О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi toshkent davlat transport universiteti «Ijtimoiy fanlar»


xalqlarning oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqi (1-modda)


Download 76.13 Kb.
bet4/19
Sana03.05.2023
Hajmi76.13 Kb.
#1423528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
IJTIMOIY VA HUQUQIY TENGLIK

xalqlarning oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqi (1-modda);
mehnat qilish huquqi (6-modda);
adolatli va qulay mehnat sharoitlarida ishlash huquqi(7-modda);
kasaba uyushmalarini tashkil yetish va ish tashlash huquqi(8-modda).
ijtimoiy taʼminot huquqi (9-modda);
oila, onalik va bolalikni himoya qilish (10-modda);
yetarli darajada turmush darajasiga boʻlgan huquq (uy-joy va oziq-ovqatga boʻlgan huquq) (11-modda);
jismoniy va ruhiy salomatlikning eng yuqori darajasiga yetish huquqi (12-modda);
taʼlim olish huquqi (13-modda);
majburiy bepul umum taʼlim boshlangʻich taʼlimini joriy etish (14-modda);
madaniy hayotda ishtirok etish, ilmiy taraqqiyot natijalaridan foydalanish va oʻz ijodi bilan bogʻliq manfaatlarni himoya qilish huquqi (15-modda).11\12
Xalqaro paktning aʼzo davlatlar tomonidan bajarilishi boʻyicha monitoringni BMTning Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar boʻyicha qoʻmitasi amalga oshiradi.13
Ijtimoiy tenglik O’zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligida ham belgilab qo’yilgan.Fuqarolarning normal hayot kechirishi, tabiiy va ma’naviy boyliklardan foydalanishi, bilim olishi, mehnat qilishi, sog‘lig‘ini saqlashi uchun tegishli imkoniyatlar bo‘lishi shart. Bu imkoniyatlar davlat tomonidan yaratiladi va ulardan foydalanish uchun qonun doirasida huquqlar o‘rnatiladi. Bunday huquqlarning asosiylari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilanadi. Fuqarolarning mulkka egalik qilish, mehnat qilish, dam olish, nafaqa olish, tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish, ilmiy va texnikaviy yutuqlardan foydalanish kabilarga bo‘lgan huquqlari “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” deb belgilangan. Bu huquqlar davlat tomonidan o‘rnatilib, davlatning iqtisodiy qudrati oshib borishi, imkoniyatlarining kengayishi natijasida kengayib boradi. Bu huquqlardan foydalanish orqali fuqarolar o‘z yashash sharoitini o‘zi ta’minlaydi. Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IX bobi “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” deb atalib, uning alohida moddalarida belgilangan qoidalar, fuqarolarning turmush tarzi normal bo‘lishini ko‘zda tutadi.14

O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida belgilangan iqtisodiy-ijtimoiy huquqlar quydagilar :

Mulk huquqi (36-modda)
Mehnat qilish huquqi(37-modda)
Dam olish huquqi(38-modda)
Ijtimoiy taminot huquqi(39-modda)
Malakali tibbiy yordam olish huquqi(40-modda)
Bilim olish huquqi(41-modda)
Ilmiy va texnik ijod erkinligi (42-modda)

O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan iqtisodiy-ijtimoiy huquqlar doirasi, qo‘llanish tarzi hech qanday demokratik davlatlardan kam emas va belgilangan qoidalar xalqaro hujjat normalariga va ularda belgilangan talablarga mosdir. O‘zbekiston fuqarolari uchun belgilangan ayrim iqtisodiy huquqlar, O‘zbekistonning demokratik yo‘ldan borayotganligi, jahon tajribasiga tayanish, bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat qurish maqsadining haqiqiy isbotini ko‘rsatadi. Masalan, “Mulkdor bo‘lish huquqi”. Ayrim iqtisodiy huquqlar esa, yuqoridagi holatlarga asosan yangicha mazmunda, sharoitga mos ravishda talqin qilindi. Masalan, “Mehnat qilish huquqi” Sobiq tuzum davrida ham “Mehnat qilish huquqi” bo‘lsa-da, albatta, mehnat qilish burch sifatida ham belgilab qo‘yilgan edi. Bu erkin mehnat qilish tamoyiliga zid edi.Mustaqillik davrida Konstitutsiyada belgilangan iqtisodiy-ijtimoiy huquqlardan foydalanish natijasida fuqarolar o‘z hayotini o‘zi xohlagancha qurish, moddiy ne’matlardan foydalanish imkoniyatlari kengayib bormoqda15




Download 76.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling