O’zbekistоn respublikаsi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi I. Mislibаyev, F. Umarov yer osti konchilik ishlari texnologiyasi
-§. Qisqa kavjoyli qazish tizimlari
Download 7 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик Мислибаев
7.8-§. Qisqa kavjoyli qazish tizimlari
Qisqa kavjoyli qazish tizimlariga kamerali, kamera-stolbali va qisqa stolbali tizimlar kiradi. Bu qazish tizimlari uchun koni bosimini boshqarish usuli umumiy bo`lib, qatlam shipining qulab tushishiga vaqtinchalik yoki doimiy qoldiriladigan saqlovchi butunliklar i yordamida yo`l qo`yilmaydi. Ko`mir qazish ishlari esa qisqa kavjoylar bilan amalga oshiriladi (7.12-rasm). Kamerali qazish tizimi qollanilganda qazish ishlari kameralarda bajariladi. Kameralar orasida keyinchalik qazib olinmaydigan saqlovchi butunliklar qoldiriladi. Kameralar qatlam cho`ziqligiga nisbatan turli burchaklar ostida barpo etilishi mumkin. Shu bois kamerali tizim shaxta maydonini polli tayyorlashda ham, qavatli tayyorlashda ham qo`llanishi mumkin. Kameralar doimiy va davriy joylashishi mumkin: birinchi holatda kameralar orasida o`lchamlari teng bolgan texnologik saqlovchi butunliklar qoldiriladi, ikkinchi holatda esa qavat (yarus) hududida uchastkalarni bir-biridan ajratuvchi ancha keng saqlovchi butunliklar qoldiriladi. 235 7.12-rasm. Ko`mirni kombaynlar yordamida kamerali qazib olish tizimi. Kameralar kengligi atrof jinslarning fizik-mexanik xususiyatlariga ko`ra 4- 12 m, uzunligi esa 200-300 m gacha bolishi mumkin. Kameralar orasidagi saqlovchi butunliklar kengligi 2-6 m, uchastka saqlovchi butunliklarining kengligi 5-10 m bolishi mumkin. Kameralarda ko`mir qazish burgllab portlatish yoki mexanik usullarda olib borilishi mumkin. Kamerali qazish tizimi MDH mamlakatlari ko`mir konlarida juda kam qollaniladi, O`zbekistonda esa umuman qollanilmaydi, chunki bu qazish tizimi qollanilganda foydali qazilmaning yo`qotilishi 40% va undan ham ko`proq bolishi mumkin. Kamerali qazish tizimi AQSH, Kanada, Avstraliya va boshqa chet el mamlakatlarida qollaniladi. Bu mamlakatlardagi ko`mir, tuz va boshqa mineral xomashyo konlarining kon-geologik, kon- texnik sharoitlari ushbu tizimni samarali qollash uchun imkon beradi. Kamera-stolbali qazish tizimi qalinligi 1,5-3 m, oglsh burchagi 15° gacha bolib, 300 m gacha chuqurlikda joylashgan ko`mir qatlamlarini qazishda samarali qollanishi mumkin. Qatlam atrof jinslari turg`un va o`rtacha turg`unlikka ega hamda gazdorlik darajasi 10 m3/t dan ko`p bolgan qatlamlarni qazishda qo`llanilganda kamera-stolbali tizimning samaradorligi yanadaj ko`proq bo`ladi. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan bu qazish tizimi o`z-o`zidan yonishga moyil, to`satdan ko`mir va gaz otilib chiqishi xavfiga ega, shuningdek, kon zarbasi bolishi mumkin bolgan ko`mir qatlamlarini qazish uchun tavsiya etilmaydi. 236 Kamera-stolbali qazish tizimida shaxta maydoni pollargal bo`linadi, ularning o`lchamlari qatlamning yotish sharoitigai nisbatan aniqlanadi. Polning qiya lahimidan kengligi 3,6-5,4 m bo`lgan juft shtreklar o`tkaziladi va ular anker mustahkamlagichlari bilan mustahkamlanadi. Yarusning qiyaligi bo`yicha balandligi 160-200 m bo`lib, teskari yo`nalishda qaziladi. Kamera-stolbali qazish tizimi qo`llanilganda kengligi 5,4 m bo`lgan kameralar qatlam ko`tarilishi yo`nalishida yarusning bor balandligi bo`yicha o`tkazilib, anker mustahkamlagichi bilan mustahkamlanadi. Kameralar orasidagi saqlovchi butunliklar kengligi 12-15 m gacha bolishi mumkin. Dastlab o`zaro har 35-40 m da tutashtirmalar bilan birlashtiriladigan ikkita kamera o`tkaziladi. Ikkinchi kamera o`tkazilgandan keyin (bu kamera ehtiyot chiqish va shamollatuvchi lahim vazifasini ham o`taydi), shamollatish shtreki orqali kombayn birinchi kameraga kiritiladi va kameralararo qoldirilgan saqlovchi butunliklarni diagonal kirmalar bilan qazish boshlanadi. Qazish tartibi yuqoridan pastga boladi. Kirma (zaxodka) - bu qisqa kavjoy bolib, qazilgan bo`shliqqa bevosita yondashadi. Kirmaning uzunligi 7 m atrofida bocladi. Kirmalar orasida eni 1,0-1,5 m bolgan saqlovchi butunliklar qoldirilgan bolib, ular keyinchalik mustahkamlagichlar qollanmasdan qazib olinishi mumkin. Kameralararo qoldirilgan saqlovchi butunliklar qazib olingandan so`ng uchinchi kamera o`tkaziladi, ikkinchi kameradan esa saqlovchi butunliklar bartaraf etiladi (qazib olinadi). Kamera-stolbali qazish tizimi qator afzallik va kamchiliklarga ega. Qazish va kon-tayyorlov lahimlarini o`tkazish ishlarida aynan bir rusumdagi agregatlar qollanishi natijasida kon-qazish ishlari texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarining yuqori bolishi tizimning asosiy afzalligi hisoblanadi. Biroq kamera-stolbali qazish tizimida ko`mirning yo`qotilishi juda katta (35-40% dan ham ko`proq bo`lishi mumkin). Shuningdek, ushbu tizimning qo`llanish doirasi ko`mir qatlamining og`ish burchagi, yotish chuqurligi va gazdorlik darajasi bilan cheklanadi. Download 7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling