O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’rg’oshin-rux boyitish fabrikasi.
Boyitish majmuasi Mis boyitish fabrikasi. Fabrika 1961 yilda Qalmoqir va Sariq Cho’qqi konlarining mis-molibden ma’dantoshlarini qayta ishlash uchun ishga tushirilgan. Fabrikaning ma’dantoshni qayta ishlash bo’yicha 29 mln.t/yil ishlab chiqarish quvvatiga ega. Fabrika tarkibida ikkita maydalash bo’linmasi mavjud: 25 1. Har biri yiliga 10 mln.tn. ma’dantosh ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan uchta konussimon maydalash mashinasidan iborat bo’lgan yirik maydalash bo’linmasi; 2. Yiliga 29 mln.tn. ma’dantosh ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan 34 dona o’rtacha va mayday maydalash mashinalariga ega bo’lgan mayda va o’rtacha maydalash bo’linmasi.Fabrikaning bosh binosida eskirish darajasi 30%, 3,6 x 4,0; 3,6 x 5,0 va 4,5 x 6,0 m.kattalikdagi tegirmonlar bilan jihozlangan, yiliga 2,9-3,0 mln.tn. ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan 10 texnologik seksiya, shuningdek, kameralarning sig’imi 6,3 3; 12,5 3; 16,0 3 bo’lgan flotatsion mashinalar mavjud. Flotatsion boyitish natijasida asosiy binoda olinadigan kollettivli konsentrat seleksion flotatsiyaga yuborilib, unda mis konsentrati va molibden sanoat mahsuloti chiqariladi. Mis konsentrati suvsizlantirilib va quritib bo’lingandan so’ng mis zavodiga yuboriladi. Molibden mahsuloti Chirchiq qiyin eriydigan va issiqqa chidamli metallar zavodiga jo’natiladi.Fabrikaning chiqindilari gidrotransport yordamida, fabrikadan 12 km uzoqlikda joylashgan chiqindilar omboriga yuboriladi. Qo’rg’oshin-rux boyitish fabrikasi.Yiliga 4,0 mln.tn. ma’dan ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan Qo’rgћoshin-rux boyitish fabrikasi 1954 yilda ishga tu’shirildi. 1998 yilgacha fabrika Qo’rg’oshinkon, Oltin-Topkan va Uch-Quloch konlari qo’rg’oshin-rux ma’dantoshlarini qayita ishlab kelgan. Fabrika flotatsiyalashning kollektiv-selektiv sxemasi bo’yicha ishlaydi va ushbu jarayonda rux va qo’rg’oshin konsentratlari olinadi. Rux konsentrati “Olmaliq TMK” OAJ rux zavodiga, qo’rg’oshin konsentrati esa Chimkent shahriga (Qozog’iston) qayta ishlash uchun jo’natilgan. 1998 yildan fabrika Sariq-Cho’qqi mis-molibden ma’danlarini qayita ishlashga o’tdi. Hozirgi vaqtda Sariq-Cho’qqi ma’danlari bilan bir qatorda kombinat mis eritish ishlab chiqarishi ag’darma shlaklarini qayta ishlaydi. Majmuaviy mis-molibden konsentrati mis konsentrati va molibden sanoat mahsuloti olish maqsadida seleksiyalash uchun mis boyitish fabrikasiga joћnatiladi, mis konsentrati esa mis eritish zavodiga jo’natiladi.Fabrika tarkibiga maydalash sexi, reagent bo’linmasi, maydalash va flotasiya sexi, konsentratni suvsizlantirish uchastkasi va chiqindi saqlash ombori kiradi. Ag’darma chiqindilar fabrikadan 12 km masofada joylashgan chiqindi saqlash omboriga joylashtiriladii. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling