O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


IV. KON MASSASINI QAZIB OLISHNING TEXNOLOGIK JARAYONLARI


Download 182.5 Kb.
bet5/16
Sana23.12.2022
Hajmi182.5 Kb.
#1050008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Yo\'ldoshboyev M.V BMI -2022y.

IV. KON MASSASINI QAZIB OLISHNING TEXNOLOGIK JARAYONLARI
IV.1.TOG’ JINSLARINI QAZIB OLIShGA TAYYORLASH
Maydalangan kon jinslarining maydalanish sifati bo’lakdorlik va bo’laklar o’rtasidagi bog’liqlik bilan tavsiflanadi.
Maydalangan kon jinslarining bo’lakdorligi yuqori darajadagi aniqlikda bo’laklar o’rtacha o’lchami (d­sr) bilan baholanishi mumkin.
Maydalangan kon jinslari bo’lakdorlik bo’yicha besh kategoriyaga bo’linadi.
1.Juda maydalangan kon jinslari - d­sr­<10 sm (eng yirik bo’laklarning o’lchami 40÷60 sm);
2.Mayda maydalangan kon jinslari - d­sr­=15÷25 sm (eng yirik bo’laklarning o’lchami 60÷100 sm);
3.O’rtacha maydalangan jinslar - d­sr­=25÷35 sm (eng yirik bo’laklarning o’lchami 100÷140 sm);
4.Yirik maydalangan kon jinslari - d­sr­=40÷60 sm (eng yirik bo’laklarning o’lchami 150÷200 sm);
5.Juda yirik maydalangan kon jinslari - d­sr­=70÷90 sm (eng yirik bo’laklarning o’lchami 250÷300 sm).
Portlatilgan jinslar uyumidagi o’lchamlari qazish texnologiyasi bo’yicha belgilangan o’lchamlardan katta bo’lgan kon jinslari bo’laklari nogabaritlar deb ataladi va ularni qayta (ikkilamchi) maydalanadi.
Kon jinslarining buzilishga bo’lgan qarshiligini baholash uchun akad. Rjevskiy V.V. kon jinslari buzilish qiyinligi ko’rsatgichini tavsiya etgan va bu ko’rsatgich quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Pbq=5·10­­­­-8 (Gsiq+Gsur+Gcho’z)Ktr+5·10-5·γ (2.1.1)
Bunda: Ktr kon jinslarining darzdorlik darajasini hisobga oluvchi koeffisiyent;
γ – kon jinslarining tabiiy holatdagi zichligi, g/sm3;
Gsiq ,Gsur ,Gcho’z- mos holda kon jinslarining siqilishga, surilishga va cho’zilishga ko’rsatadigan nisbiy qarshiligi, Pa.
Kon jinslari buzilish qiyinligi ko’rsatgichi bo’yicha besh sinfga bo’linib, har bir o’z navbatida besh kategoriyadan tashkil topadi.
I – sinf. yarimqoyasimon, pishiq va bo’laklari o’zaro bog’liq bo’lgan 1÷5 kategoriyalarni tashkil etuvchi yumshoq kon jinslari (Pbq=1÷5);
II – sinf. 6÷10 kategoriyalarni tashkil qiluvchi oson buziladigan qoyasimon kon jinslari (Pbq=5,1÷10);
III – sinf. o’rtacha qiyinlikda buziladigan qoyasimon kon jinslari bo’lib, 11÷15 kategoriyalarni tashkil qiladi (Pbq=10,1÷15);
IV – sinf. 16÷20 kategoriyalarga mansub bo’lgan qiyin buziladigan qoyasimon kon jinslari (Pbq=15,1÷20);
V – sinf. 21÷25 kategoriyalarni tashkil qiluvchi juda qiyin buziladigan qoyasimon kon jinslari (Pbq=20,1÷25).
Buzilish qiyinligi ko’rsatgichi Pbq>25 bo’lgan kon jinslari konchilik amaliyotida juda kam uchraydi.
Kon jinslarini qazishga tayyorlash keyingi jarayonlarni (kon massasini qazib olib transport vositalariga yuklash, qabul punktlariga tashish, ag’darma hosil qilish, qayta ishlash va boshqalar) bajarish uchun qulay sharoit va texnologik imkoniyatlar yaratish maqsadida amalga oshiriladi.
Kon jinslarini qazishga tayyorlash turli usullarda bajarilishi mumkin.
O’zbekiston polimetall konlarini ochiq usulda qazib olishda burg’ulab-portlatish usuli qattiq qoyasimon kon jinslarini qazishga tayyorlashda keng qo’llaniladi. Bu usulda qazishga tayyorlangan kon jinsi bo’laklarining chiziq bo’yicha maksimal o’lchami qazib-yuklash va tashish vositalarining parametrlariga mos kelishi zarur. Portlatilgan kon jinsi bo’laklarining maksimal o’lchami quyidagi qiymatlarda bo’lishi talab etiladi:


  • bir cho’michli ekskavatorlar uchun: lmax≤(0,7÷0,8)· ;

  • avtomobil va temir yo’l transporti uchun: lmax≤0,5· ;

  • konveyer transporti uchun lmax≤0,5Vk-0,1;

  • maydalash uchkunasi uchun lmax≤0,75Vm.

bunda: Ye – ekskavator cho’michining sig’imi, m3;
Vt-avtoag’dargich yoki dumpkar (vagon) kuzovi sig’imi, m3;
Vkkonveyer lentasining kengligi, m;
Vm – maydalagich qabul qilish panjarasi pastki qismining kengligi, m.
Yuqorida keltirilgan (talab etiladigan) o’lchamlamlardan katta bo’lgan kon jinslari bo’laklari nogabarit deyiladi va ularni qayta (ikkilamchi) maydalash lozim bo’ladi.
Portlatish usulida kon jinslarini massivdan ajratib olganda maydalangan jinslarning yoyilmasi uyumsimon shaklga ega bo’lishi va undagi nogabaritlar soni minimal hamda kon jinsi bo’laklarining maydalanish darajasi bir tekis bo’lishi shart.
Portlatilgan kon jinsining hajmi katta bo’lib, qazib-yuklash mashinasining uzluksiz, xavfsiz va yuqori texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlar bilan ishlashini ta’minlashi talab etiladi.
Yuqoridagi talablar va kondagi jinslarning xossalaridan kelib chiqqan holda Qalmoqir karerida barcha kon jinslari burg’ulash va portlatish ishlari yordamida qazib olishga tayyorlanadi. Bugungi kunda karerda jami 18 dona SBSh-250 rusumidagi burg’ulash stanogi mavjud bo’lib, ular yordamida kon jinslari massivida diametri 250 mm bo’lgan skvajinalar burg’ulanadi. Burg’ulash ishlarining yillik ish hajmi qariyib 500000 pog.m. bo’lib, bir oyda o’rtacha 42000 pog.m. burg’ulash ishlari bajariladi. Bunda burg’ulanadigan skvajinalar chuqurligi pog’ona balandligiga bog’liq bo’lib, quyidagilarni tashkil etadi: balandligi 22,5 m bo’lgan pog’onalarda 28 m va balandligi 15 m bo’lgan pog’onada 18 m.
Bunda 70% ga yaqin skvajinalar suvli gorizontlarda burg’ulanadi. Quruq skvajinalarni burg’ulashda suv-havo aralashmasi skvajinaga berib turilishi hisobiga burg’ulash ishlari natijasida hosil bo’ladigan changlar karer atmosferasini ifloslantirmasligi ta’minlanadi.
Burg’ulash uskunalariga texnik suvni tashish uchun karerda KRAZ rusumli har birining sig’imi 10 m3 bo’lgan 2 ta suv tashish mashinasi qo’llaniladi. Ular texnik suvni rudnik suv chiqarish joyidan olib kelib burg’ulash uskunalariga bo’shatadi. Ushbu ishlar kunduz kuni amalga oshiriladi. Yana shuni ham alohida ta’kidlash kerakki karerda burg’ulash ishlari faqatgina kunduzi, dam olish kunlarisiz 1 ta 12 soatlik smenada amalga oshiriladi, ya’ni smena ertalab 0700 dan kechki 1900 gacha davom etadi. Har bir burg’ulsh uskunasida mashinist va mashinist yordamchisi ishlaydi. Yil davomida bo’ladigan bayram kunlarida (9 ta bayram) burg’ulash ishlari amalga oshirilmaydi.
Burg’ulash snaryadi har birining uzunligi 8 m va diametri 243 mm dan bo’lgan 4 ta burg’ulash shtangasidan iborat. Bugungi kunda “Volgaburmash” firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan dolotalardan foydalanilmoqda. Bitta dolotaning narxi 870 AQSh dollari bo’lib, bitta dolota yordamida o’rtacha 750 m burg’ulash ishlari olib boriladi.
Portlatish ishlari “Olmaliq TMK” AJ ning portlatish ishlarini olib boruvchi uchastkasi tomonidan amalga oshiriladi. Portlatish vositalari karer maydonidan 25 km masofada joylashgan portlovchi moddalar tayyorlash zavodida tayyorlanadi. Portlatish ishlari har haftaning payshanba kunlari soat 1400 dan 1600 gacha amalga oshiriladi. Skvajinalarni zaryadlash ishlari haftaning dushanba-payshanba kunlari olib boriladi. Zaryadlangan seriyalar portlatish kunigacha maxsus qo’riqlash bo’limi tomonidan qo’riqlanadi.
Bugungi kunda burg’ulanayotgan skvajinalarning suvlilik darajasi quyidagicha: quruq skvajinalar - 30 %, suvli skvajinalar – 70%. Karer maydoni chuqurligining ortishi bilan parallel ravishda skvajinalarning suvlilik darajasi ortib boradi va pastki gorizontlarda ushbu ko’rsatgich 90-95% gacha yetadi.
Portlovchi moddaning solishtirma sarfi 1 m3 kon jinsi uchun 0.3 kg dan 0,63-0,7 kg gacha ko’rsatgichni tashkil etadi. Portlovchi moddaning o’rtacha sarfi quruq skvajina zaryadlarida 0,72 kg/m3 va suvli skvajina zaryadlari uchun 0,76 kg/m3 ni tashkil qiladi.
Kon jinslari portlash darajasi bo’yicha toifalariga bog’liq holda skvajina to’rlari har xil qiymatlarni tashkil etadi: 1-toifa kon jinslari uchun 9,5x9,5 m; 2-toifa kon jinslari uchun 8,5x8m va 3-toifa kon jinslari uchun 7x6,5m ni tashkil qiladi. 1 pog.m. skvajinaning portlovchi modda bo’yicha sig’imi 44 kg, skvajinadagi zaryad uzunligi 11-12m, zaboyka uzunligi 5-7 m bo’lib, 1 pog.m. skvajina zaryadi portlashidan hosil bo’ladigan kon jinslari hajmi 53-56 m3 ni tashkil qiladi.
Trashneyalarni o’tishda skvajinalar to’ri 2-toifa kon jinslari uchun 6,5x6 m ni tashkil qilib, portlovchi modda solishtirma sarfi 0,65 kg/m3 va 1 pog.m. skvajina portlashidan hosil bo’ladigan kon jinslari hajmi 33-40 m3 ni tashkil etadi.
Karerda emulgit-30.50.60 rusumli portlovchi moddalar qo’llaniladi.
Emulsiyani ishlab chiqarish uchun quyidagi komponentlardan foydalaniladi:
Selitra eritmasi -89,5%;
Dizel yoqilg’isi-5,2%;
Olein kislotasi-3,7%;
Suvli ammiak-1,6%;
Oynali mikrosferalar-2%.
Oynali mikrosferalardan boshqa yuqorida sanab o’tilgan barcha komponentlar O’zbekistonda ishlab chiqariladi. Emulsiyani tayyorlash jarayoni to’liq avtomatlashtirilgan bo’lib, bu jarayon zavoddagi maxsus modul uskunasida amalga oshiriladi. Emulsiya pastaga o’xshash suyuq konsistensiya bo’lib, u zarba va yonib ketishga xavfsiz.
Emulsiyali portlovchi modda bu ANFO va emulsiyaning aralashmasidir. ANFO – bu 94% granullangan ammiakli selitra va 4% dizel yoqilg’isining aralashmasidir. Ushbu komponentlarni aralashtirish zavoddagi stasionar joylashgan uskuna yordamida yoki zaryadlash mashinasida amalga oshiriladi.
Emulsiyali portlovchi modda xavfsizligi, arzonligi, suvga chidamliligi va saqlash muddati uzoqligi bilan boshqa portlovchi moddalardan ajralib turadi.
Qolmoqir kareri bo’yicha 2020 yil uchun 31 mln. m3 kon jinsini qazish-yuklash ishlariga portlatib tayyorlash rejalashtirilgan bo’lib, shundan 1,275 mln.m3 kon jinsini transheyali sharoitlarda portlatilish ko’zda tutilgan.
Portlovchanlik toifalari bo’yicha portlatiladigan kon jinslarining hajmi quyidagicha taqsimlangan:
1-toifa: 2,9725 mln. m3
2-toifa: 14,01375 mln.m3
3-toifa: 14,01375 mln.m3
transheyali sharoitlarda: 1,275 mln.m3
Menga berilgan ma’lumot Markaziy karyer sharoitida 10000000 m3. Bir haftada portlatiladigan kon jinslari hajmi quyidagini tashkil qiladi:
pog’onalar bo’yicha:
Vt.j.= 1000000/52=192308 m3
bunda: 52- bir yildagi haftalar soni;
transheyalar bo’yicha:
Vt.j.=1275000/52=24519 m3
Ma’lumki, Qolmoqir kon boshqarmasi Markaziy karerida pog’onalar balandligi 15 m ni tashkil etadi, ya’ni karerda ish olib borilayotgan jami pog’onalar 60% uning balandligi 15 m va qolgan 40% pog’onalar balandligi 22,5 m .
Yuqoridagilardan foydalanib, balandligi 15 m bo’lgan pog’onalarda 1 haftada portlatiladigan kon jinsi hajmini quyidagicha aniqlash mumkin:
15 m li pog’onalarda:
Vt.j.= 192308∙0,6=115385 m3
Kerakli hajmdagi kon massasi hajmini portlatish uchun olib boriladigan portlatish seriyasi quyidagini tashkil qiladi:
balandligi 15 m pog’onalarda – 11 ta seriya;
transheyali sharoitlarda – 1 ta seriya.
Berilgan hajmdagi (ya’ni 10000000 m3) kon jinslarini portlatish uchun bir haftada jami 20 ta seriyani portlatish talab etiladi.
Agarda 1 pog.m. skvajina portlatilganda o’rtacha 56 m3 kon jinsi maydalanishini hisobga olsak balandligi 15m bo’lgan pog’onada bitta skvajinadan 1008 m3 kon jinsi chiqishini aniqlash mumkin.
Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib barcha seriyalardagi skvajinalar sonini quyidagicha aniqlash mumkin:
balandligi 15 m pog’onalarda:
Nskv=115385/1008=115 ta yoki bitta seriyada o’rtacha 12 ta skvajina;
Transheya o’tishda 1 ta skvajinadan chiqadigan kon jinslari hajmi o’rtacha 151,3 m3 ekanligini hisobga olgan holda transheyali sharoitlarda bitta seriyada portlatiladigan skvajinalar sonini quyidagicha aniqlash mumkin:
Nskv=24519/151,3=162 ta skvajina.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Qolmoqir kon boshqarmasi Markaziy karerida bir haftada o’rtacha 648 ta skvajina portlatiladi. Endi shu skvajinalarni zaryadlashga sarflanadigan portlovchi modda sarfini hisoblaymiz.
Karerda portlovchi moddaning solishtirma sarfi suvli skvajinalarda o’rtacha 0,76 kg/m3 va quruq skvajinalarda 0,72 kg/m3 ni tashkil etishi va skvajinalarning 70% i suvli skvajinalar ekanligini hisobga olib portlovchi modda sarfini quyidagicha hisoblash mumkin:
Balandligi 15 m bo’lgan pog’onada burg’ulangan bitta skvajinaga o’rtacha 0,76*1008=766kg, portlovchi modda sarflanadi. Transheyali sharoitlarda bitta skvajinaga o’rtacha 0,72*151,3=109 kg portlovchi modda zaryadlanadi.
Endi bitta seriyaga sarflanadigan portlovchi modda sarfini aniqlaymiz:
Balandligi 15 m bo’lgan pog’ona uchun:
Qser=12∙766=9192 kg
Endi quyida Qolmoqir kon boshqarmasi Markaziy karerida portlatish tarmog’ini montaj qilish ishlarini ko’rib chiqamiz.
Qolmoqir kon boshqarmasi Markaziy karerida portlatish tarmog’i sxemasini hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Kon massasining talab etilgan maydalanish darajasiga erishish uchun portlatish ishlari loyihasiga ko’ra qisqa sekinlatilgan portlatishdan foydalaniladi.
Skvajina zaryadlarini qisqa sekinlatilgan portlatish amalga oshirishda “Nonel” noelektrik tizimi bilan birgalikda birdaniga portlovchi ED-8-E va ED-8-J elektr detonatorlari yoki qisqa sekinlatilgan EDKZ-PKM-15 va EDKZ-P-25 elektr detonatorlaridan foydalaniladi.
Portlatish tarmog’ini montaj qilish ishlari amaldagi xavfsizlik qoidalari va yo’riqnomaga asosan skvajinaga zaryadni joylashtirib bo’lgandan so’ng amalga oshiriladi. Loyihaga muvofiq portlatish tarmog’ini montaj qilish “Nonel” noelektrik tizimi (asosiy variant) yordamida va elektr portlatish tarmog’ida esa DSh ning skvajina ichidan yer yuziga chiqib turgan qismini EDKZ-PKM-15 yoki EDKZ-P-25 qisqa sekinlatilgan elektr detonatorlarga ulash amalga oshiriladi.
Bunda sekinlatish vaqti (tz) o’rtacha 33,4 ms ni tashkil qiladi. Shuningdek baland pog’onalarni (22,5 m) portlatishda ushbu ko’rsatgich 67÷176 ms gacha o’zgaradi.Magistral o’tkazgichning uzunligi zahirasi bilan 250 m ni tashkil qiladi.Elektr usulida portlatish ishlarini amalga oshirishda montaj qilingan elektr tarmog’ining umumiy qarshiligi quyidagicha hisoblanadi:
Rum=Rm+nRED, Om
bunda: Rm – magistral o’tkazgichning qarshiligi, Om;
n – bitta seriyadagi ED lar soni, dona;
RED – ED ning qarshiligi bo’lib, hisoblash ishlarida RED =3 Om ga teng qilib olinadi.
Rm=P*(L/S)=0.0175*(250/0.75)=5.8 Om
bunda: P – misdan tayyorlangan o’tkazgichning elektr qarshiligi, Om;
L – o’tkazgich uzunligi, m;
S – o’tkazgichning ko’ndalang kesim yuzasi, mm2.
U holda elektr tarmog’ining umumiy qarshiligi quyidagiga teng bo’ladi:
Rum=5.8+90*3=275 Om
KPM-1A portlatish mashinkasi uchun elektr detonatorlarni ketma-ket ulashdagi elektr tarmog’ining nominal qarshiligi 300 Om va KPM-ZU1 mashinkasi uchun bu ko’rsatgich 600 Om ga teng. Amaliyot ishlari ko’rsatishicha bitta portlatish mashinkasi yordamida 90 tagacha skvajina zaryadini bitta seriyada portlatish mumkin.
Portlatish skvajinlarini burg’ulash deganda burg’ulash uskunasi bilan kon jinsini buzish va burg’ulash natijasida hosil bo’lgan kon jinslari mayda bo’laklarini yuqoriga chiqarish tushuniladi. Skvajinlarni burg’ulash samaradorligi ko’pgina omillarga bog’liq bo’lib, ulardan asosiysi kon jinslarini burg’ulanuvchanligi hisoblanadi. Kon jinslarining burg’ulanuvchanligi – bu kon jinsining burg’ulash asbobi ta’sirida buzilish xususiyatidir. Kon jinslarining burg’ulanuvchanligi bilan mos holda burg’ulash dastgohlarining texnologik ko’rsatgichlari tanlab olinadi.
Kon jinslarini qazib olishga tayyorlash jarayoni qazib olishning samaradorligini ta’minlash maqsadida, kon jinsining tabiiy holatini o’zgartirishga yo’naltirilgan jarayonni o’z ichiga oladi.
Kon jinslarini qazib olishga tayyorlashda pog’onadagi qattiq kon jinslari portlatish yordamida parchalanadi va o’rtacha qattiqlikdagi kon jinslari esa mexanik usul bilan parchalanadi.
Mexanik usul bilan maydalash portlatish usuli bilan maydalashga qaraganda ancha foydalidir, chunki unumdorligi yuqori, tannarxi kichik va ishdagi xavfsizligi yuqoridir. Mexanik usul bilan maydalashni mustaxkamlik koeffisiyenti f=8 gacha bo’lgan kon jinslariga qo’llash mumkin.
Portlatib yumshatish usuli mustahkamlik koeffisiyenti f=8 dan yuqori bo’lgan kon jinslariga qo’llaniladi. Ochik kon ishlari amaliyotida kon jinslarini qazib olishga tayyorlashda portlatib maydalash usuli keng qo’llaniladi. Portlovchi moddalarni kon jinsi massiviga qo’llashning 5 xil ko’rinishi mavjud:
1.Kamera zaryadlarini qo’llash usuli (tog’li sharoitlarda transheyalarni hosil qilish uchun ommaviy portlatishlarda qo’llaniladi);
2.Qozon zaryadlarini qo’llash usuli (baland va tik pog’onalarda zaryad massasini oshirish uchun qo’llaniladi);
3.Skvajinali zaryadlash usuli;
4.Shpurli zaryadlash usuli (asosan, qurilish materiallarini qazib olishda ko’prok qo’llaniladi);
5.Quyma zaryadlash usuli (ikkilamchi maydalash va yordamchi ishlarda qo’llaniladi).
Bunda asosan burg’ulash va portlatish ishlarining parametrlari xisoblanadi: Bunda burg’u stanogining parametralari asosida burg’ulash stanogining smenalik, yillik unumdorliklari va ular asosida stanoklar soni aniqlanadi va har bir burg’ulangan skvajinaga qancha portlovchi modda sarfi ketishi aniqlanadi.
Biz hisoblash ishlarini Qolmoqir kareri sharoitida mustahkamlik darajasini inobatga olgan holda ko’rib chiqayotganligimiz uchun asosan SBSh rusumli stanoklardan foydalanamiz va ularning bizga maqul bo’lgan turini tanlaymiz.
Kon jinslarining burg’ulanuvchanligi burg’ulash usuli, burg’ulash asbobi konstruksiyasi va kon jinsi buzilishiga tasir qiluvchi omillarga bog’liq. Akademik V.V. Rejevskiy kon jinslarining burg’ulanuvchanligi bo’yicha ( faqatgina tog’ jinslari xususiyatlariga bog’liq xolda ) mexanik burg’ulashdagi ko’rsatkichi bo’yicha tog’ jinslarini ajratgan. Unga muvofiq burg’ulanuvchanlik ko’rsatkichi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Pb = 8 ( Gsj + Gcdv) + 8 γ
bunda, Gsj – tog’ jinsining bir o’q bo’yicha siqilishga chidamlilik chegarasi, MPa;
Gcdv - tog’ jinsining siljishga bo’lgan qarshilik chegarasi, MPa;
γtog’ jinsining zichligi, t/m3.
Burg’ulanuvchanlik ko’rsatkichi bo’yicha tog’ jinslari 5 ta sinfga bo’linadi. Har bir sinf tarkibiga 5 turkum (kategoriya) kiradi:
I - sinf – yengil burg’ulanuvchi jinslar, 1dan – 5 kategoriyagacha:
( Pb = 1 5)
II - sinf – o’rtacha qiyinchilikda burg’ulanuvchi jinslar, 6 dan – 10
kategoriyagacha: ( Pb = 5,1 10)
III - sinf – qiyin burg’ulanuvchi jinslar, 11 dan – 15 kategoriyagacha: ( Pb = 10,1 15)
IV - sinf – juda qiyin burg’ulanuvchi jinslar, 16 dan – 20
kategoriyagacha: ( Pb = 15,1 20)
V sinf – haddan tashqari qiyin burg’ulanuvchi jinslar, Pb 25 ko’rsatkichga ega bo’lgan tog’ jinslari kategoriyadan tashqari jinslar deyilib bunday jinslar kamdan – kam uchraydi. Qolmoqir konidagi tog’ jinslari burg’ulanuvchanlik darajasi bo’yicha o’rtacha qiyinlikda burg’ulanuvchi va qiyin burg’ulanuvchi jinslar sinfiga kiradi.
Portlatish skvajinlarini burg’ulash uchun skvajin koviga buzuvchi kuchlanish ta’siri bo’yicha 3 ta guruhdagi stanoklardan foydalaniladi.

Download 182.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling