O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

Angren KB.Qizil Olma koni. Qizil olma koni Olmaliq shahridan 48 km uzoqlikda 
Ohangaron tumani hududida joylashgan.Konnig geologik tuzilishi murakkab. Asosiy 
foydali komponentlar - oltin va kumush bo'lib,ko'proq sof holda uchraydi. Zararli 
aralashmalar yo'q.Ko'chbuloq va Oltin Olma konlarida qazib olinayotgan ma'dantoshlar 
Angren oltin ajratib olish fabrikasida qayta ishlanadi, flotokonsentrat kombinatning mis 
eritish zavodiga yana qayta ishlash uchun yetkazilib beriladi.Yer osti usulida ishlab 
chiqariladi. 
Zahira ta'minoti 50 yil.
Chodak KB 
Pirmirob koni. 
Pirmirob koni Olmaliq shahridan 162 km uzoqlikda, Namangan viloyati Pop nohiyasi 
hududida joylashgan. 
Kon paysimon turga kirib, sanoat boyligi - oltin va kumushdir. 
Qazib olish yer osti usulida olib boriladi. 


24 
Zahiralar bilan ta’minlanishi 2 yil. 
Kovuldi koni 
Oltin ma’dantosh koni Toshkent viloyati Pskent nohiyasi hududida, Olmaliq 
shahridan 11 km uzoqlikda janubiy-g’arbda joylashgan. 
Kovuldi konining geologik tuzilishi qiyosiy soddaligi bilan ajralib turadi. 
Mineralizatsiyalash turi bo’yicha Kovuldi koni kvars-oltinrudali formatsiyaga kiradi. 
1977 yil ishga tushirilgan. Ishlab berish yer osti usulida olib boriladi. Qazib olinadigan 
ma’dantoshlar, kombinat mis eritish zavodida nordon flyuslar sifatida ishlatiladi. 
Zahiralar bilan ta’minlanishi - 14 yil. 
Uch-Quloch koni 
Birinchi bor kon 1930 yilda tilga olingan. Kon Jizzax viloyatida, Olmaliq 
shahridan 320 km janubiy-g’arb tomonida joylashgan.
Uch-Quloch qo’rg’oshin-rux koni strat shaklidagi qo’rg’oshin-rux konlariga xos 
namuna va eksgalyatsion-quyqadan hosil bo’lgan (pnevmotolit-gidrotermal) genezisga 
ega. Ma’dantoshlarning mineral tarkibi anchagina sodda. Ma’dantoshlar galenit, sfalerit 
va baritdan iborat. Ma’dantoshlardan qo’rg’oshin, rux, barit, oltingugurt, kumush, 
kadmiy kabi foydali komponentlar ajratib olinadi. Uch-Quloch koni 1983 yildan buyon 
ochiq usulda ishlab bermoqda. Zahiralarning bir qismi yer osti usulida ishlab berishi 
ko’zda tutilgan. Buning uchun uchta stvol o’tgan va qiya pastga tushadigan yo’l 
qurilishi boshlangan. Hozirgi vaqtda barcha ishlar to’xtatib qo’yilgan. Konni ishlab 
berishi uchun 4 ming aholi ucun mo’ljallangan qo’rg’on, maktab, bolalar bog’chasi, 
kasalxona majmuasi qurilgan.
Zahiralar bilan ta’minlanganligi 45-50 yil. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling