O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali
I.QOLMOQIR KONINING KON-GEOLOGIK TAVSIFI
Download 182.5 Kb.
|
Yo\'ldoshboyev M.V BMI -2022y.
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.2 KONNING KON-GEOLOGIK TAVSIFI VA KON-TEXNIK ShAROITLARI
I.QOLMOQIR KONINING KON-GEOLOGIK TAVSIFI
I.1 KON HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT Olmaliq ruda rayoni Qurama konlarining shimoliy kon oldi xududiga, Oxangoron daryosi chap qirg’og’iga joylashagan. Toshkent shaxridan 65 km sharqi – shimolda joylashgan Olmaliq shaxri rayonning sanoat markazi xisoblanadi. Olmaliq mis – porfir konlari 750-1350 m dengiz satxidan balandda joylashgan bo’lib, Markaziy Osiyoda rangli metallurgiyaning muxum xom ashyo bazasi xisoblanadi. Olmaliq xududi klimati kontinental bo’lib, yoz xarorati +35 ÷ 400 ni, qish harorati esa -250 gacha bo’lishi mumkun. Qolmaqir koni juda qulay jug’rofiy – iqtsodiy sharoitga ega bo’lib, konchilik va metallurgiya sanoati rivojlangan Olmaliq – Angren sanoat xududiga joylashgan. Xozirgi vaqtda Olmaliq shahrida rux, kimyo va mis zavodlari shunigdek, Sariq-Cho’qqi, Qolmoqir va boshqa polimetall konlaridan qazib olingan rudalarni qayta ishlaydigan Mis-boyitish fabrikalari samarali faoliyat yuritmoqda. Kon qazish korxonalari, shahar va qishloqlar aholisi shuningdek, metallurgiya zavodlari, fabrikalar va boshqa energiya iste’molchilari Angren GRESi va Olmaliq Issiqlik energiyasi markazi (IEM) tomonidan energiya bilan ta’minlanadi. Qolmoqir karerining qurilishi 1954 yilda boshlangan va 1959 yilda ekspluatasiya qilishga topshirilgan. Hozirgi vaqtda karerning parametrlari quyidagicha: yer yuzi bo’yicha uzunligi 4200 m; kengligi 2000 m; eng yuqori belgidan karer tubigacha chuqurligi 470 m; karer bortlari qiyalik burchagi 35 – 400; Karerning yilik unumdorligi: kon massasi bo’yicha 33000 ming m3; qoplama jinslar bo’yicha 19400 ming m3; ruda qazib olish bo’yicha 33 000 ming t; ochish koeffisiyenti 1.8 m3/m3 I.2 KONNING KON-GEOLOGIK TAVSIFI VA KON-TEXNIK ShAROITLARI Qolmoqir konining geologik strukturasi cho’kindi, magmatik va metomorfik kon jinslaridan tashkil topgan. Sarg’ish qumtoshlar va kulrang oxaktoshlar cho’kindi jinslar tarkibiy qismi xisoblanadi. Magmatik jinslar tarkibini kvars-porfir, granodiorit-porfir, sionit-porfir va diorit kabi kon jinslari tashkil qiladi. Metomorfik kon jinslari esa, asosan, ikkilamchi kvarsitlar va marmarlashgan magmatik jinslardan tashkil topgan. Kondagi rudalar granodiorit porfirlar shtokining egzokontakt zonasida yertomir ko’rinishida joylashgan bo’lib, u sionitlar guruhi jinslari bilan alohida kichik (nuqtasimon) bo’laklarga ajratilgan. Ruda va kon jinslari massivi bir-biriga yaqin (zich) darzlar to’ri bilan katta va kichik bloklarga bo’lingan bo’lib, yoriqlar erigan minerallar bilan to’lgan. Kon jinslarining qattiqlik koeffisiyenti professor M.M. Protodyakonov shkalasi bo’yicha 6-10 dan 14 gacha o’zgaradi. Sulfit rudalarining zichligi 2,6÷2,8 t/m3, kon jinslarining zichligi esa 2,4÷2,6 t/m3. Ruda va kon jinslarining ko’pchish koeffisiyenti 1,5 ga teng. Qolmoqir koni Nakpaysoy va Olmaliqsoy daryolarining suv ayirish joyiga joylashgan. Yer osti suvlarining statistik satxi 710-660 m balandlik belgisiga to’g’ri keladi. Grunt suvlarining satxi fasllar bo’yicha o’zgaruvchan bo’lib, yozda pasayadi, bahor va kuzda ko’tariladi. O’zgarish ampletudasi 4-6 m ni tashkil qiladi. Yer osti suvlari bosimsiz va kichik oqimga ega bo’lib, Nakpay-soy hamda Olmaliqsoy daryolari yuqori qismiga joylashgan darzdor ruda zonalari orqali sizilib ularga quyiladi. Karerning +700 m balandlik belgisidan pastga joylashgan jinslar butunlay suvdor bo’lib, undan yuqoriga joylashgan jinslar suvdorlik darajasi kichik. Chunki ularning suvdorligi, asosan, atmosfera yog’inlari natijasida sodir bo’ladi. Barcha yer osti suvlari jinslardagi yoriqlar bo’ylab sizilib, karerga oqib tushadi. Karer jinslarining umumiy suvdorlik darajasi 65-68% ni tashkil qiladi. Qolmoqir koni uchta karer bilan qazib olinadi: Konni ochish, Sharqiy va Markaziy karerlar, amalda esa har uchchala karer bitta karer hisoblanadi. Ochish va foydali qazilmani qazib olish ishlari hozirgi vaqtda 27 ta pog’onada olib boriladi. Ulardan 18 tasining balandligi loyiha bo’yicha – 15 m, 9 tasiniki esa – 22,5 m. Pog’onalarning qiyalik burchagi 70-800. Karerda transportli qazish tizimi qo’llanadi va qoplama jinslar tashqi ag’darmaga tashiladi. Kon massasini tashish asosan temir yo’l transportida, qisman esa avtotransport yordamida amalga oshiriladi. Bunda katta ilashish kuchiga ega bo’lgan elektrovozlar, yuk ko’tarish qobiliyati 105 tonnali dumpkarlar, 130 va 220 tonnali BelAZ rusumli avtoag’dargichlardan foydalaniladi. Qazib olingan kon massasi dumpkar va avtooag’dargichlarga 20 dan ortiq EKG-8I, EKG-5U, EKG-12,5, EKG-15 rusumli, cho’mich xajmi 6.3 dan 15 m3 gacha bo’lgan ekskavatorlar bilan yuklanadi. Skvajinalar SBSh-250 MNA-32 rusumli burg’ulash stanoklari bilan burg’ulanadi. Portlatish yordamida kon massivini maydalash usuli sifatida asosan, vertikal skvajina zaryadlari usuli qabul qilingan. Skvajina zaryadlarini portlatish detonasiya piligi va elektrik usullarda amalga oshiriladi. Portlatish ishlari – skvajinalarni portlovchi moddalar bilan zaryadlash va ularni tiqinlash ishlari zaryadlash mashinalari yordamida bajariladi. Karerda qo’llanayotgan ekskavatorlar cho’michining o’lchamlariga nisbatan portlatilgan kon massasidagi konditsion bloklarning maksimal o’lchami 1500 mm dan oshmasligi lozim (MOF ga o’rnatilgan tegirmonning qabul qilish panjarasi bo’yicha). Portlatilgan kon massasidagi nokonditsion (nogobarit) bo’laklarning miqdori 1,5-2,0 % ni tashkil qiladi. Nogobaritlarni ikkilamchi maydalash, asosan, ustquyma portlovchi modda zaryadlari yordamida bajariladi. Qolmoqir kareri uzluksiz yillik rejimda ishlaydi. Sutkalik ish rejimi ham uzluksiz – 12 soatlik ish smenada kon ishlari bajariladi. Portlatish uchastkasi 5 ish kunlik xafta bo’yicha uzlukli rejimda faoliyat yuritadi. Portlatish ishlari xaftada bir marta (payshanba kuni soat 1400 – 1600 da) bir necha gorizontlarda bajariladi. Transheyalar o’tishda esa, zarurat tug’ilganda. Download 182.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling