O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

 
Boyitish majmuasi 
Mis boyitish fabrikasi. Fabrika 1961 yilda Qalmoqir va Sariq Cho’qqi konlarining 
mis-molibden ma’dantoshlarini qayta ishlash uchun ishga tushirilgan. Fabrikaning 
ma’dantoshni qayta ishlash bo’yicha 29 mln.t/yil ishlab chiqarish quvvatiga ega. 
Fabrika tarkibida ikkita maydalash bo’linmasi mavjud: 


25 
1. Har biri yiliga 10 mln.tn. ma’dantosh ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan 
uchta konussimon maydalash mashinasidan iborat bo’lgan yirik maydalash bo’linmasi; 
2. Yiliga 29 mln.tn. ma’dantosh ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan 34 dona 
o’rtacha va mayday maydalash mashinalariga ega bo’lgan mayda va o’rtacha maydalash 
bo’linmasi.Fabrikaning bosh binosida eskirish darajasi 30%, 3,6 x 4,0; 3,6 x 5,0 va 4,5 x 
6,0 m.kattalikdagi tegirmonlar bilan jihozlangan, yiliga 2,9-3,0 mln.tn. ishlab chiqarish 
quvvatiga ega bo’lgan 10 texnologik seksiya, shuningdek, kameralarning sig’imi 6,3 3; 
12,5 3; 16,0 3 bo’lgan flotatsion mashinalar mavjud. Flotatsion boyitish natijasida 
asosiy binoda olinadigan kollettivli konsentrat seleksion flotatsiyaga yuborilib, unda mis 
konsentrati va molibden sanoat mahsuloti chiqariladi. Mis konsentrati suvsizlantirilib va 
quritib bo’lingandan so’ng mis zavodiga yuboriladi. Molibden mahsuloti Chirchiq qiyin 
eriydigan va issiqqa chidamli metallar zavodiga jo’natiladi.Fabrikaning chiqindilari 
gidrotransport yordamida, fabrikadan 12 km uzoqlikda joylashgan chiqindilar omboriga 
yuboriladi. 
Qo’rg’oshin-rux boyitish fabrikasi.Yiliga 4,0 mln.tn. ma’dan ishlab chiqarish 
quvvatiga ega bo’lgan Qo’rgћoshin-rux boyitish fabrikasi 1954 yilda ishga tu’shirildi. 
1998 yilgacha fabrika Qo’rg’oshinkon, Oltin-Topkan va Uch-Quloch konlari 
qo’rg’oshin-rux ma’dantoshlarini qayita ishlab kelgan. Fabrika flotatsiyalashning 
kollektiv-selektiv sxemasi bo’yicha ishlaydi va ushbu jarayonda rux va qo’rg’oshin 
konsentratlari olinadi. Rux konsentrati “Olmaliq TMK” OAJ rux zavodiga, qo’rg’oshin 
konsentrati esa Chimkent shahriga (Qozog’iston) qayta ishlash uchun jo’natilgan. 
1998 yildan fabrika Sariq-Cho’qqi mis-molibden ma’danlarini qayita ishlashga o’tdi. 
Hozirgi vaqtda Sariq-Cho’qqi ma’danlari bilan bir qatorda kombinat mis eritish ishlab 
chiqarishi ag’darma shlaklarini qayta ishlaydi. Majmuaviy mis-molibden konsentrati 
mis konsentrati va molibden sanoat mahsuloti olish maqsadida seleksiyalash uchun mis 
boyitish fabrikasiga joћnatiladi, mis konsentrati esa mis eritish zavodiga 
jo’natiladi.Fabrika tarkibiga maydalash sexi, reagent bo’linmasi, maydalash va flotasiya 
sexi, konsentratni suvsizlantirish uchastkasi va chiqindi saqlash ombori kiradi. 
Ag’darma chiqindilar fabrikadan 12 km masofada joylashgan chiqindi saqlash omboriga 
joylashtiriladii. 


26 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling