12.3-rasm. Tilakoidlar. 12.4-rasm. Plastidaning anatomik tuzilishi
Zaruriy ashyolar: Rasm daftar, qalam va ruchka
Vosita, jihoz, qurilma: Hujayra organoidlaridan mitoxondriya va plastidaning rasmi, plakatlar, vaqtinchalik va doimiy preparatlar
Ishni bajarilishi: 1. Organoidlarni o’xshashlik va farqli tomonlarini farqlang. 2. Doimiy preparatlarda va vaqtinchalik preparatlarda mikroskopda hujayra organoidlarni kuzating. 3. Kuzatganlaringizni rasm daftarga tushiring. 4. Hulosalaringizni qayd qiling.
Nazariy va amaliy tushunchalarni egallash uchun savollar:
Xlorofil pigmentlari qanday strukturalardan iborat?
Karatinoidning organizmdagi roli?
Josef Pristli ishlari?
Fotosintezning amalga oshishi?
Mitoxondriya va plastidalarining bajaradigan vazifalaridagi o’xshashlik va farqlarni izohlang?
7-Amaliy mashg`uloti
Mavzu: Membranaga ega bo’lmagan organellalar
Asosiy maqsad: Membranasiz organoidlar bilan tanishish
Vazifalar: Membranasiz organoidlarning o’xshashlik va farqli tomonlarini ajratish
Nazariy tushuncha: Ribosomalar- juda kichik bo’lganligi uchun hujayrani diferinsial sentrafugalashda ular eng oxirida ajraladi ya’ni sedimentasiyalanadi. Ular prokariotlarda 70 S (Svedberg) birligi bo’lib, sentrafugadagi sedmentasiya birligini ifodalaydi.
Ribosomalarda aminokislotalar bir-biriga ulanib,uzun polipeptidni hosil qiladi.
Ribosoma oqsil sintezida molekulalarning bir-biri bilan bog’lanadigan joy bo’lib hizmat qiladi. Subbirliklar bir biri bilan muloqatda bo’lib oqsil sintezlovchi yoki translatsiyada ishtirok etuvchi faol markazlarni hosil qiladi. Oqsil sintez jarayoni 3 bosqichga bo’linadi: 1. Inisiatsiya 2. Elongasiya 3. Terminasiya
Do'stlaringiz bilan baham: |