O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.15. Shlyuzlarning texnologik parametrlariva ishlash tartibi
Bo’tananing yuzasi
90 Shlyuzlar 20 mm dan yirikroq mahsulotni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan chuqur to‘ldiriladigan va 20 mm dan maydaroq mahsulotni qayta ishlash uchun sayoz to‘ldiriladigan shlyuzlarga bo‘linadi. Mayin zarrachali mahsulotni boyitish uchun ishlatiladigan shlyuzlarga mahsulot (pulpa) yupqa qatlam bilan beriladi. 2.15. Shlyuzlarning texnologik parametrlariva ishlash tartibi Shlyuzlarning asosiy texnologik parametrlari: qattiq zarrachalarning bo‘tanadagi miqdori (zichligi), oqimining chuqurligi, shlyuzning qiyalik burchagi, shlyuz tubining turi, shlyuzning kengligi. Ular boyitilayotgan mahsulotning xossalariga qarab tanlanadi. Bu parametrlar ishlab chiqarish unumdorligi, ajralish va konsentratning sifati kabi boyitish ko‘rsatkichlarini belgilaydi.Chuqur to‘ldiriluvchi shlyuzlar qalinligi 40-50 mm li taxta (doska) dan to‘g‘riburchakli kesimli qilib tayyorlangan tarnovchadan iborat. Shlyuzlarning uzo‘nligi 150-180 m, kengligi 0,9-1,8 m, chuqurligi (balandligi) esa 0,75 dan - 0,9 m gacha bo‘ladi. Shlyuzning qiyalik burchagi 2-3 0 . Shlyuz tubiga trafaret tushaladi. Ko‘pincha, trafaretlar orasida chiquvchi mayda og‘ir minerallarni ushlab qolish uchun butun shlyuz tubi bo‘ylab trafaret ostidan jo‘nli mato joylashtiriladi. Mayda zarrachali mahsulotni boyitish uchun sayoz to‘ldiruvchi shlyuzlardan foydalaniladi. Bunday shlyuzlar tubiga kigiz, dag‘al tukli movut, velvet kabi qoplamalar to‘shaladi. 2.10-jadval Avtomatik shlyuzlarni texnik haraktristikasi Parametrlar 3ША-1М 34-KЦ 346-KЦ Yuzaning o‘lchami, mm: uzunligi, kengligi 1800х900 1800х1800 1800х1800 Yuzaningumumiy maydoni, m 2 8 16 16 Yuzalarsoni 5 5 5 Yuzaning qiyalik burchagi , gradus: shlyuzda boyitishda chayishda 9х45 9х45 4 х 12 х 45 Boyituvchimahsulotlarniyirikligi, mm 0,3 gаchа Elektrodvigatel quvvati,kvt 1,7 1,7 0,4 Gabarit o‘lchamlari, mm: uzo‘nligi, kengligi, balandligi 1650х1345х х3320 28402250х х3320 2810х2205х х3540 Оg‘irligi, t 2,5 2,28 1,41 91 Shlyuzlarning solishtirma ishlab chiqarish quvvati mahsulotning yirikligi, konsentratning chiqishi va jo‘nli qoplamaning turiga qarab 2 dan 30 t/m 2 sutkani tashqil qiladi. Shlyuzlarda boyitishga sarflanadigan suv keng chegarada o‘zgaradi. Mayda mahsulotni boyitishda va qiyalik burchagi katta bo‘lganda sarflanadigan suv miqdori har 1m 3 Ruda uchun 3-10m 3 . 200-300mm yiriklikdagi rudani boyitishda suv sarfi keskin oshib ketadi. 1m 3 ruda uchun 100m 3 gacha suv sarflanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling