O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universityeti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
Bitiruv ishining ob’ekti va predmeti
Download 1.68 Mb.
|
Meliyev БИ Охри Malaka oshirish (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv ishining maqsadi va vazifalari.
- Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi
- Bitiruv ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar va normativ-huquqiy hujjatlarning qisqacha tahlili.
Bitiruv ishining ob’ekti va predmeti. Respublikamizda va Farg’ona politexnika institutida o‘qitilayotgan “Avtomobil texnik ekspluatatsiyasi va servisi” fani sohasidagi nazariy va amaliy xarakterga ega bo‘lgan hujjatlar va ta’lim jarayonlari samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi o‘qitishning zamonaviy shakl, usul va vositalari. Oliy ta’lim muasasalarida “Avtomobil texnik ekspluatatsiyasi va servisi” fanining mazmun mohiyatini o‘rganish hamda uni nazariy va amaliy tadqiq etish hisoblanadi.
Bitiruv ishining maqsadi va vazifalari. Fan bo’yicha OTMlarida o‘qitishni har tomonlama nazariy va amaliy tadqiq etish, shuningdek, elektron o‘quv moduli ishlanmasini takomillashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy xulosalar ishlab chiqish. Bitiruv ishining maqsadi “Avtomobil texnik ekspluatatsiyasi va servisi” fanini “Avtomobil dvigatellarining sovutish tizimiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlari texnologiyasi” mavzusi ma’ruza mashg‘ulotining ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ishlanmasini ishlab chiqish va fanni o‘qitishni yanada takomillashtirishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: 1. Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan “ Avtomobil texnik ekspluatatsiyasi va servisi” fani taraqqiyotining ustivor yo‘nalishlarini taxlil etish; 2. “ Avtomobil texnik ekspluatatsiyasi va servisi” fanining mazmunini tahlil qilish va fanni o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalarining ahamiyatini o‘rganish. 3. “Avtomobil texnik ekspluatatsiyasi va servisi” fanini “Avtomobil dvigatellarining sovutish tizimiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlari texnologiyasi” mavzusi ma’ruza mashg‘ulotining ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ishlanmasini ishlab chiqish. 4. Fanni o‘qitish jarayonlarini takomillashtirishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Bitiruv ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar va normativ-huquqiy hujjatlarning qisqacha tahlili. Respublikamizning barcha sohalarini rivojlantirish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Bu borada hukumatimiz tomonidan ko‘plab, farmon va qarorlar qabul qilindi. Jumladan: O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 oktabr “Ilm fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-576-son, O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 24 iyulda «Innovatsion faoliyat to‘g‘risida» gi O‘RQ630-sonli Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabr “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF5847-son, 2020 yil 29 oktabr “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-sonli Farmonlaridir. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ2909 - sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalari ta’lim sifatini oshirish va mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi PQ-3775-sonli qarori alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” esa bu islohotlarning asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu hujjatda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar aniq qilib belgilab berilgan. Bitiruv ishini bajarishda yuqoridagi huquqiy me’yoriy hujjatlar mazmuni o‘rganildi va ulardan bitiruv ishining nazariy qismini yoritishda foydalanildi hamda bir qator soha mutaxassis va pedagog olimlarning ham ilmiy-uslubiy ishlari tahlil qilindi. Jumladan: Prof . Muxitdinov A.A. “Transport vositalarini tuzilishi va nazariyasi”, Prof. M.A.Ikramov tahriri ostida “Avtotransport vositalari servisi” darsligi, Prof. Sidiqnazarov Q.M.mumiy tahriri ostida “Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi” darsligi, O.Hamraqulov, Sh.Magdiyevlarning “Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi” darsliklari o‘rganilib, nazariy tahlil qilindi va mavzuni yoritishda foydalanildi. Pedalogika soxasiga xissa qo’shgan olimlarimizdan A.Dehqonov, N.Saidxanova, O Maqsudxanovalarning 2015 yilda chop ettirilgan uslubiy qo‘llanmasmi “Interaktiv metodlar” deb nomlangan bo‘lib, talabalarni faollashtiriuvchi, mustaqil fikrlashga undovchi interfaol metodlarning mazmun mohiyati keng ochib berilgan. T.O‘. Tolipov. M. Usmonboyevalarning 2005 yilda xammualliflikda yozgan «Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot» deb nomlangan uslubiy qo‘llanmasida pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari, mazmun mohiyati, pedagogik texnologiyaga asos solgan olimlar tomonidan berilgan ta’riflar hamda hozirgi kunda keng qo‘llanib kelinayotgan interfaol metodlarning qisqacha mazmunini yoritib bergan. Ushbu uslubiy qo‘llanmada ilova sifatida maktab dasturi asosida interfaol metodlarni fanga qo‘llanishi buyicha bir nechta misollar keltirilgan. Mutaxassislik sohasiga xissa qo’shgan olimlardan Harald Naunheimer, Bernd Bertsche, Joachim Ryborz, Wolfgang Novak. Automotive Transmissions. Fundamentals, Selection, Design and Application darsliklari ham o‘rganib tahlil etildi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling