O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati faoliyati va yo’nalishlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati faoliyati va yo’nalishlari
Bugungi kunda “Olmaliq TMK” OAJ 4 ta kon xom ashyosi qazib chiqaruvchi korxona, sulfat kislota ishlab chiqaruvchi 2 ta metallurgiya zavodi, mexanika-ta'mirlash va ohak zavodi, avtotransport Boshqarmasi, temir yo’l transporti Boshqarmasi, hamda 22 ta yordamchi sexlar va bolinmalarni birlashtiruvchi yagona sanoat majmuasidir. Kombinat tizimida jami 25295ga yaqin turli malaka va toifali ishchi-xodimlar ish bilan ta’minlangan.Mis-molibden ishlab chiqarish Qolmaqir, Sariq-Cho’qqi kar’yerlari, Chodak va Angren kon Boshqarmalari, Kovuldi koni, MBF va MEZ faoliyati orqali yo’lga qo’yilgan. Qo’rg’oshin – rux birlamchi xom ashyosi ishlab chigarish esa Uch-Quloch koni, ta’kidlash joizki, ushbu konda ochish ishlari davomli ravishda olib boriladi, hamda oltingugurt kislota majmuasi ishlab chiqaruvchi rux zavodi faoliyati bilan bog’liq. Rux boyitmasi ( boyitilgan ruda ) chetdan yetkazib beriladi.Ishlab chiqariladigan mahsulot O’zbekiston Respublikasi va chet ellarda sotiladi, shu bilan birga mahsulotning taxminan 70 foizi eksport qilinadi. “Olmaliq TMK” OAJ tarixi Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati solnomasining boshlanishini geologlar tomonidan Olmaliq qishlog’i atrofida ochilgan mis-molibden koni negizida mis eritish kombinati qurilishi mo’ljallangan besh yillik reja boshlanishi yili deb hisoblash mumkin. 1940 yilda kombinatning va kelajakda 25 ming aholi iste’qomat qilishi ko’zda tutilgan shaharning xarita – rejasi tuzildi. Ikkinchi jaxon urushi mazkur qurilishga xalal berdi. 1945 yilning yanvar oyida rangli metallurgiya Xalq komissari buyrug’iga binoan Olmaliq mis kombinati qurilishi uchun tashkil etilgan "Olmaliqqurilish" boshqarmasi ta'sis etildi. 20 1948 yilning iyun oyida Ministirlar Soveti tomonidan boshlangan ishlarning davomi sifatida qorg’oshin-rux kombinati qurilishi to’g’risidagi qaror imzolandi. 1949 yilning birinchi yarmida joylarda loyixa- qidiruv ishlari amalga oshirildi, 1949 yilning ikkinchi yarmida esa Oltin-Topkan konida qo’rg’oshin-rux koni, boyitish fabrikasi va Tojigiston xududidagi Oqmachit qishlog’i atrofida ishchilar posyolkasi qurilishi boshlandi. Ministrlar Sovetiining 1949 yil 1 fevraldagi qarori bilan tasdig’langan Oltin-Topkan koni qurilishi to’g’risidagi qaror Olmaliq tog-metallurgiya kombinati uchun asos bo’ldi, ushbu xujjatni imzolash sanasi OTMK toshkil topgan kun deb belgilandi. Tez orada mis-molibden koni yonida geologlar tomonidan qorg’oshinkon koni qo’rg’oshin-rux ma'danlari topildi. Shu munosabat bilan qo’rg’oshin-rux boyitish fabrikasi qurilishi qurilayotgan Olmaliq yaqindagi maydonchaga ko’chirildi, maqsad - bir yo’la ikkita kon: qo’rg’oshinkon va Oltin-Topkan konlari ma'danlarini birgalikda boyitishdan iborat bolgan. Yangi ishlab chiqarish birinchi mahsuloti 1954 yilda olindi. 1967 yilning 5 iyunida Oltin-Topkan qo’rg’oshin-rux kombinati direktori P.S. Poklonskiy rangli metallurgiya Vazirligining 1967 yil 7 iyundagi buyruqiga asosan buyruq chikardi. Ushbu buyruqqa binoan kombinat Olmaliq tog-metallurgiya kombinati deb qayta nomlandi. Bu esa shu yillarda respublika rangli metallurgiya flagmani deya yuritilayotgan korxona profiliga ham, tashkil topgan joyiga ham muvofiq edi. Qo’rg’oshin-rux boyitish fabrikasi tarixiga oid asosiy davrlar hikoyani yakunlagan holda, shuni eslatib o’tish joizki, 1997 yilda qo’rg’oshin-rux ma'danlarini qazib olish to’xtatilishi munosabati bilan Qoћrgћoshin boyitish fabrikasi Sariq-Choћqqi konida qurilgan, 1974 yilda ishga tushirilgan kar'er mis-molibden ma'danlarini qayta ishlash ucchun qayta profillashtirildi. Qolmakir koni kombinat mis zanjirining asosiy zvenosi bo’lib hisoblanadi. Uning bazasida misboytish fabrikasi va mis eritish zavodlari qurildi. Mamlakat rangli metallurgiya sanoatining ushbu yirik togћ-kon qћazib olish korxonasi qurilishi 1954 yilda boshlandi, Qolmakir koni birinchi navbatdagi kar'erlarining ishga tushirilishi to’g’risidagi ishni qabul qilish - topshirishi dalolatnomasi 1959 yilning 1 iyulida imzolandi. Bugungi kunda har ikkala mis-molibden ma'danlari qazib olish konlari bitta korxona - "Qolmaqir" kon boshqarmasiga birlashtirildi. 21 Mis boyitish fabrikasi rangli metallardan tashqari qimmatbaho va nodir metallar- oltin, kumush, reniy, kadmiy ajratib olinadigan mis va molibden konsentratlari chiqaruvchi O’zbekistondagi eng yirik korxonadir. Mis boyitish fabrikasi korpuslarini qurish uchun ajratilgan qurilish maydonidagi ishlar 1957 yilda boshlandi. 1961 yilning 20 martida maydalash korpusi birinchi zanjiri sinov uchun ishga tushirish ishlari amalga oshirildi. Shu yilning 16 iyunida fabrikaning birinchi seksiyasi doimiy ishga tushirildi va mis konsentratining birinchi tonnalari olindi. Ushbu kun fabrika tashkil topgan kun deb belgilandi. Qurilish davom etib bordi, fabrika kengaya boshladi. Birinchi navbatdagi to’rtta seksiyaning qurilish va montaj ishlari jadal sur'atlarda olib borildi. 6 - sonliva 7 -sonli seksiyalar 1965 yilda ishga tushirildi, 1966 yilning noyabr' oyida 8 - sonli seksiya, 1967 yilning dekabr oyida 9 - sonli seksiya ishga tushirildi. Ma'danni qayta ishlash va ishlab chiqarish hajmini oshirish bo’yicha amaldagi quvvatlarni rivojlantirish maqsadida 1970 yildan birinchi navbatdagi seksiyalarni rekonstruksiya qilish boshlandi: 4 ta seksiyaning xar birida qo’shimcha bittadan tegirmon o’rnatildi, hamda 5 - sonli seksiya montaj qilindi. Bir vaqtning o’zida 10 - sonli seksiya - maydalash - boyitish majmuasining qurilishi boshlandi. Ushbu seksiya oksidlangan mis ma'danlarini, asosan sul'fidli mis ma'danlarini qayta ishlash uchun moћljallangan bo’lib, 1985 yilda amaldagi MBK qatorida to’lig’ ishga tushirildi. Mis eritish ishlab chiqarish to’liq siklini o’zlashtirgan sakkiz turdagi maxsulot chiqaruvchi bosh tovar sexi - bu mis eritish zavodidir (MEZ). 1958 yilning 17 mayida Mis eritish zavodi qurilishi to’g’risidagi qaror qabul qilindi. Qurilish juda muhim va jadal qurilish deb e'lon qilindi va 1963 yilning boshidayoq 17 subpudratchi tashkilotlar tomonidan ob'yektlar uskuna va jihozlarini montaj qilishga tayyorlandi. 1963 yilning 25 noyabrida yalliqlantiruvchi oћchoqqa olov yoqildi, oћchoqni qizitish boshlandi. 1963 yilning 31 dekabrida 13 dan 30 daqiqa o’tganda birinchi metall - xomaki misni eritish yakunlandi. 1964 yilning 14 aprelida ilk bor sobiq Ittifoqda qiya anod oћchoqlarida misni olovli rafinadlash amalga oshirildi. 1964 yilning sentyabr oyida mis elektrolizi sexi bo’yicha 22 qurilish ishlari yakunlandi. 17 sentyabrda elektrolit vannalariga kuchlanish uzatildi, ertasi kuni esa dastlabki Olmaliq anodli misi olindi. 1965 yilning 25 fevralida vayyerbars oћchoqћi birinchi mahsulotni berdi, ushbu o’choqda katodli misnining bir qismi quymalarga qayta eritila boshlandi.1968 yilning o’rtasida kislorodli - qorishmagan eritish unikal o’chog’i ishga tushirildi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling