O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

NKMK faoliyati. 
Shimoliy kon boshqarmasi, Uchquduq shahri.Uchquduq koni negizida uran 
ma’danlarini yer osti va ochiq usulda qazib olish uchun 1958 yilda barpo qilingan.
Kon boshqarmasining hozirgi paytdagi asosiy faoliyat turlari:
- yer ostida tanlab eritmaga o`tkazish usuli bilan uranni qazib olish va qayta 
ishlash;
- “Ko`kpatas” konining tarkibida oltin bo`lgan ma’danlarini qazib olish va qayta 
ishlash;
- sulfat kislota ishlab chiqarish;
- “Noviy” koni negizida marmardan buyumlar ishlab chiqarish.
Markaziy kon boshqaimasi, Zarafshon shahri. 
Tarkibida oltin bo`lgan ma’danga ega noyob Muruntov konini o`zlashtirish uchun 
1964 yilda barpo qilingan, uning negizida oltin qazib oluvchi korxona qurilgan.
1967 yilning martidan boshlab ochiq usulda konchilik ishlarini olib boradi
geologik tadqiqotdan to standart oltin quymalarini olishgacha bo`lgan barcha ishlar 
majmuasini bajaradi.
2-GMZ chiqaradigan oltin va kumush jahon standartlariga mos keladi.
Faoliyatining asosiy yo`nalishlari:
- ochiq usul bilan tarkibida oltin bo`lgan ma’danga ega “Muruntou” konini qazish 
bo`yicha konchilik ishlari;
- Gidrometallurgiya zavodida oltin tarkibli ma’danlarni qayta ishlash va 
chiqindilarni joylashtirish;
- Muruntou ochiq konlarini qazish bo`yicha ishlarni bajarishning texnologik 
jarayonlarini takomillashtirish;
- foydali qazilmalar zahiralarini о`stirish masalalarini va mineral xom-ashyo 
bazasini yanada rivojlantirish istiqbolini yechish. 
Janubiy kon boshqarmasi, Nurobod shahri. 
Korxona Nurobodda, Samarqand viloyati hududida joylashgan. 1964 yil yanvarda 
“Sobirsoy” uran konini o`zlashtirish uchun barpo qilingan.
Faoliyatining asosiy turlari:


17 
- uran qazib olish;
- Zarmitan va Marjonbuloq oltin konlarini qazish;
- marmar qazish va undan silliqlangan, ustqoplama kichik plitalar ishlab chiqarish;
- har xil diametrdagi polivinilxlorid va polietilen quvurlarni ishlab сhiqarish;
- xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va hokazo.
5 - kon boshqarmasi, Zafarobod shahri. 
Buxoro viloyati hududida joylashgan. 1971 yil fevralda uran konlarining Bo`kinoy 
guruhini sanoat asosida o`zlashtirish uchun Leninobod konchilik-kimyo kombinatining 
bo`linmasi sifatida barpo qilingan.
1993 yilda Navoiy KMKga uning tarkibiy bo`linmasi huquqi bilan qo`shildi. 
Faoliyatining asosiy yo`nalishi - yer ostida tanlab eritmaga o`tkazish usulida uran qazib 
olish.
Ma`muriy jihatdanToshkent viloyati Parkent tumani hududida joylashgan. 1954 
yilda
Chovli uran konini o`zlashtirish uchun kon qazish korxonasi sifatida barpo 
qilingan. So`ngra kon boshqarmasi Agata -Chibargata Naugisken flyuorit konini qazish 
ishlarini bajardi. 1963 yilda kon boshqarmasi tarkibiga Chibargata koni va boyitish 
fabrikasi qo`shildi. 1992 yilda 2-KBsi “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni 
tarkibiga birlashgan a’zosi bo`lib qo`shildi, 1995 yilda esa Navoiy KMK tarkibiga 
kiritildi.
Faoliyatining asosiy yo`nalishlari:
- pardozlash gabbro toshini sanoat asosida qazib olish;
- boyitish fabrikasida fosfor konsentrati olish yo`li bilan fosforit xom-ashyosini 
qayta ishlaydi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling