O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
Angren oltin ajratib olish fabrikasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
Angren oltin ajratib olish fabrikasi.
Fabrikaning asosiy texnologik jarayonlari quyidagilar hisoblanadi: - 0,074 mm klassidagi 80% gacha ma’dantoshni ikki bosqichda maydalash; - bir bosqichli maydalash pul’pasining klassifikatsiyasi; - o’tkazish mashinalarida klassifikatsiyalash qumlarini boyitish. Ko’chirish konsentrati, bitta tayyor gravitatsion konsentrat olish uchun gravitatsion stollarda qayta tozalanadi. 2 - tayyor gravitatsion konsentrat olish bilan gravitatsion stollarda olingan konsentratni keyinchalik qayta tozalash orqali vintli apparatlarda 2 - bosqich maydalash mahsulotini boyitish. Gravitatsion boyitish va klassifikatsiyalangandan so’ng, pul’pa tayyor flotatsion mahsulot olinishi orqali flotatsiyalanadi. Olingan konsentratlar (gravitatsion va flotatsion) oltin va kumush olish maqsadida Olmaliq shahridagi Mis eritish zavodiga jo’natiladi. Chiqindi omborlari 1974 yilda qurilgan va OAF sanoat maydonidan 3,1 km uzoqlikda joylashgan. Chiqindi omborining dastlabki sig’imi 3,2 mln. m3, to’sib turuvchi to’g’onning balandligi 55,0 m (belg. 957 m) qirrasi bo’yicha eni 6 metr. Pul’pa fabrikadan chiqindi omborigacha 4 ta pul’pa nasos stansiyalari yordamida po’lat truboo’tkazgichlarning (1 ishchi, 2 zahiradagi) uchta ipi bo’yicha olib boriladi. 1989 yilda chiqindi xo’jaligini qayta qurollantirish amalga oshirildi - beshinchi pul’pa nasos stansiyasi qurilgan va 21 m to’g’on bitirildi (978 m. belg. gacha), bunda chiqindi ombori 6,8 mln.m3 gacha ortdi. Chiqindi omborining mavjud quvvati to’liq ishlanmagan ma’dantoshning oshirilgan hajmini hisobga olgan holda 2008-2009 y.y. gacha chiqindilarning joylashtirilishini ta’minlaydi. Ushbu muddatga qo’rg’onni bitirish bo’yicha barcha qurilish ishlari tugatilgan bo’lishi shart. Chodak oltin ajratib olish fabrikasi. Chodak oltin saralash fabrikasi yiliga 180 ming tonna loyihaviy quvvatga ega, 1970 yilda ishga tushirilgan. Fabrikada Pirmirob va Guzaksoy konlarining oltintarkibli ma’dantoshlari qayta ishlanadi. Texnologik sxemasi uch stadiyali bo’lish, maydalash va ma’danlarni klassifikatsiyalash, gidrosiklon navning quyuqlashuvi, quyuqlashtirilgan mahsulotni tsiyanlashuvi, 27 fil’trlash, ruxga quyqalash, tayyor sanoat mahsulotini quritish va affinajli ishlab chiqarishda qayta ishlash. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling