O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kovuldi koni
- Uch-Quloch koni
Angren KB.Qizil Olma koni. Qizil olma koni Olmaliq shahridan 48 km uzoqlikda
Ohangaron tumani hududida joylashgan.Konnig geologik tuzilishi murakkab. Asosiy foydali komponentlar - oltin va kumush bo'lib,ko'proq sof holda uchraydi. Zararli aralashmalar yo'q.Ko'chbuloq va Oltin Olma konlarida qazib olinayotgan ma'dantoshlar Angren oltin ajratib olish fabrikasida qayta ishlanadi, flotokonsentrat kombinatning mis eritish zavodiga yana qayta ishlash uchun yetkazilib beriladi.Yer osti usulida ishlab chiqariladi. Zahira ta'minoti 50 yil. Chodak KB Pirmirob koni. Pirmirob koni Olmaliq shahridan 162 km uzoqlikda, Namangan viloyati Pop nohiyasi hududida joylashgan. Kon paysimon turga kirib, sanoat boyligi - oltin va kumushdir. Qazib olish yer osti usulida olib boriladi. 24 Zahiralar bilan ta’minlanishi 2 yil. Kovuldi koni Oltin ma’dantosh koni Toshkent viloyati Pskent nohiyasi hududida, Olmaliq shahridan 11 km uzoqlikda janubiy-g’arbda joylashgan. Kovuldi konining geologik tuzilishi qiyosiy soddaligi bilan ajralib turadi. Mineralizatsiyalash turi bo’yicha Kovuldi koni kvars-oltinrudali formatsiyaga kiradi. 1977 yil ishga tushirilgan. Ishlab berish yer osti usulida olib boriladi. Qazib olinadigan ma’dantoshlar, kombinat mis eritish zavodida nordon flyuslar sifatida ishlatiladi. Zahiralar bilan ta’minlanishi - 14 yil. Uch-Quloch koni Birinchi bor kon 1930 yilda tilga olingan. Kon Jizzax viloyatida, Olmaliq shahridan 320 km janubiy-g’arb tomonida joylashgan. Uch-Quloch qo’rg’oshin-rux koni strat shaklidagi qo’rg’oshin-rux konlariga xos namuna va eksgalyatsion-quyqadan hosil bo’lgan (pnevmotolit-gidrotermal) genezisga ega. Ma’dantoshlarning mineral tarkibi anchagina sodda. Ma’dantoshlar galenit, sfalerit va baritdan iborat. Ma’dantoshlardan qo’rg’oshin, rux, barit, oltingugurt, kumush, kadmiy kabi foydali komponentlar ajratib olinadi. Uch-Quloch koni 1983 yildan buyon ochiq usulda ishlab bermoqda. Zahiralarning bir qismi yer osti usulida ishlab berishi ko’zda tutilgan. Buning uchun uchta stvol o’tgan va qiya pastga tushadigan yo’l qurilishi boshlangan. Hozirgi vaqtda barcha ishlar to’xtatib qo’yilgan. Konni ishlab berishi uchun 4 ming aholi ucun mo’ljallangan qo’rg’on, maktab, bolalar bog’chasi, kasalxona majmuasi qurilgan. Zahiralar bilan ta’minlanganligi 45-50 yil. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling