O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.5.-rasm. Nasadkali skrubber 320 9.6-rasm. Elektrofiltrda elektrodlarning joylashishi va shakli
- 9.6. Oqava suvlarni tozalash
9.5. Еlektrоfiltrlar
Changli gazlar tarkibidagi qattiq zarrachalarni elektr maydoni ta’sirida cho‘ktirish boshqa cho‘ktirish usullariga qaraganda ko‘p afzalliklarga ega. Tarkibida qattiq zarrachalar bo‘lgan gaz oqimi yuqori kuchlanishli elektr maydonidan o‘tgan ionizatsiya hodisasiga uchraydi, ya’ni uning molekulalari musbat va manfiy zaryadlangan zarrachalarga ajraladi. Bunda butunlay ionlashgan gaz qatlami cho‘g‘lanib, nur va charsillagan ovoz chiqaradi. Bu sim nurlanuvchi elektrod deb ataladi. Manfiy zaryadlangan changning elektronlari nurlanuvchi elektroddan musbat zaryadlangan cho‘ktirish elektrodlariga tomon harakat qilganda o‘z yo‘lida qattiq zarrachalarga uchraydi va ularni zaryadlaydi. 9.5.-rasm. Nasadkali skrubber 320 9.6-rasm. Elektrofiltrda elektrodlarning joylashishi va shakli Zaryadlangan zarrachalar cho‘ktirish elektrodiga yaqinlashganda o‘zining zaryadini beradi va og‘irlik kuchi ta’sirida cho‘kadi. Bu cho‘ktirish jarayoni elektrofiltrlarda amalga oshiriladi. Elektrofiltrlarda nurlanuvchi elektrodlar ham doim tok manbaining manfiy qutbiga, cho‘ktirish elektrodlari esa musbat qutbiga ulanadi. Cho‘ktirish elektrodining tayyorlanishiga qarab trubali va plastinali elektrofiltrlar bo‘ladi. Elektrofiltrlar o‘zgarmas tokda ishlaydi, chunki tok o‘zgaruvchi bo‘lganda zaryadlangan zarrachalar o‘z harakati yo‘nalishini o‘zgartirib cho‘ktirish elektrodlarida cho‘kishga ulgrolmay, gaz bilan elektrofiltrdan chiqib ketishi mumkin. Elektr cho‘ktirish dastgohlari yuqori kuchlanishli o‘zgarmas tok bilan ta’minlanadi. O‘zgarmas tok kuchlanishi 22 – 5 V bo‘lgan o‘zgaruvchan tokdan kuchaytiruvchi transformator va to‘g‘rilagich yordamida olinadi. 9.6. Oqava suvlarni tozalash Foydali qazilmalarni boyitish fabrikalaridan chiqayotgan oqava suvlar boyitish jarayonining chiqindilar bilan birgalikda chiqindi saqlash maydonlariga tashlanadi. O‘z navbatida ular atrofdagi suv havzalariga tushib sifatiga sezilarli 321 darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Fabrikalardan chiqayotgan oqava suvlarda ifloslantiruvchi moddalardan biri – bu dispyers moddalardir. Ular jumlasiga gravitatsiya jarayoni chiqindilari, suvda yerigan tuzlar, emultsiya xolidagi flotoreagentlar, reagentlarni o‘zaro va minerallar bilan ta’siri natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar kiradi. Oqava suvlar tarkibida quyidagi zararli moddalar va birikmalar bo‘lishi mumkin. - Texnologik jarayonlarda qo‘llanilayotgan kislotalar va ishqorlar. - Reagentlarda yerigan temir, mis, nikel, rux, kaliy, alyuminiy,kobalt, kadmiy, surma va boshqa metalllar ionlari. - Tsionidlar – suvlarni asosiy ifloslantiruvchi moddalar turqumiga kirib boyitish fabrikasida flotoreagentlar sifatida keng qo‘llaniladi, shuningdek sianidlar ruda va boyitmalarda oltinni ajratib olishda asosiy reagent xisoblanib, oltin ajratish fabrikalarida keng qo‘llaniladi shuningdek sianidli eritmalarda rangli metalllar bo‘lishi (mis, rux va boshqalar komplekslar hosil qilib, inson hayoti uchun zaharli hisoblanadi). - Ftoridlar ham boyitish fabrikasida flotatsiya jarayonida reagent sifatida qo‘llaniladi va ular jumlasiga ftor kislotasi, natriyning ftor kremniyli tuzi misol bo‘ladi. - Foydali kazilmalarni flotatsion boyitish jarayonida, reagent sifatida neft mahsulotlaridan keyin, fenol va krezollar, mis, mis-molibden hamda molibden - volfram rudalari uchun foydalaniladi. Ho‘llasboyitish fabrikalaridan chiqayotgan oqava suvlar tarkibi jixatidan zararli moddalarga juda boy bo‘lib, atrof – muxitdagi suvlarni sezilarli darajada zaharlaydi, u esa o‘z navbatida ekologiya va insoniyat hayotiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. shuning uchun fabrikadan chiqayotgan oqava suvlarni tozalash muxim ahamiyatga ega, undagi zararli moddalarni miqdori mumkin qadar kam bo‘lib, sanitar normativlarida belgilangan konsentratsiyadan oshmasligi shart, jumladan: 9.2.-jadval. Suvdagi zararli qo‘shimchalarni konsentrattsiyasini ruxsat etilgan me’yorlari. Moddalar Oqava suvdagi miqdori mg/l Moddalar Oqava suvdagi miqdori quyidagi ko‘rsatgichdan oshmasligi shart, mg/l 322 Kislota Sianidlar Ftoridlar Neft Kyerosin benzin Fenol,krezol Ksantog‘enatlar Volfram Temir Kadmiy 0,25 0,1 1,5 0,5 0,1 0,001 0,001 0,1 0,1 0,5 0,01 Kobalt Mis Molibden Nikel Simob o‘rg‘oshin Strontsiy Surma Titan Rux 1,0 0,1 0,5 0,1 0,005 0,1 2,5 0,5 0,1 1,0 Atrof muhitni oqava suvlardan zararlanish darajasini kamaytirish usullaridan biri bu boyitish texnologiyasida qo‘llanilayotgan suvlarning aylanma harakatini ta’minlashdir, ya’ni fabrikadan chiqayotgan oqava suvlarni texnologik jarayonga qaytarishdan iboratdir. Qaytarma oqava suvlar toza suvlardan farq qilib, ular texnologik jarayon ko‘rsatgichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan: mis-molibdenli rudalarni boyitish fabrikasidan chiqayotgan suvlar tarkibi dispyers zarrachalar va kyerosindan tozalash ishqordan foydalaniladi, natijada oqava suvlardan kaltsiyning miqdori ortib ketishi flotatsiya jarayonini buzadi. Oqava suvlarning zararli darajasini kamaytirishning yana bir usuli, bu jarayonda qo‘llanilayotgan reagentlarni tejamkorligini tejashdan iboratdir, samarali usullardan yana biri, bu oqava suvlarni chiqishini kamaytirish, avariya holatlarining oldini olish va xokazolar kiradi. Boyitish fabrikalarida oqava suvlarni tozalash buyicha alohida bo‘limlar faoliyat ko‘rsatadi, ularda oqava suvlarni tozalashning bir qator usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, ularga quyidagilar misol bo‘ladi: Oqava suvlarni tindirish, bu jarayon 4 soatdan 1shsoatgacha davom etib disspyers zarrachalar cho‘ktiriladi. Buning uchun turli organiq va noorganiq koagulyantlardan foydalaniladi, ularning vazifasi mayda dispyers zarrachalarning to‘plashdan iborat bo‘lib, natijada jipslashgan zarrachilarni cho‘kish tezligi oshadi va jarayon tez kechadi. Bundaykoagulyantlarga ohakli suv Sa(ON) 2 , temir sulfati FeSO 4 7N 2 O; temir xloridi va poliakrilamidlar, uniflok misol bo‘ladi. 323 Oqava suvlarni kislotadan tozalashda neytrallash usuli qo‘llaniladi, neytrallash ohak, so‘ndirilgan ohak, dolomit, magnezit, soda va boshqa reagentlar yordamida amalga oshiriladi. Sulfat kislotali eritmalarni quyidagi reaktsiyalar orqali neytrallanadi: o‘yuvchi natriy yordamida neytrallash N 2 SO 4 + 2NaOH = Na 2 SO 4 + 2 H 2 O ohak bilan neytrallash H 2 SO 4 +CaO + H 2 O = CaSO 4 + 2H 2 O so‘ndirilgan ohak bilan neytrallash H 2 SO 4 +CaSO 3 + H 2 O = CaSO 4 + SO 2 +2H 2 O magnezit bilan neytrallash H 2 SO 4 +MgSO 3 = MgSO 4 + SO 2 +H 2 O Texnik - iktisodiy hisoblarga asosan yuqoridagi usullarning eng arzoni so‘ndirilgan ohak Sa(ON) 2 bilan neytrallash hisoblanadi. Oqava suvlardan metall kationlaridan tozalash ularni suvda yerimaydigan birikmasini, ya’ni gidrooksid va karbonat holatiga o‘tkazilib cho‘ktiriladi, masalan: ohak va suv tarkibidagi qo‘rgoshin kationlari quyidagicha tozalanadi: Pv 2+ + 2ON - = Rv(ON) 2 2 Pv 2+ +2ON - + SO 3 2- = Rv 2 (ON) 2 SO 3 2 Pv + SO 3 2- = Rv 2 SO 3 Bu usulda eng arzon va samaradorligi yuqorisi so‘ndirilgan ohakda, marmar va ohaktoshda amalga oshadi. Rangli va qimmatbaho metalllar rudalarini boyitishda hamda qayta ishlashda nihoyatda zaharli bo‘lgan tsianli eritmalar qo‘llaniladi. Tsianli brikmalar inson hayotiga o‘zining salbiy ta’siri jihatidan birinchi o‘rinda turadi, shu sababli oqava suvlarni tsianli birikmalardan tozalash asosiy omillardan bo‘lib, uning bir necha usullari ishlab chiqilgan. Ya’ni sianidlarni fyerro va fyerrotsionidlar kabi zararsiz birikmalariga o‘tkazish, suvda yerimaydigan birikma va kompleks birikmalar shular jumlasiga kiradi. Odatda fabrikalarda sianidlarni oksidlovchi sifatida xlorli ohak suvi SaOSl, kaltsiy gippoxlorid (SaOSl) 2 , natriy gipoxlorid, suyuq xlor va boshqalar qo‘llaniladi. 324 Ularni ta’siri quyidagi umumiy kimyoviy reaktsiyalar bilan ifodalash mumkin. 2SNO - + 3OCl - + 3H + = 2CO 2 + 3Cl - + N 2 + H 2 O. Kengi yillarda keng qo‘llanilayotgan usullardan biri zararsiz fyerrosianid hosil etish usuldir, bunda asosiy reagent sifatida FeSO 4 7H 2 O qo‘llanilib, u quyidagicha amalga oshadi: 2CN - + Fe 2+ Fe (CN) 2 6CN - + Fe 2+ 4 6 ) (CN Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling