilan teng imkoniyatga ega boʻlishi darkor. Maktablar hamma oʻquvchiga bir xil taʼlim berishi, shifoxona hamma bemorga bir xil qarashi kerak. Shunda astoydil bilim olib, mehnat qilishga tayyor quyi qatlam vakillari ham oʻz hayotlarini yaxshilay oladilar.

Xoʻsh, bugun mamlakatimizda ijtimoiy tenglik masalasi qanday ahvolda? Bunday savolga sovuqqon turib javob bera oladigan sergak odamlar kam. Har birimiz jamiyatimizdagi turli nuqsonlarga qarab, adolat har doim ham oʻz soʻzini aytmasligini tan olishga majburmiz. Bugunga kelib, distribyutiv va kontribyutiv adolatni uygʻunlikda ishlatishda qisman yutuqqa erishdik. Ammo hal qilinishi kerak boʻlgan muammolar hali bisyor. Quyidagi jadvalda ijtimoiy tengsizlik boʻyicha Oʻzbekiston, ikki qoʻshni mamlakat, shuningdek Yevropa va Oʻrta Osiyo uchun oʻrtacha koʻrsatkichlar keltirilgan:



Mamlakat/Hudud

Inson tengsizligi koeffitsienti (%)

Sogʻlikni saqlashdagi tengsizlik (%)

Taʼlimdagi tengsizlik (%)

Daromaddagi tengsizlik (%)

Oʻzbekiston

15.3

24.3

1.4

20.1

Qirgʻiziston

12.1

13.6

5.0

17.7

Tojikiston

14.9

23.2

6.5

15.0

Yevropa va O’rta Osiyo

12.6

13.2

7.9

16.7

Jadvaldagi “Inson tengsizligi koeffitsienti” jamiyatdagi umumiy tengsizlik darajasini (foizda) koʻrsatadi. Bu umumiy daraja sogʻlikni saqlashdagi tengsizlik, taʼlimdagi tengsizlik va daromaddagi tengsizlik boʻyicha foizlarning arifmetik oʻrtachasidir. Har bir koʻrsatkich uchun foiz qancha katta boʻlsa, shu yoʻnalishdagi tengsizlik shuncha katta ekanini bildiradi.


Qirgʻiziston, Tojikiston va Yevropa/Oʻrta Osiyo uchun foizlar taqqoslash uchun berilgan. Biz eʼtiborimizni Oʻzbekistondagi foizlarga qaratamiz. Eng yomon koʻrsatkich (24.3%) sogʻlikni saqlashdagi tengsizlik darajasi boʻlib, u aholining turli qatlami tibbiy yordam olishda teng emasligini anglatadi. Shu boisdan ham bugun hukumat va prezident bu sohaga alohida eʼtibor qaratmoqda. Taʼlim sohasida tengsizlik juda past (1.4%): demak, taʼlim sohasida aholining har turli qatlamidan vakillar nisbatan teng imkoniyatga egalar. Daromadlar ham tengsiz taqsimlangan (20.1%), yaʼni boylar va kambagʻallar oʻrtasidagi farq yetarlicha katta.
Jamiyatimizda imkoniyatlar teng taqsimlangan deyish qiyin. Albatta, taʼlim sohasida tengsizlik juda kam, lekin sogʻlikni saqlash va boshqa sohalarda jiddiy farqlar bor. Bu tengsizlikni bartaraf etmasdan distribyutiv adolatga erishib boʻlmaydi.
Daromadlar tengsiz taqsimlangani odamlar mehnatiga qarab boylikka ega boʻlyapti degan xulosa berishi mumkin. Lekin bu koʻrsatkich faqatgina yuqori qatlam vakillari daromadi quyi qatlam vakillaridan qanchalik farq qilishini anglatadi. Jamiyatimizda jonkuyarlar oʻz mehnatiga monand daromad olmaydigan holatlar juda koʻp. Ularga eng yaxshi misol – xususiy tadbirkorlardir. Ularga erkin faoliyat yuritishga imkon berilsa, ularning daromadiga asossiz sheriklik qilinmasa, ular mamlakat iqtisodini jadal yaxshilay oladilar. Prezidentning tadbirkorni qoʻllash va himoya qilish haqidagi talablari asosida shu haqiqat turgandir, balki.
Ammo hukumat qancha harakat qilmasin, xalq yordamisiz jamiyatni isloh qila olmaydi. Bu oʻzgarishlar roʻy berishi uchun har birimizdan yordam talab etiladi. Adolat tamoyillari haqida biz bilishimiz, tushunishimiz va shu tamoyillarga amal qilishga intilishimiz lozim. Kuchli ijtimoiy tengsizlik qanday oqibatlarga olib kelishi, qayerda har kim oʻz mehnatiga qarab mukofotlanishi kerag-u, qayerda har kimga teng imkoniyat berilishi kerakligini biz bilishimiz kerak. Rejaga qoʻyilgan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar faqat aholi iqtisodiy madaniyati oshsa – odamlar iqtisod qanday ishlashini bilsa va shunga monand harakat qilsagina amalga oshadi. Koʻp narsa bizlarga bogʻliq. 8
Ijtimoiy tenglik xalqaro bitimlarda ham belgilab qo’yilgan.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambeliyasi 1966-yil qabul qilgan paktlar bunga yaqqol misol.Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida xalqaro pakt hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida xalqaro paktdan iborat. Ular xalqaro shartnoma kuchiga ega boʻlib, davlatlarning oʻz yurisdiksiyasida boʻlgan shaxslarga muayyan huquklarni berish yuzasidan majburiyatlarini belgilaydi, Inson huquqlari to’g’risidagi paktga qoʻshilgan har bir davlat tomonidan tegishli qonun va boshqa tadbirlarni joriy etish orqali amalga oshiriladi. Ushbu paktda xalqlarning oʻz taqdirini oʻzi belgilash va shu bilan boglik holda tabiiy boyliklarini oʻzi erkin ravishda tasarruf etish huquqi taʼkidlangan. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalardagi huquqlar, jumladan, mehnat qilish huquqi, dam olish huquqi, yetarli turmush darajasiga erishish va yashash sharoitini uzluksiz yaxshilab borish huquqi, ijtimoiy va boshlangʻich bepul taʼlim olish huquqi, madaniy hayotda qatnashish va ilmiy ta-raqqiyot samaralaridan bahramand boʻlish huquqi va b. koʻzda tutilgan. Shuningdek, fuqarolik va siyosiy huquklar, avvalo, har bir inson yashash huquqiga ega ekanligi koʻrsatilib, hech kim qullikda, zabunlikda tutilmasligi, qiynoqlarga solinmasligi, xoʻrlanmasligi, shafqatsiz muomalaga duchor qilinmasligi zarur, degan talablar olgʻa surilgan. Erkinlik va daxlsizlik huquqi; qonun va sud oldida tenglik; jinoiy va fuqarolik sud ishlarini yuritish kafolati; oʻzboshimchalik bilan va qonunga xilof ravishda shaxsiy va oilaviy turmushga aralashmaslik; turar joy daxlsizligi; yozishma siri; inson shaʼni va ob-roʻsiga qonunsiz tarzda tajovuz qil-maslik; fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqi; tinch yigʻilishlar oʻtkazish va uyushma tuzish erkinligi xuquqi; ham bevosita, ham erkin saylangan vakillar orqali davlat ishlarini yuritishda qatnashish; ovoz berish va saylanish huquqi; hech bir moneliksiz oʻz fikrida turish huquqi kabilar ham Inson huquqlari to’g’risidagi paktda eʼtiborga olingan.9
Ushbu pakt Nyu-York shahrida 1966-yil 16-dekabr kuni qabul qilingan va 1976-yil 3 yanvar kuni kuchga kirgan.
Bugungi kunda Xalqaro paktga aʼzo davlatlar soni – 171 ta.Xalqaro paktni imzolagan, lekin ratifikatsiya qilmagan davlatlar soni – 4 ta.
Oʻzbekiston Respublikasi mazkur Xalqaro paktga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 31-avgustdagi 126-I-sonli “1966-yil 16-dekabrdagi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktga qoʻshilish haqida»gi qaroriga10 asosan qoʻshilgan.Xalqaro pakt Oʻzbekiston Respublikasi uchun 1995-yil 28-dekabrdan kuchga kirgan.Xalqaro paktda 31 moddadan iborat boʻlib, unda quyidagi asosiy normalar belgilangan:

Download 76.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling