O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

Kon boshqarmalari. 
Qalmoqir koni. 20-yillarning o’rtalarida ochilgan. Kon Olmaliq shahridan 2-3 
km sharqiy tomonda, Olmaliq tog’-konchilik rayoni oralig’ida joylashgan.
Asosiy ma’dantosh joylashadigan jinslari: siyenit-diorit, diorit va siyenit, shtok bilan 
yozilgan granodiorit-porfirlar. Rudali mineralizatsiya shtok ekzokontaktida to’plangan 
va siyenit-dioritli majmua jinslarida lokalizatsiyalanadi. Grani-diorit-porfirlar tarkibida 
deyarli ma’dantosh bo’lmaydi. Rejada rudali shtokverk, 1,8 km enida 3,5 km.ga 
shimoliy-g’arbda yo’nalishda 
cho’zilgan.Chuqurlik-ka rudalanish 1,2 km gacha kuzatiladi. Konda ikkita tabiat 
turidagi: oksidlangan va sulfidli rudalar ajratiladi, birinchisi deyarli to’liq ishlab 
bo’lingan.
Dastlabki sulfidlangan ma’danlar 150 tadan ko’proq mineral bilan ifodalangan: 
xal’kopirit, pirit, xal’kozin va pirit bilan qisman kristall panjarasi bog’langan sof holda 
oz qismi bo’ladi. Qolgan
barcha yo’ldosh komponentlar: oltingugurt, selen va tellur ham ko’rsatilgan mineral 
bilan bog’langan, faqatgina molibden ajratib olinadigan reniy asosiy qismi molibdenit 
bilan bog’langan. 
Qalmoqir konining sulfidlangan ma’danlari yengil boyituvchi mis ajratib olish 75 
dan 80% va undan ortiq. 
Kon 1954 yildan buyon kar’yer sifatida ishlab turibdi. 
Hozirgi vaqtda kar’yerning ishlab turishi kombinatsiyalangan usulda amalga oshiriladi. 
Pastki gorizontlari-temir yo’lga qayta ortish bilan avtomobil transportida, ustkilari-temir 
yo’l transporti bilan. Ruda boyitish fabrikasiga temir yo’l dumpkarlarida 8 km.gacha 
bo’lgan uzoqlikda yetkazib beriladi. Qoplamalar jinslari temir yo’l transportida 
ag’darmaga olib chiqib tashlanadi. 


23 
Karyer va ag’darmada 23 ta ekskavator, 15 ta parmalash dastgohlari ishlamoqda. 
Karyerning o’lchamlari: uzunligi - 2,3 km, kengligi - 2 km, nisbiy chuqurligi - 0,4 km. 
Ma’dan bo’yicha loyihaviy yillik unumdorligi 0,2% mis chegara tarkibi - 34 mln 
tonnani tashkil qiladi. 
Qalmoqir koni ma’dantosh shtok verki shimoliy-g’arbiy yo’nalishida 4,1 km cho’zilgan 
ellips ko’rinishli shaklga ega. Uning maksimal eni 1,7 km, misli ma’danlanishning 
tarqalish chuqurligi 850 metrga yetadi. 
Nisbiy boy bo’lmagan shtokverkli turdagi paysimon-sachratma mis ma’dantoshlarning 
molibden va oltin bilan yirik to’planishi siyenit-diorit, dioritlarning intruziya-monsonit 
qatorga to’g’rilangan va borliq jihatdan granodiorit-porfirlar, shtoklari bilan bog’liq. 
Konning ma’dantoshli shtokverki yirik o’lchovlar bilan farq qiladi: uzunligi 4,1 km, 
eniga 1,7 km.gacha 
Konning rudalashuvi majmuiy hisoblanadi. Mis va yo’ldosh komponentlarning 
shtokverk oralig’ida taqsimlanishi notekis. Qolmaqir koni ma’dantoshlarining 
sanoatdagi asosiy boyligi oltin va mis hisoblanadi, ma’dantoshning qimmatbaholigiga 
kumush, molibden, oltingugurt, selen, tellur, reniy katta ta’sir ko’rsatadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling