O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universityeti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Download 1.68 Mb.
bet25/36
Sana25.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1120335
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
Bog'liq
Meliyev БИ Охри Malaka oshirish (2)

Termostat – avtomatik klapan boʻlib, sovuq dvigatelning yurgazilganda uning tez qizishiga imkon yaratish bilan radiatordan oʻtayotgan suyuqlik miqdorini rostlab sovitish tizimida optimal haroratni saqlashda xizmat qiladi. Avtomobil dvigatellarida suyuqlikli va qattiq toʻldirgichli termostatlar qoʻllaniladi (9-rasm).

9-rasm. Termostatlarning umumiy ko‘rinishi
Suyuqlik termostatining balloni boʻyiga elastik xususiyatga ega, qobirgʻali slindr shaklida yupqa latundan yasalgan boʻlib, ichiga tez bugʻlanadigan etil spirtning suvli aralashmasi toʻldiriladi. Ballon termostatning korpusiga joylashtirilgan boʻlib, uning yuqori qismiga klapanning shtogi skoba bilan birga kavsharlangan. Sovuq dvigatelni yurgazilganda uning sovitish tizimidagi suyuqlikning harorati 70°C dan past boʻlganligi sababli ballondagi bosim kichik boʻlib, qobirgʻali silindri qisilgan holatda klapanni yopib turadi. Shunda sovituvchi suyuqlik oʻtkazuvchi teshikcha orqali suyuqlik nasosiga qaytadi. Bunda suyuqlik kichik doira boʻyicha aylanishi sababli u tez isiydi, natijada dvigatelning qizishi ancha tezlashadi (10-rasm).

10-rasm. Termostatlar sxemasi
Sovitish tizimidagi suyuqlikning harorati ma’lum darajaga 70…80°C koʻtarilganda ballondagi aralashmaning bugʻlanishi natijasida undagi bosim ortib qobirgʻali silindr boʻyiga uzayadi va termostat klapani qisman koʻtarilib, suyuqlikning ma’lum miqdori radiatorga, ma’lum miqdori esa suyuqlik nasosiga oʻta boshlaydi. Keyinchalik suyuqlikning harorati 90…95°C ga yetishi bilan klapan toʻla ochiladi, suyuqlik asosan radiatorga yuboriladi. Bunday termostatlardan sovitish suyuqligining ortiqcha bosimi katta boʻlgan yopiq tizimli dvigatellarda foydalanilmaydi. Bunday termostatlarning balloni yupqa devorli boʻlgani uchun sovitish tizimidagi ortiqcha bosimga sezgirligi yuqori boʻladi. Bunday hol termostatning aniqlik bilan ishlashiga salbiy ta’sir koʻrsatadi.
Qattiq toʻldirgichli termostatlar suyuqlikli termostatlarga nisbatan yetarli mexanik mustahkamlikka ega boʻlgani uchun ular tizimdagi suyuqlik bosimining oʻzgarishidan qat’iy nazar ishlashi barqaror boʻladi. Shu sababli hozirgi vaqtda dvigatellarda koʻpincha qattiq elementli termostatlar qoʻllanilmoqda. Bunday termostat qalin devorli ballonga ega boʻlib ichiga, kengayish hajmi katta boʻlgan serezin (neft mumi) aralashtirilgan mis kukuni toʻldiriladi. Qalin devorli ballon rezinali diafragma bilan yopilgan. Diafragma ustiga rezinali bufer orqali oʻrnatilgan shtok yoʻnaltiruvchi vtulka yordamida klapanga mahkamlangan.
Koromislo sharnirli ravishda termostat klapani bilan birlashgan. Dvigatel sovuqligida ballon ichidagi aralashma qattiq holda boʻladi va termostat klapani qaytargich prujina ta’sirida yopiq holda boʻladi. Shunda suyuqlik faqat suv nasosiga oʻtadi. Sovituvchi suyuqlik harorati 70°C dan oshgach, ballondagi qattiq aralashma eriy boshlaydi va uning hajmi kengayib, diafragma shtok ni koʻtarib, klapanni ochadi, natijada suyuqlikning ma’lum qismi radiator tomon yoʻnaladi. Harorat 83°C ga etganda klapan toʻla ochiladi va radiator orqali oʻtadigan suyuqlikning miqdori yanada koʻpayadi.
Suyuqlik harorati pasayib ballon ichidagi element hajmi qisqarsa klapan qaytargich prujina ta’sirida yopiladi. Natijada sovituvchi suyuqlik yana suv nasosiga oʻtib, kichik doira boʻyicha aylana boshlaydi. Ba’zida (“Tiko”, “Damas” avtomobillari dvigatellari) termostat ballonida qattiq toʻldirgich sifatida qirrali parafin donalaridan (granula) foydalanilgan.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling