O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
Kon boshqarmalari.
Qalmoqir koni. 20-yillarning o’rtalarida ochilgan. Kon Olmaliq shahridan 2-3 km sharqiy tomonda, Olmaliq tog’-konchilik rayoni oralig’ida joylashgan. Asosiy ma’dantosh joylashadigan jinslari: siyenit-diorit, diorit va siyenit, shtok bilan yozilgan granodiorit-porfirlar. Rudali mineralizatsiya shtok ekzokontaktida to’plangan va siyenit-dioritli majmua jinslarida lokalizatsiyalanadi. Grani-diorit-porfirlar tarkibida deyarli ma’dantosh bo’lmaydi. Rejada rudali shtokverk, 1,8 km enida 3,5 km.ga shimoliy-g’arbda yo’nalishda cho’zilgan.Chuqurlik-ka rudalanish 1,2 km gacha kuzatiladi. Konda ikkita tabiat turidagi: oksidlangan va sulfidli rudalar ajratiladi, birinchisi deyarli to’liq ishlab bo’lingan. Dastlabki sulfidlangan ma’danlar 150 tadan ko’proq mineral bilan ifodalangan: xal’kopirit, pirit, xal’kozin va pirit bilan qisman kristall panjarasi bog’langan sof holda oz qismi bo’ladi. Qolgan barcha yo’ldosh komponentlar: oltingugurt, selen va tellur ham ko’rsatilgan mineral bilan bog’langan, faqatgina molibden ajratib olinadigan reniy asosiy qismi molibdenit bilan bog’langan. Qalmoqir konining sulfidlangan ma’danlari yengil boyituvchi mis ajratib olish 75 dan 80% va undan ortiq. Kon 1954 yildan buyon kar’yer sifatida ishlab turibdi. Hozirgi vaqtda kar’yerning ishlab turishi kombinatsiyalangan usulda amalga oshiriladi. Pastki gorizontlari-temir yo’lga qayta ortish bilan avtomobil transportida, ustkilari-temir yo’l transporti bilan. Ruda boyitish fabrikasiga temir yo’l dumpkarlarida 8 km.gacha bo’lgan uzoqlikda yetkazib beriladi. Qoplamalar jinslari temir yo’l transportida ag’darmaga olib chiqib tashlanadi. 23 Karyer va ag’darmada 23 ta ekskavator, 15 ta parmalash dastgohlari ishlamoqda. Karyerning o’lchamlari: uzunligi - 2,3 km, kengligi - 2 km, nisbiy chuqurligi - 0,4 km. Ma’dan bo’yicha loyihaviy yillik unumdorligi 0,2% mis chegara tarkibi - 34 mln tonnani tashkil qiladi. Qalmoqir koni ma’dantosh shtok verki shimoliy-g’arbiy yo’nalishida 4,1 km cho’zilgan ellips ko’rinishli shaklga ega. Uning maksimal eni 1,7 km, misli ma’danlanishning tarqalish chuqurligi 850 metrga yetadi. Nisbiy boy bo’lmagan shtokverkli turdagi paysimon-sachratma mis ma’dantoshlarning molibden va oltin bilan yirik to’planishi siyenit-diorit, dioritlarning intruziya-monsonit qatorga to’g’rilangan va borliq jihatdan granodiorit-porfirlar, shtoklari bilan bog’liq. Konning ma’dantoshli shtokverki yirik o’lchovlar bilan farq qiladi: uzunligi 4,1 km, eniga 1,7 km.gacha Konning rudalashuvi majmuiy hisoblanadi. Mis va yo’ldosh komponentlarning shtokverk oralig’ida taqsimlanishi notekis. Qolmaqir koni ma’dantoshlarining sanoatdagi asosiy boyligi oltin va mis hisoblanadi, ma’dantoshning qimmatbaholigiga kumush, molibden, oltingugurt, selen, tellur, reniy katta ta’sir ko’rsatadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling