35
bo'lib, ular boyitish fabrikalarida ko'proq qullaniladi.
Asosiy boyitish jarayonlari
quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) gravitatsiya usulida boyitish;
2) flotatsiya usulida boyitish;
3) magnit usulida boyitish;
4)
elektr usulida boyitish;
5) maxsus kimyoviy usulda boyitish va h.k.
Foydali qazilmalarning turlari, ularning fizik - kimyoviy tarkibi va tasnifiga
qarab, yuqorida keltirib o‘tilgan ma’lum bir texnologiyadagi boyitish usuli tanlanadi
.
Yordamchi jarayon - foydali qazilmalarni boyitishning oxirgi jarayoni
qisoblanadi.Yordamchi jarayonlarni o'tkazishdan maqsad
ajratib olingan boyitma
(kontsentrat) va chiqindini qayta ishlashdir. Yordamchi jarayonlar o'z navbatida
suvsizlantirish va changsizlantirish jarayonlariga bo'linadi.
Yordamchi jarayonlar quyidagilardan iborat:
1) suvsizlantirish;
2) quyiltirish;
3) suzish (olingan boyitmalarni);
4) quritish (olingan boyitmalarni);
5) changsizlantirish;
6) sexlarni shamollatish.
Gravitatsiya - usulida boyitish mineral zarrachalarning zichligidagi farqiga
harab boyitishdir.
Flotatsiya usulida boyitish zarrachalarning gidrofob va gidrofil ya’ni,
zarrachalarni namlanish va namlanmaslik xususiyatiga asoslanib olib boriladi.
Flotatsiyaning moyli, ko‘pikli yoki ionli turlari mavjud.
Magnit usulida boyitishda esa zarrachalarning magnitlanish xossalariga asoslanib
olib boriladi. Bunday usulda asosan temir tarkibli rudalar boyitiladi.
Elektr usulida boyitish- zarrachalarni kuchli elektr tokni o‘tkazuvchanligiga
asoslanadi. Buning uchun konsentratlarni yanada tozaroq ajratib
olish uchun elektroliz
usulidan foydalaniladi.
36
Maxsus kimyoviy usulda boyitish quyidagi usullarga bo‘linadi:
1) uyumlarda tanlab yeritish;
2) yer osti usulida tanlab yeritish;
3) maxsus changlarda (katta hajmdagi idish va reaktorlarda) tanlab eritish.
Do'stlaringiz bilan baham: