O’zbekistоn respublikаsi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi I. Mislibаyev, F. Umarov yer osti konchilik ishlari texnologiyasi


Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/100
Sana23.11.2023
Hajmi7 Mb.
#1795646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
Дарслик Мислибаев

Qavatli tayyorlash usuli. Agar shaxta maydoni yoki gorizontni og‘ish bo‘yicha 
cho‘ziqlik' yo‘nalishiga nisbatan uzun uchastkalarga ajratilsa, bunday uchastkalar qavat 
deb yuritiladi va shaxta maydonini qazishga tayyorlash qavatli usulida amalgd oshiriladi. 
Qavat — bu og‘ish bo‘yicha tashish va shamollatish shtreklafj bilan, cho‘ziqlik 
bo‘yicha shaxta maydoni chegaralari bilaij chegaralangan shaxta maydonining bir qismi 
(1.4-rasm, a) Qavatni chegaralovchi shtreklar qavat shtreklari deb ataladi Gorizontdagi 
barcha qavatlarga bitta bremsberg yoki uklon xizmaj ko‘rsatadi, shu sababli ular kapital 
bremsberg yoki kapital ukloij deb yuritiladi. 
O`ta qiya va tik qatlamlarda har bir qavat o‘ziga xizmat qiluvchi kvershlaglar bilan 
chegaralanadi, ya’ni pastdan tashish va yuqoridan shamollatish kvershlaglari bilan 
chegaralanadi.
Qatlamning og‘ish chizig‘i bo‘yicha qavatning yuqori va pastki chegaralari 
orasidagi masofa uning vertikal balandligi deyiladi va u quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: 

sin


kv
k
h
h
(1.1)
k
h
- qavatning vertical tekisligida proeksiyasining balandligi; 
kv
h
- qavatning qiyalik bo`yicha balandligi; 

- qatlamning og`ish burchagi. 
Ko‘p hollarda qavat qanoti cho‘ziqlik bo‘yicha kichikroq qismlarga bolinadi va ular 
orqali uchastka (oraliq) bremsbergi yoki sirpanmalar (skatlar) o‘tiladi. [8] 
Bitta bremsberg yoki sirpanma xizmat ko‘rsatadigan qaval qismi qazish maydoni 
deb ataladi. Ushbu lahimlarning o‘tilgai joyiga nisbatan qazish maydoni bir tomonli yoki 
ikki tomonl bo‘lishi mumkin. 
Og‘ ish yo‘nalishi bo‘yicha qazish maydoni ikki qismga ajratiladi, bu qismlar 
nimqavat (yarim qavat) deyiladi. Ular o'rtasidan o`tilgan oraliq (nimqavat) shtreki 
nimqavatlar chegarasi hisoblanadi. 

Download 7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling