O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


 Flоtаtsiоn mаshinаlаrning turlаri. Mexanik flotatsion mashinalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

 
3.8. Flоtаtsiоn mаshinаlаrning turlаri. Mexanik flotatsion mashinalar 
 
Flotatsiya jarayoni flotatsion mashinalar deb ataluvchi boyitish apparatlarida 
amalga oshiriladi. 
Flotatsion mashinalarning konstruktsion tuzilishi va ishlatilishi sohalaridan qat’iy 
nazar ularning umumiy belgisi ishchi muhit sifatida mayda havo pufakchalari bilan 
to‘yingan bo‘tananing ishlatilishidir. 
Butanani aralashtirish va ayeratsiyalash usuliga karab flotatsion mashinalar 3 
turga bo‘linadi: 1) mexaniq 
2) pnevmatik 
3) pnevmomexaniq 
Mexaniq flotatsion mashinalarda bo‘tanani aralashtirish, xavoni mayda pufakchalarga 
ajratish va atmosfyeradan havoni surish impellyer (maxsus konstruktsiyaga ega 
aralashtirgich) 1 yordamida amalga oshiriladi. 
Pnevmatik flotatsion mashinalarda bo‘tanani havoga to‘yintirish va uni 
aralashtirishhavo puflovchi mashina orqali beriladigan sikilgan havo yordamida amalga 
oshiriladi. 


141 
3.6-rasm. Mexaniл flotatsion mashina 
Mashinato‘siqorqalibirnechtato‘g‘rito‘g‘riburchaklikameralargabo‘linganvannadanibor
at. Uharbiriikkita-so‘ruvchivaoqibutuvchikameralardaniboratsektsiyalardanyigiladi. 
Har qaysi kamerada markaziy truba bo‘lib, uning ichida impellari bor val 
aylanadi. Impellar vertikal valga qattiq mahkamlangan radial parrakli rotordan iborat. 
Val klinoremenli uzatma orqali elektrodvigateldan harakatga keltiriladi. Markaziy 
trubaning quyi qismi kengaytirilgan va gorizontal holdagi (bo‘tanani tsirkulyatsiya 
qiluvchi va yunaltiruvchi parrakli) impelllyer usti diski o‘rnatilgan stakanga o‘tadi. 
Parraklar disk radiusiga nisbatan 60
0
li burchak ostida joylashgan. 
3.7.-rasm. Mexanik mashinada stator parraklarini o‘rnatishs xemasi 


142 
Parrakli disk mashinaning statori deyiladi. Stator impellyeri to‘xtaganda, uni 
loyiha bilan to‘lib qolishdan asraydi. Stakan uchta teshikka ega. Ulardan biriga 
suruvchi kameralarda suruvchi patrubok (qisqa-tarmoqlangan truba) ulangan. Oqib 
o‘tuvchi kameralarda bu teshik probka bilan berkitib qo‘yiladi. Qolgan ikkita teshik bir-
biriga qarama-qarshi joylashgan bo‘lib, oraliq mahsulotni qaytadan flotatsiyalash uchun 
kameraga qaytarishga xizmat qiladi. Agar oraliq mahsulot kameraga qaytarilmasi, 
teshiklarning biri probka bilan yopib qo‘yiladi, ikkinchisi esa tortish kuchi bilan 
so‘riluvchi shiber bilan yopiladi. shiber yordamida impellarga tushayotgan bo‘tananing 
sarfi boshqariladi. Suruvchi va oqib o‘tuvchi kameralar bir-biridan pastki qismida 
teshigi bor to‘siq bilan ajratilgan, shuning hisobiga kameralarda butana bir xil sathda 
ushlanadi. 
Mexaniq flotatsion mashinaning asosiy detali impellyerhisoblanib, u havoni surish va 
so‘rilgan havoni mayda zarrachalarga ajratishni ta’minlaydi va butanani havo bilan 
to‘yintiradi. Impellyerni aylanish tezligi qancha katta bo‘lsa, u shuncha ko‘p havoni 
so‘radi. Lekin bu tezlik xaddan tashqari katta bo‘lmasligi kerak, aksholda tez aralashish 
natijasida mineral zarrachaning havo pufakchasidan o‘zilishi sodir bo‘ladi. 
Mashina quyidagicha ishlaydi. Bo‘tanani yo‘qlovchi cho‘ntakdan patrubka orqali 
impellar ustidagi bushlikka suriladi, u yerdan katta tezlikda stator parraklari orasidan 
kameraga otib tashlanadi. Bu vaqtda impellyer zonasidagi bosimda farqhosil bo‘ladi va 
markaziy truba va patrubok orqali atmosfyeradan havo so‘riladi; so‘rilgan xavo juda 
ko‘p mayda zarrachalarga parchalanib, bo‘tanani butun xajmi bo‘yicha tarqaladi. 
Mineral zarrachalar bilan to‘qnashgan havo pufakchalari minerallashadi va 
butananing yuzasiga ko‘tariladi, ko‘pik holida ko‘pik haydovchi mexanizm yordamida 
tarnovchaga tushiriladi. 
Havo pufakchalari bilan ko‘tarilmay qolgan mineral zarrachalar,shu jumladan havo 
pufakchalaridan ajratib qolgan (o‘zilib) zarrachalar yana stator diskidagi teshikcha 
orqali impellar zonasiga so‘riladi. Birinchi kamerada flotatsiyalanmagan minerallar 
tusiqdagi teshik orqali oqib o‘tuvchi kameraga o‘tadi va u yerda flotatsiya qaytariladi. 
Oqib o‘tuvchi kamerada butana shiber bilan boshqariluvchi teshik orqali impellarga 
tushadi. 


143 
Oqib o‘tuvchi kameradan bo‘tana keyingi ikki kamerali sektsiyaga tushadi va jarayon 
qaytariladi. Flotatsiyalanmagan minerallar oxirgi kameradan chiqarib olinadi. 
Mexaniq flotatsion mashinalarning afzalligi ularga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning 
qulayligi hamda osonligi. 
Impellar va statordan iborat uzatgichli mexanizm bir bo‘lakda yigilgan bo‘lib, 
uni boshqasi bilan tez va oson almashtirish mumkin yoki boshqa istalgan kameraga 
o‘rnatish mumkin. 
3.12- jadval 
Mexanik flotatsion mashinalarningtexnik harakteristikasi 
 
Ko‘rsatkichlar 
ФМ-6,3 
Kameraning foydali hajmi,
6,3 
Kameralar soni 

Impellyerdiametri, mm 
600; 750 
Impellyerning aylanish tezligi, m/s 
6,5 
Bitta kameraga sarflanadigan havoning 
maksimal miqdori, m
3
/min 
3,5 
Bo‘tana 
bo‘yicha 
ishlab 
chiqarish 
unumdorligi, m
3
/min 
6 gacha 
Elektrodvigatel quvvati, kVt
6,3 
Ikki kamerali sektsiya’ning og‘irligi, t 
3,8 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling