O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
-rasm. Boyitish jarayonlarining tasnifi Boyitish jarayonlarining tasnifi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maydalash Magnit usulida boyitish G’alvirlash
- Mahsulotlarni quyultirish Mahsulotlarni filtrlash Boyitmalarni quritish
1.4-rasm. Boyitish jarayonlarining tasnifi Boyitish jarayonlarining tasnifi Tayyorlov jarayoni Asosiy boyitish jarayonlari Yordamchi jarayonlar Gravitatsiya usulida boyitish Maydalash Magnit usulida boyitish G’alvirlash Maxsus usulda boyitish Flotatsiya usulida boyitish Rudalarni changsizlantirish Sexlarni shamollatish Yer osti usulida tanlab eritish va boyitish Elektr usulda boyitish Klassifikatsiyalash Suvsizlantirish Mahsulotlarni quyultirish Mahsulotlarni filtrlash Boyitmalarni quritish Chiqindilarni zararsizlantirish Uyumlarda tanlab eritish va boyitish Changlarda tanlab eritish va boyitish Mahsulotni yanchish 37 Foydali qazilma turli minerallarning murakkab kompleksi hisoblanadi. Foydali qazilmada qimmatbaho komponent ko’pincha tegishli mineralning tarkibida uchraydi. Masalan, mis misli rudalarda mis saqlaydigan minerallar: xalkopirit, bornit, kovellin va h.k. lar tarkibiga kiradi. Kamdan – kam hollarda qimmatbaho komponent toza (tug’ma) holda uchraydi, masalan, nodir metallar, olmos, grafit va h.k. Qimmatbaho komponent saqlovchi minerallar foydali minerallar deyiladi. Qimmatbaho komponent yoki foydali qo’shimcha saqlamaydigan minerallar puch tog’ jinslari deyiladi. Bu yerda foydali mineral, zararli yoki foydali qo’shimcha, puch tog’ jinslari tushunchalarining nisbiyligini ta’kidlab o’tish lozim. Mineralning bu tushunchalarning qaysi biriga mansubligi faqat foydali qazilmani berilgan turigagina boq’liq. Bitta mineralning o’zi dastlabki mahsulotda foydali, boshqasida esa puch tog’ jinsi bo’lishi mumkin. Masalan, kvarts keramika sanoati uchun foydali mineral hisoblanadi, rangli va qora metal rudalarida esa puch tog’ jinsi va xatto zararli qo’shimcha hisoblanadi. Boyitish texnikasi va texnologiyasining rivojlanishi, shuningdek xalq xo’jaligining ma’lum hom-ashyoga bo’lgan ehtiyoji ortib borishi bilan u yoki bu foydali qazilmada mavjud bo’lgan minerallar puch tog’ jinslari razryadidan foydali mineral razryadiga o’tishi mumkin. Foydali qazilmadan qimmatbaho mineralni ajratib olish uni tashkil qiluvchi mineralarning kimyoviy o’zgartirishlarga uchratish natijasida sodir bo’ladi: minerallardan metallar qo’yiladi, apatit super-fosfatga aylanadi va h.k. Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining bunday qayta ishlanishi metallurgik, kimyo, keramika, shisha, tsement, lak – bo’yoq va boshqa sanoat korxonalarida amalga oshiriladi. Foydali qazilmalarni boyitish – minerallarning kimyoviy o’zgarishlari bilan bog’liq bo’lmagan mexanik qayta ishlashdir. Minerallarning kimyoviy tarkibi boyitishgacha va boyitishdan keyin ham o’zgarishsiz qoladi. Boyitishda foydali qazilma sifatining yaxshilanishi minerallarni ajratish orqali amalga oshiriladi. Boyitishda ajratiluvchi minerallarning fizik va fizik-kimyoviy xossalaridagi farq ishlatiladi. 1- jadvalda minerallarning boyitishda ishlatiladigan xossalari va ularga muvofik boyitish usullari keltirilgan. 38 Boyitma deb ataluvchi mahsulotlarga foydali mineral va foydali qo’shimchalarning asosiy qismi, chiqindi deb ataluvchi mahsulotlarga esa puch tog’ jinslari va zararli qo’shimchalarning katta qismi ajratiladi. Chiqindi boyitish jarayonidan chiharib tashlanadi va chiqindilar maydonida yig’iladi, boyitma esa keyingi qayta ishlash va ishlatishga jo’natiladi. Boyitishda foydali qazilma sifatining yaxshilanishiga puch tog’ jinslarini ajratish va foydali minerallarni kamroq hajmga yig’ish orqali erishiladi. Bunda qimmatbaxo komponentning miqdori ortadi, chunki uning deyarli barcha miqdori boyitmada jamlanadi. Boyitishni bir marta boyitishda tugatib, darhol boyitma va chiqindi olish mumkin. Ko’pincha shunday bo’ladiki, bir marta boyitishdan so’ng boyitma unchalik boy, chiqindi esa etarli darajada kambag’al bo’lmay, ularni qaytadan boyitishga to’g’ri keladi. Bu maqsadda boyitmani tozalash va chiqindini nazoratlash operatsiyalari o’tkaziladi. Shu ketma-ket jarayonlar boyitish operatsiyalari deyiladi, oldingi operatsiyadan keyingi operatsiyaga tushuvchi mahsulot oraliq mahsulot deyiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling