O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


Navoiy mashinasozlik zavodi ishlab chiqarish birlashmasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

Navoiy mashinasozlik zavodi ishlab chiqarish birlashmasi. 
Barpo qilinishi - oktabr 1963 yil. Kombinat bo`linmalarining hayot faoliyatini 
ta’minlash uchun ta’mirlash bazasi sifatida barpo qilingan.
Quyishning barcha turlarini amalga oshiradi. NKMK bo`linmalarini ehtiyot 
qismlar, nasoslar, metall konstruksiyalar, nostandart uskunalar bilan ta’minlash 
masalasini yechadi. Metall qirqadigan va yog`ochga ishlov beradigan dastgohlar, 


18 
payvandlash elektrodlarini chiqaradi. Xalq iste’moli mollaridan: “Desna” kir yuvish 
mashinalari, oshxona kombaynlarini ishlab chiqaradi.
Zargarlik zavodi. 
Zarafshon shahrida joylashgan. 1992 yilda “Zarispark” O`zbekiston - Amerika 
qo`shma korxonasi sifatida barpo qilingan. 1996 yilda kombinat xorijiy hamkorning 
ulushini sotib oldi va korxona “Zargarlik zavodi” nomini oldi. Faoliyatining asosiy 
yo`nalishi: - zargarlik buyumlarini tayyorlash.
“Agama” davlat trikotaj fabrikasi. 
“Agama” xalg iste’moli mollarini ishlab chigarish va sotish bo`yicha qo`shma 
korxona sifatida 1990 yil 12 aprelda barpo qilindi.
1997 yildan boshlab “Agama” - ustki trikotaj kiyimlarni ishlab chigarishga 
ixtisoslashgan davlat trikotaj firmasi, Navoiy KMK korxonasi.
Zarafshon yigiruv-trikotaj kombinati-ning birinchi navbati gurildi. Paxta va 
akrildan yigirilgan kalavalarning yangi turlarini ishlab chigarish o`zlashtirildi.
Eng yangi texnologiyalar. 
Oltin tarkibli ma'danlarni qazish va qayta ishlash bo`yicha Navoiy KMK sanoat 
kompleksi yillar davomida yuqori texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar bilan turg`un ishlab 
kelmoqda. Respublika mustaqilligi yillarida oltin ishlab chiqarish 1,5 baravarga o`shdi. 
Bu yutuqlar amaldagi korxonalarni to`liq texnik qayta jihozlash hisobiga, yangi ishlab 
chiqarishlarni qurish hisobiga, shuningdek oltin ishlab chiqarish samaradorligini 
sezilarli oshiradigan eng yangi ilmiy-texnik ishlanmalarni joriy qilish hisobiga mumkin 
bo`ldi. Bunday yo`nalishlardagi ishlarga birinchi navbatda NKMKning INTEGRA 
GROUP(AQSH), “Integra” YoAJ(Rossiya), Vnipipromtexnologiya(Rossiya), Toshkent 
davlat texnika universiteti, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi seysmologiya 
instituti, Ukraina Milliy konchilik akademiyasi tabiatdan foydalanish va ekologiya 
muammolari instituti bilan hamkorlikda bajargan tadqiqotlari kiradi. Ochiq konlarni 
loyihalash, qurish va foydalanish tajribasi ko`rsatadiki, kon qazuvchi korxonalarning 
iqtisodiy samaradorligi asosan qurilish, konchilik ishlarni olib borish texnologiyasi va 
tartibini, ma'danlar va ochishlar hajmining taqvimiy taqsimlanishini, ishlab chiqarish 
jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash turini tanlash masalalarini to`g`ri yechishga 


19 
bog`liq. Kombinatning kon qazuvchi korxonalari rivojini optimallashtirish uchun g`arb 
namunalaridan qolishmaydigan, ayrim hollarda ulardan yuqori bo`lgan maxsus 
kompyuter texnologiyalari ishlab chiqildi va oltin ma'danli konlarni loyihalash, 
rejalashtirish va ishlatish amaliyotga joriy qilindi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling