О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi toshkent davlat transport universiteti «Ijtimoiy fanlar»


Mehnatga oid munosabatlarda kamsitishning taqiqlanishi


Download 76.13 Kb.
bet6/19
Sana03.05.2023
Hajmi76.13 Kb.
#1423528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
IJTIMOIY VA HUQUQIY TENGLIK

Mehnatga oid munosabatlarda kamsitishning taqiqlanishi
Barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi.
Mehnat sohasida mehnatning muayyan turiga xos bo‘lgan talablar yoki davlatning yuqoriroq ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar (ayollar, voyaga yetmaganlar, nogironlar va boshqalar) to‘g‘risidagi alohida g‘amxo‘rligi bilan bog‘liq farqlashlar kamsitish deb hisoblanmaydi.
Mehnat sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni to‘lash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.17/18

Majburiy mehnatning taqiqlanishi

Majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali (shu jumladan mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida) ish bajarishga majburlash taqiqlanadi.


Quyidagi ishlar, ya’ni:
harbiy yoki muqobil xizmat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida;
favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda;
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan;
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi.19

Mehnat huquqlarini himoya qilish
Har bir shaxsning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlanadi, bu himoya mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilinishini tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.20

Dam olish huquqi

Har bir inson sarflagan kuch-g‘ayratini, aqlini, albatta, qayta tiklashi, yangi mehnat faoliyatini boshlaganda (jismoniy, aqliy) yetarli ish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun har bir kishi ma’lum vaqtda dam olishi kerak. Shuning uchun dam olishga bo‘lgan huquq ham konstitutsiyaviy darajada mustahkamlangan.21 Konstitutsiyaning 38-moddasida “Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi”, – deb belgilangan.22 Konstitutsiya normasi mazmuniga e’tibor bersak, dam olish huquqi avvalo ish vaqtiga mehnat faoliyatiga bog‘liqligini ko‘ramiz. Turli toifadagi mehnat qiluvchilarning ish hajmi, mehnat sharoiti, jismoniy yoki aqliy mehnat faoliyati turlariga qarab bir ish kuni tugagandan keyingi ish kuni boshlanguncha bo‘lgan vaqt fuqarolarining o‘z ixtiyorida bo‘lib, shu paytda ular xohlagancha dam oladi. Hafta tugashi bilan ham ayrim sohalarda bir kunlik, ayrim sohalarda ikki kunlik dam olish belgilanadi.

Mehnat qiluvchilar mehnat kuni, mehnat staji, mehnat sharoitlari hisobga olingan holda yillik ta’til (dam olish) olish huquqiga ega. Bu dam olish huquqining yana bir muhim xususiyati unga haq to‘lanadi. Xodim qonunda belgilangan muddatda mehnat ta’tilida bo‘lib, dam olayotganda shu muddatga haq oladi. Ish vaqti, dam olish vaqti muddatlari, mehnat ta’tiliga haq to‘lash mehnat qonunchiligi asosida amalga oshiriladi. Qonunchilikda kimlar, qayerda qancha ishlashi, qancha muddatdagi ta’tilga chiqishi, unga qancha haq to‘lanishi belgilangan. Ayrim toifadagi xodimlarga umumiy belgilangan ish vaqtidan boshqacharoq vaqt miqdorlari belgilangan. 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga haftasiga 36 soatdan, I va II guruh nogironlari bo‘lgan xodimlarga ham haftasiga 36 soatdan oshmagan ish haftasi belgilanadi. Zararli ish joylarida ishlovchi hamda 3 yoshgacha farzandi bo‘lgan xodimlarning ham ish vaqti qisqartirilgan holda belgilanadi. Pedagog xodimlarning ham ish haftasi qisqartirilgandir. Mehnat ta’tillari ham turli toifadagi va yoshdagi xodimlar uchun turlicha belgilangan bo‘lib ular 24 kundan 48 kungacha bo‘lishi mumkin. Mamlakatimizda turli sanalar, voqealar bilan bog‘liq kunlar bayram deb e’lon qilinib, dam olish kuni hisoblangan. 1 yanvar – Yangi yil, 8 mart – Xotin-qizlar kuni, 21 Mart – Navro‘z bayrami, 9 may – Xotira va qadrlash kuni, 1 sentabr – Mustaqillik kuni, 1 Oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni, 8 dekabr – Konstitutsiya kuni, Ro‘za va Qurbon hayiti diniy bayramlarining birinchi kunlari dam olish kuni hisoblanadi. Bularning barchasi fuqarolarning dam olish huquqi ro‘yobga chiqqanligidir.23

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining VIII bobi dam olish huquqiga bag’ishlangan .Ushbu bobda



Download 76.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling