O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Foydali qazilmalarni boyitishning xalq xo`jaligidagi o`rni, rudali foydali qazilmalar haqida ma’lumot
Nazorat uchun savollari.
1.Kombinatning tashkil etlilish tarixi. 2. Navoiy kon-metallurgiya kombinati bugingi kunda xorijliklar bilan qanday hamkorlik qilmoqda? 3.Kombinatning faoliyat yo’nalishlari nimalardan iborat? 4.NKMK tarkibida qanday kon boshqarmalari mavjud? 5.Bugungi kunda NKMK da qanday yangi texnologiyalar qo’llanilmoqda? 6. Omaliq tog’-metallurgiya kombinati bugingi kunda xorijliklar bilan qanday hamkorlik qilmoqda? 7. Kombinatning faoliyat yo’nalishlari nimalardan iborat? 8. OTMK tarkibida qanday kon boshqarmalari mavjud? 9. Bugungi kunda OTMK da qanday yangi texnologiyalar qo’llanilmoqda? 10. Metallurgiya sexi tarkibiga qfnday bo’limlar kiritildi? 29 1 bob. Boyitishning xalq xo‘jaligidagi o‘rni 1.1. Foydali qazilmalarni boyitishning xalq xo`jaligidagi o`rni, rudali foydali qazilmalar haqida ma’lumot Foydali qazilmalarni boyitish qattiq foydali qazilmalarni boyitma, ya’ni sifati dastlabki ruda sifatidan yuqori, xalq xo‘jaligida keyingi ishlatish uchun qo‘yiladigan talablarga javob beruvchi mahsulot olish maqsadida qayta ishlovchi sanoat tarmogi hisoblanadi. Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati ulardagi qimmatbaho (foydali)komponent, qo‘shimchalar, yo‘ldosh elementlarning miqdori, shuningdek, mahsulotning yirikligi va namligi bilan aniqlanadi. Qimmatbaxo komponentni ajratib olish uchun foydali qazilma qazib olinayotgan element yoki tabiiy birikmagaqimmatbaxo komponent aytiladi. Masalan, mis, qo‘rq’oshin, temir, asbest misli, q’o‘rq’oshinli, temirli va asbestli rudalarda tegishli ravishda qimmatbaxo komponentlar hisoblanadi. Qo‘shimchalar foydali va zararl bo‘lishi mumkin. Foydali qazilmada uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda mavjud bo‘lgan, qimmatbaho komponentningsifatini yaxshilovchi va ajralishini osonlashtiruvchi element yoki tabiiy birikmalargafoydali qo‘shimcha deb aytiladi. Zararli qo‘shimchalar deb, foydali qazilmada uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda mavjud bo‘luvchi, qimmatbaxo komponentga ilashib uning sifatiga salbiy ta’sir etuvchi va ajralishini qiyinlashtiruvchi elementlar yoki tabiiy birikmalarga aytiladi. Yo‘ldosh elementlar deb, foydali qazilma tarkibida uncha katta bo‘lmagan miqdorda uchraydigan, foydali qazilma tarkibidan ajratish uni yer qa’ridan asosiy qimmatbaxo komponent bilan birga qazib olinayotganligi uchungina iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan qimmatbaxo komponentlarga aytiladi. Masalan, polimetalll rudalardagi nodir metalllar, temirli rudalardagi boshqa rangli metalllar, misli rudalardagi molibden va h.k. lar yo‘ldosh elementlarga kiradi.Boyitishda yo‘ldosh elementlar yo alohida mahsulotlarga, yoki asosiy qimmatbaho komponent bilan birga ajratilishi mumkin. 30 Foydali qazilmaning va boyitish mahsulotlarining sifati ularda qimmatbaho komponentning miqdori qancha ko‘p va zararli qo‘shimchalarning miqdori qancha kam bo‘lsa shuncha yuqori bo‘ladi. Mahsulotning sifati qancha yaxshi bo‘lsa, u shuncha boy bo‘ladi, chunki ko‘p miqdorda qimmatbaxo komponent saqlaydi. shuning uchun dastlabki rudaga nisbatan boyroq mahsulot – boyitma olish maqsadida foydali qazilmani qayta ishlash jarayonlari foydali qazilmalarni boyitish deyiladi. Ba’zan, mahsulotda foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati bo‘laklarning yirikligiga boq’liq. Foydali qazilma tarkibidagi qimmatbaho komponentlarning miqdori ularga qo‘yiladigan talablardagidan past bo‘lmagan hollardagina ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri metalllurgik yoki kimyoviy qayta ishlashga tushadi. Foydali qazilmalarning ko‘pchiligi tabiiy holda bu shartlarga javob bermaydi. Foydali qazilmalarni qayta ishlashsikliga boyitish operatsiyalarini kiritish qazib olinayotgan foydali qazilma tarkibidan boy mahsulot – boyitmani ajratishga va hom ashyoni yuqori iqtisodiy samara bilan ishlatishga imkon beradi. Bu holda quyidagi afzalliklargaerishish mumkin: - foydali qazilmalarning sanoat zaxiralari ortadi, chunki kambag‘al rudalarni ham qazib olish imkoniyati tug‘iladi; - ishlab chiqarish unumdorligi ortadi va qazib olishsistemasi soddalashadi, ya’ni foydali qazilmani qazib olish ishlari arzonlashadi, chunki rudani tanlab emas yaxlit holda qazib olish, kon ishlari to‘liqroq mexanizatsiyalashga erishish mumkin bo‘ladi; - foydali qazilmani metalllurgik va kimyoviy qayta ishlash arzonlashadi, ishlab chiqarish unumdorligi ortadi, chunki bu korxonalarga tushayotgan mahsulot tarkibidagi qimmatbaxo komponentning miqdori ortishi bilan yonilg‘i, flyuslar, koks, elektrenyergiya, kimyoviy reaktivlar va h.k. lar sarfi kamayadi, metalllurgik pechlar va kimyoviy apparatlarning ishlab chiqarish unumdorligi ortadi, oxirgi mahsulotning sifati yaxshilanadi, qimmatbaxo komponentning chiqindi tarkibida yo‘qolishi kamayadi; - foydali qazilma kompleks ravishda ishlatiladi, chunki boyitish ulardagi barcha qimmatbaxo komponentlarni ham ajratishga imkon beradi; 31 - transport harajatlari kamayadi, chunki ko‘pchilik boyitish fabrikalari konga yaqin joyga quriladi va uzoq masofalarga qazib olingan rudaning butun xajmi emas, balki faqat boyitma tashiladi. Konsentratsifatiga qo‘yiladigan talablar konditsiyalar deyiladi va ularni berilgan foydali qazilmaning xususiyatlari vaboyitish imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Boyitish texnikasining zamonaviy holatida erishish mumkin bo‘lmagan konditsiyalarni o‘rnatish mumkin emas. Qimmatbaho komponent miqdorining quyi chegarasiga, hamda zararli qo‘shimchalar miqdorining yuqori chegarasiga, shuningdek boyitmaning yirikligi va namligiga ham konditsiyalar belgilanadi. Respublikamiz xalq ho‘jaligida mineral homashyolarning turli ko‘rinishlari katta miqdorda qo‘llaniladi. Hozirgi paytda sanoat va qishloq ho‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun mineral homashyoning 2shsh dan ortiq turi ishlatilmoqda. Mavjud texnik-iqtisodiy sharoitda xalq ho‘jaligida yyetarlisamara bilan ishlatilishi mumkin bo‘lgan tabiiy mineral moddalar foydali qazilmalar deyiladi. Ular tabiiy holda va tegishli ravishda qayta ishlangan holda ishlatilishi mumkin. Sifat va miqdor jihatidan xalq ho‘jaligida ishlatishga yaroqli yer qa’ridagi mineral moddalarning to‘plangan joyi foydali qazilma konlari deyiladi. Mavjud texnik sharoitda qazib olinishi maqsadga muvofiq konlar sanoat konlari deyiladi. Foydali qazilmani qazib olish va boyitish texnikasi o‘sishi bilan sanoat konlari hisoblanmagan konlar ham sanoat konlari kategoriyasiga o‘tishi mumkin. Muhim ahamiyatga ega foydali qazilmalar sanoat tarmog‘ida ishlatilishiga qarab 3 ta asosiy guruhga bo‘linadi: rudali, noruda va yonilg‘i. Metalll yoki uning birikmalarini ajratib olish texnologik jihatdan mumkin va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq minerallar agregati rudadeyiladi. Masalan, temir, marganets, rux, molibden, volfram va h.k. rudalari. Mineral hom ashyoning sifatiga qarabrudalar boy (yuqori navli), oddiy (o‘rtacha sifatli) va kambag‘al (past navli) rudalarga bo‘linadi. Tabiiy kimyoviy reaksiyalar asosida hosil bo‘lgan tabiiy kimyoviy birikmalar minerallar deyiladi. Minerallar kimyoviy tarkibiga qarab sinflarga bo‘linadi, ularning asosiylariga quyidagilar kiradi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling