O’zbekistоn respublikаsi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi I. Mislibаyev, F. Umarov yer osti konchilik ishlari texnologiyasi
-§. Yupqa o`ta qiya (tik) qatlamlarni ship-pog`onali sidirg`asiga
Download 7 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик Мислибаев
7.5.3-§. Yupqa o`ta qiya (tik) qatlamlarni ship-pog`onali sidirg`asiga
qazish tizimi Bu tizimda qavat nimqavatlarga bolinmasdan, qavat kversh- laglaridan har ikki tomon yo`nalishda qatlam bo`ylab qavat shtreklari o`tkaziladi (7.10-rasm). 7.10 -rasm. Yupqa o`ta qiya qatlamlarni ship-pog`onali sidirg`asiga qazish tizimi: 1 — kvershlag; 2 — qavat tashuvchi shtreki; 3 — kesuvchi pech; 4 — prosek; 5 - shamollatuvchi pech; 6 — shamollatuvchi shtrek. Tashish kvershlagidan 10 m masofada qisqa pech o`tkazilib, undan tashish shtrekiga parallel prosek o`tkaziladi va u shtrek bilan pechlar orqali tutashtiriladi. Kesuvchi pech o`tkazilgandan so`ng ko`mir qatlamida kavjoyga pog`ona shaklini beruvchi kirmalar pastdan yuqoriga yo`nalishida hosil qilinadi. Pog`onaning tushish bo`yicha olchami — pog`ona uzunligi, cho`ziqlik bo`yicha ikki pog`ona o`rtasidagi masofa pog`ona o`zishi deyiladi. Barcha pog`onalar o`rtasidagi o`zish masofalarining yig`indisi pog`onalarning cho`zilishi deb ataladi. Pog`ona balandligi qazilayotgan qatlamdagi ko`mirning qattiqligiga bog`liq bolib, qattiq ko`mirlar uchun 8—12 m, yumshoq ko`mirlar uchun esa 12—16 m bo`lishi mumkin. Pog`onalarning o`zishi qazib olinayotgan qatlam tiliklariga nisbatan karrali ravishda oshib borishi kerak. Masalan, tilik kengligi 0,9 m bo`lsa, o`zishi 1,8, 2,7, 3,6 ga teng bolishi kerak. Pog`ona balandligi qancha katta bolsa, o`zish kengligi ham shuncha katta bo`ladi. Biroq o`zish kengligi oshib borgan sari osilib turadigan ko`mir 231 massivining qulab tushish xavfl ham ko`payib boradi. Shu sababli qattiq ko`mir qatlamlarini qisqa pog`onalar bilan qazishda pog`onani o`zishi 1,8 m, yumshoq ko`mirlarda 3,6 m dan oshmasligi tavsiya etiladi. Ship-pog`onali sidirg`asiga qazish tizimi atrof jinslarining mustahkamlik xususiyatlari va gazdorlik darajasi qanday bolishidan qat`i nazar o`ta qiya (tik) yupqa va o`rtacha qalinlikdagi (1,5 m gacha) ko`mir qatlamlarini qazib chiqarishda qollaniladi. Bu qazish tizimi kon-tayyorlov lahimlarining hajmi kichikligi, ularni o`tkazishda boshi berk kavjoylarning yo`qligi kabi afzalliklarga ega bolish bilan bir qatorda kamchiliklardan ham xoli emas. Kon lahimlarini saqlab turish xarajatlarining kattaligi, ko`mir qatlamini oldindan qo`shimcha razvedka qilish imkoniyatining yo`qligi ushbu qazish tizimining kamchilik sirasiga kiradi. Kavjoy to`g`ri chiziqli bo`lgan lava-qavat sidirg`asiga qazish tizimi tik qatlamlar ko`mirini faqat kombaynlar bilan qazib olishda qo`llanishi mumkin. [9] Download 7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling