144
ishlatiladi. Bu mashinalar aerolift printsipi bo‘yicha (havo yordamida ko‘tarilishi)
ishlaydi va shuning uchun aerolift mishanalar deb ataladi.
Vannaning chuqurligiga qarab, aerolift mashinalar 2 ga bo‘linadi:
1) mayda (vannaning chuqurligi 0,9m)
2) chuqur (vannaning chuqurligi 2,4 m dan 3 m gacha).
Chuqur
aerolift mashina vanna, aerolift, aeratordan iborat. Aerolift vannaning
markaziy bo‘limi
hisoblanib, mashinaning tubiga etmagan 2 ta vertikal to‘siq orqali
hosil qilingan. Aerator po‘latdan payvandlangan
quticha holida tayyorlanib, pastki
qismida aeroliftga havo kiradigan teshik bilan tamomlanadi.
Aeratorga havo markaziy
kollektordan ikkita havo o‘tkazuvchi quvurlar orqali berilib, teshikning butun kengligi
bo‘yicha tarqaladi. Havo o‘tkazuvchi quvur yuqorida (kanal) zulfin (surma qopqoq) ga
ega. Bo‘tana mashinaning bosh tarafida joylashgan qabulqiluvchi cho‘ntak orqali
vannaga beriladi. Havo aeroliftga ikki tomondan beriladi.
Mashinaning yonbosh
bo‘lmalaridagi bo‘tana havo bilan kam to‘yingani uchun markaziy bo‘lmadagi
bo‘tanaga nisbatan kattaroq zichlikka ega bo‘ladi va u aeroliftkameraga tomon intiladi.
3.8-rasm. Chuqur aerolift flotatsion mashina
Aerolift kamerada havo pufakchalarining maydalanishi bo‘tana havo
aralashmasining turbulent harakati tufayli yuzaga keladi. Minerallashgan xavo
pufakchalari aerolift kamerada yuqoriga ko‘tariladi va yo‘naltiruvchi to‘siqlar
yordamida yonbosh bo‘lmalarga otiladi. Bu maqsadda
aerokamera ustiga otboynik
(ushlovchi) o‘rnatiladi. Bo`tananiaralashtirish, tashish, bo‘tana-havo aralashmasini
145
aerolift kameradan chiqarish uchun kerak bo‘lgan havoteshik
orqali atmosferaga
chiqarib yuboriladi.
Pnevmatik flotatsionmashina FP-100 rangli, nodir, kamyob va qora metalllar rudalarini,
hamda ko‘mir va shu kabi foydali qazilmalarni boyitishda ishlatiladi. Hozirgi vaqtda
qo‘llanilayotgan mexanik va pnevmatik flotatsion
mashinalardan tuzilishining
soddaligi, harakatlanuvchi va tezishdan chiquvchi qismlarining yo‘qligi, kam metal va
elektrenyergiyaishlatilishi, kam joy egallashi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: