O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universityeti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Download 1.68 Mb.
bet22/36
Sana25.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1120335
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
Meliyev БИ Охри Malaka oshirish (2)

Sovitish suyuqligi. Sovitish suyuqligi sifatida asosan suv ishlatiladi, chunki u issiqlikni oʻziga tez oladi va oʻzidan tez tarqatadi, arzon va yetarli miqdorda. Lekin sovitish tizimida qaynagan suvning quyqasi choʻkib, suv gʻilofi devorlarida tuz qatlami hosil qiladi. Buning natijasida silindrlar blokining issiqlik oʻtkazish qobiliyati sustlashadi, suv gʻiloflarining devorlari zanglaydi. Qish faslida tizimdan toʻkilmagan suv muzlab, silindrlar blokini yorib yuborishi mumkin. Shuning uchun sovituvchi suyuqlik sifatida, yuqorida aytib oʻtilgan kamchiliklardan holi boʻlish uchun antifriz suyuqligidan keng foydalanilmoqda.
Antifrizning ikki xili ishlab chiqariladi: tarkibi 47% suv va 53% etilen glikol boʻlgan antifriz M-40 (muzlash harorati –40 °C). 34% suv va 66% etilen glikol dan tashkil topgan; antifriz M-65; (muzlash harorati 65°C).
Antifriz kishi organizmi uchun zaharli hisoblanadi. Uning issiqlik sigʻimi suvnikiga nisbatan kam. Shuning uchun sovituvchi suyuqlik sifatida antifriz qoʻllanilganda tizimning issiqlik tarqatish qobiliyati suv bilan sovitilgandagiga nisbatan past boʻladi, natijada slindrlar devorining harorati 15…20°C ga ortiqroq qiziydi. Antifriz qiziganda suvga nisbatan birmuncha koʻproq kengayadi.
Tizimda suyuqlik sifatida suv ishlatilganda yomgʻir yoki qor suvlaridan foydalanish tavsiya etiladi, chunki bu suvlar yumshoq xususiyatga ega. Sovituvchi suyuqlik sifatida quduq, bulok yoki dengiz suvlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Bunday suvlarni yumshatish uchun 30…40 daqiqa qaynatiladi va tizimga quyishdan avval besh-olti qavat dokadan oʻtkazib filtrlanadi.
3. Suyuqlik bilan sovitish tizimi qismlarining konstruksiyasi. Radiator blokda isigan suyuqlikning issiqligini tashqi muhitga tarqatish uchun xizmat qiladi. U yuqorigi va pastki baklar, radiator oʻzagi va radiator qopqogʻidan iborat. Suyuqlik radiatorga yuqorigi bakining boʻgʻizidan quyiladi va radiator qopqogʻi bilan zich berkitiladi (4-rasm).
Radiator oʻzaklarining turlari quvur-plastinkali yoki quvur-lentali boʻlishi mumkin. Quvur-plastinkali boʻlganda, quvurlari gorizontal joylashtirilgan qator yupqa plastinkalar orasidan oʻtkazilib, uchlari yuqoriga va pastki baklarga kavsharlanadi. Quvur-lentali boʻlganda quvurlari oraligʻiga, sovitish yuzasini oshirish maqsadida toʻlqinsimon shaklda ishlangan lentalar joylashtiriladi.


Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling