O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

2.10. Konsentratsion stolda boyitish 
Konsentratsion stolda boyitish - mayda donachali mahsulotni gravitatsion usulda 
boyitishning eng ko‘p tarqalgan usuli. Konsentratsion stollar qalayli, volframli, 
kamyob metallli, oltinli va boshqa rudalarni boyitishda keng qo‘llaniladi. 
Konsentratsion stolda boyitishmineral zarrachalarning zichligi va o‘lchamidagi 
farqqa qarab qiya tekislik bo‘ylab harakatlanayotgan suv oqimi yordamida ajratishga 
asoslangan. Konsentratsionstolda samarali boyitishning eng asosiy sharti - rudani 
gidravlik klassifikatorlarda teng tushuvchi zarrachali sinflarga ajratishdir. 


79 
SKM - 1 A markali konsentratsionstol trapetsiya shaklidagi yassi yuzadan iborat - 
bu yuza deka deyiladi. Deka romb yoki parallelogramma shaklida ham bo‘lishi 
mumkin. Deka yog‘ochdan yoki alyuminiydan tayyorlanib, ustidan linoleum, rezina, 
poliuretan va h.k. material bilan qoplanadi. Ular shuningdek, stekloplastdan ham 
tayyorlanadi. Dekaning yuzasida ingichka va uzun plankalar o‘rnatiladi. Bu plankalar 
yog‘och yoki rezinadan tayyorlanadi. Plankalarning uzo‘nligi va balandligi mahsulot 
beriluvchi tomonga qarab kamayib boradi.
Konsentratsion 
stol unga ko‘ndalang o‘qi bo‘ylab yoki romb va 
parallelogrammaning diogonali bo‘ylab qaytarma-ilgarilama yo‘nalishda harakat 
beruvchi uzatmaga ulanadi. Deka tirsakli richagga mahkamlangan gildirakchali 
rolikka (konki) tayanadi. Mahsulot beriluvchi tarafda joylashgan uchta tirsakli richagni 
tyaga birlashtirib turadi. 
Maxovik orqali stol yuzasiga uning harakatlanish yo‘nalishiga perpendikulyar 
ravishda uncha katta bo‘lmagan qiyalik berilishi mumkin. 
Stolning 
uzatmasi 
elektrodvigatel, 
tasmali 
uzatma, 
richagli-ekstsentrik 
mexanizmdan iborat bo‘lib, stol dekasi bilan tyaga orqali ulanadi. 
Dekaning mahsulot berilish tomonga yurish vaqtida (zadniy xod) dekaning tirgak va 
tayanchi orasida o‘rnatilgan prujina siqiladi, buning teskarisida esa (peredniy xod) 
prujina yoziladi va dekani oldinga itaradi. Prujinaning siqilish darajasi gayka bilan 
boshqariladi. 
Stol ishlayotgan paytda deka notekisharakatlanadi. Deka oldinga harakatlanganda 
uning tezligi asta-sekin ortadi, yurishning oxirida maksimumga yetadi, keyin esa 0 
gacha keskin kamayadi. 
Deka orqaga harakatlanayotganda uning tezligi maksimalgacha keskin ortadi, keyin 
esa sekin 0 gacha kamayadi. 


80 
2.8-rasm.Sanoatda ishlatiladigan Kontsentratsion stol 
Dastlabki mahsulot butana holida mahsulotni yo‘qlash qutisiga beriladi. Suv esa 
yuqoridagi ariqchaga berilib, aylanuvchi parrakchalar orqali dekaning yuzasida 
tarqaladi. Mineral zarrachalar aralashmasining stol dekasida ajralishi quyidagicha sodir 
bo‘ladi. Mahsulotni yo‘qlash qutisidan stol yuzasiga tushuvchi mineral zarrachalar 
ikkita kuch ta’siriga uchraydi: bo‘ylama oquvchi suvning yuvuvchi kuchi va dekaning 
ilgarilama-qaytarma harakati natijasida sodir bo‘luvchi stol bo‘ylab harakat qiluvchi 
inertsiya kuchi. Dekaning qaytariluvchi ilgarilama-qaytarma harakati natijasida Ruda 
aralashmasi deka buylab harakatnadi. Bunda turli zarrachalarning harakatlanish tezligi 
bir xil emas: katta inersiya kuchiga ega zichligi katta zarrachalarning deka bo‘ylab 
harakatlanish tezligi kichik zichlikka ega zarrachalarning oldinga harakatlanish 
tezligiga nisbatan katta bo‘ladi. Biroq, kichik zichlikka ega zarrachalarga suvning 
yuvuvchi oqimi kuchliroq ta’sir qiladi, chunki segregatsiya natijasida ular zichligi katta 
zarrachalarning ustida joylashgan bo‘ladi. Inersiya kuchi va suv oqimining gidravlik 
kuchi ta’sirida kichik zichlikka ega zarrachalar dekaning kundalang yuzasi bo‘ylab 
zichligi katta zarrachalarga nisbatan tezroq harakatlanadi. 


81 
2.9-rasm. Konsentratsionstol SKM-1A 
1- richag ekstsentrik mexanizm; 2-deka; 3-prujina; 4-maxovik; 5-kranshteyn; 6-tirsakli 
richag;7-tyaga; 8-tayanch roliklari; 9-elektr-dvigatellar; 1sh-tega;11-yo‘qlovchi 
ariqcha;12-suv uchun ariqcha; 13-aylanuvchi parraklar. 
Plankalarning vazifasi - stol yuzasida mineral zarrachalar aralashmasini ushlab 
qolish va ularni suv tez bilan yuvilib ketishiga qarshilik qilish, chunki suvning yuvish 
kuchi zarrachalarning yuzaga ishqalanish kuchidan kattaroq. Plankalar orasida mineral 
zarrachalar aralashmasining kavatlanishi sodir bo‘ladi: pastki qavatda mayda og‘ir 
zarrachalar,keyin yirik ogir zarrachalar, mayda yengil va oxirida-yirik yengil 
zarrachalar joylashadi. 
Buning natijasida birinchi navbatda suv bilan yirik yengil zarrachalar yuviladi. 
Undan keyin oqim bilan plankalar orasidan mayda yengil zarrachalar yuvilishni 
boshlaydi.


82 
Turli xil zichlikka ega bo‘lgan minerallarning ajralishsxemasini tuzish uchun T - 
og‘ir mineral zarrachasi,uning inersiya kuchi ta’siridagi harakatlanish tezligi V
1

suvning yuvuvchi kuchi ta’sirida stolning kundalang kesimi bo‘ylab harakatlanish 
tezligi V
2
; Yengilmineral zarrachasi L uchun bu tezliklar U
1
va U
2
. Yuqorida bayon 
qilinganidek yengil va og‘ir minerallar harakat tezliklaridagi nisbat. 
V
1
> V
2
; U
1
< U
2
( 2.39 ) 
Og‘ir mineral zarrachasi TA, yengilmineral zarrachasi esa LV yo‘nalishda 
harakatlanadi. Shunday qilib, og‘ir va yengilmineral zarrachalari stoldan turli xil 
nuqtalarda tushadi va bu ularni alohida mahsulotlarga ajratish imkonini beradi. 
Yonbosh tarafda og‘ir minerallar-konsentratga ajraladi, stolning ostki qismining 
uzatmaga yaqin qismida yengilminerallar-chiqindini tashqil qiladi. Oraliq zonada esa 
oraliq zichlikka ega minerallar, hamda ajralishga ulgurmagan minerallar oraliq 
mahsulotni tashqil qiladi. 
Boyitish uchun bir-biridan dekaning soni, shakli va yuzasi bilan, ularning 
o‘rnatilish usuli (osilgan yoki tayanchli), uzatmasining konstruktsiyasi, dekaning 
tebranish chastotasi va amplitudasi va boshqa xususiyatlari bilan farq qiluvchi 
konsentratsionstollar ishlatiladi. 
2.10-rasm Mineral zarrachalarning zichligidagi 
farqqa qarabstol yuzasida harakatlanishsxemasi 


83 
 
Sanoatda SKP / stol (konsentratsionniy podvesnoy) - SKP-15, SKP-22, SKP-30 
(sonlar dekaning umumiy yuzasi); SKO-(stol konsentratsionniy oporniy); SKO-15; 
SKO-22; SKO-30 va h.k. markali stollar chiqariladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling