O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti «menejment»


Download 75.5 Kb.
bet3/4
Sana26.01.2023
Hajmi75.5 Kb.
#1123967
1   2   3   4
Bog'liq
Туйчиев Гиёс-10

QO’SHIMCHA MAS’ULIYATLI JAMIYAT
QMJning MChJdan yagona farqi ishtirokchilar javobgarliklarining taqsimlanishidir. Bunda barcha a’zolar bir xil miqdorda hissa qo’shishlari talab etiladi. Javobgarlik chegarasi nizom bilan chegaralanishi mumkin.
Biznesni tashkil etishning bu shakli unchalik ham mashhur emasligiga, jamiyat a’zolarining korxona majburiyatlari bo’yicha mol-mulki bilan javobgar bo’lishidadir.
MChJ va QMJ egalarining boshqaruvda ishtirok etishdagi asosiy mexanizmi umumiy yig’ilish hisoblanadi. Uning mutlaq vakolatlariga, xususan: Nizom jamg’armasi hajmini o’zgartirish, tashkiliy hujjatlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, yangi a’zolarni qabul qilish yoki tarkibdan chiqarish, jamiyatning ijro organlari, reviziya komissiyasi va boshqa organlarini saylash yoki muddatidan avval vakolatlarini tugatish, foydani taqsimlash bo’yicha qarorlar qabul qilish.
Bu masalalarni hal etish direktorga, boshqaruv yoxud boshqa organga taqdim etilmaydi. Direktor yoki 20 foizdan ko’proq ovozga ega bo’lgan a’zoning manfaatlari bo’lgan bitimlar, shuningdek, jamiyat mulki bilan amalga oshiriladigan yirik kelishuvlar umumiy majlis a’zolari tomonidan ma’qullanishi talab etiladi.
Jamiyatning umumiy a’zolarining kamida 10 foiz ovoziga ega a’zosi talabi bilan ijro rahbariyati navbatdan tashqari yig’ilish chaqirishga majbur.
MChJ va QMJ egalarining boshqaruvdagi ishtirokida «Mas’uliyati cheklangan va qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida»gi Qonunning 8-moddasi amaliy instrument hisoblanadi. Unga muvofiq, jamiyat nizom jamg’armasida kamida 10 foizo’ ulushga ega a’zosi sudga murojaat qilib, jamiyatdan o’z majburiyatlarini buzayotgan, yoki o’zining harakatlari bilan jamiyat faoliyatiga to’siq bo’layotgan yoxud qiyinlashtirayotgan a’zolarni chiqarib yuborishni talab qilishi mumkin.
Jamiyatning joriy faoliyatini boshqarish uchun uning egalari direktorni saylashadi yoki tayinlashadi. U o’zi bilan imzolangan mehnat shartnomasi asosida jamiyat ishini boshqaradi. Bundan tashqari, nizomda ko’rsatilgan bo’lsa, jamiyat a’zolari ijro organi kollegiyasi - boshqaruvni shakllantirishlari mumkin. Unga nafaqat jamiyat egalari kirishi mumkin. Shu bilan, MChJ va QMJ ishtirokchilari hissador hamda jamiyat faoliyatining muhim jihatlarini aniqlab beruvchi, ammo bevosita biznesni yuritmaydigan shaxslarga taqsimlanishi mumkin.
MChJ va QMJ a’zosi o’z ulushini sotishi yoki nizom jamg’armasidagi hissasini boshqa biror usulda jamiyatning bir yoki bir necha a’zosiga taqdim etishi mumkin. Bunda, mazkur bitimga aloqasi yo’q ishtirokchilarning roziligi talab qilinmaydi. Shu bilan birga, o’z ulushini jamiyat nizomida taqiqlanmagan bo’lsa, uchinchi shaxsga berish mumkin. Bu holatda jamiyat ishtirokchilari va jamiyatning o’zi sotilayotgan ulushni uchinchi shaxsga taklif etilgan narxda xarid qilish borasida imtiyozli huquqqa ega. Shu boisdan ham hissasini sotuvchi ishtirokchi boshqa ishtirokchilarni va jamiyatning o’zini hissasini sotishga qilgan qarori va narxidan yozma ravishda ogoh etadi. Jamiyatning boshqa a’zolari yoki jamiyatning o’zi birinchi bo’lib xarid qilish huquqidan foydalanishdan bosh tortsa, hissa uchinchi shaxsga sotilishi mumkin.
Nizomda, shuningdek, (odatda, bu qayd etiladi) ulushni biror bir boshqa usul bilan taqdim etish, masalan, hadya qilish holati nazarda tutilgan bo’ladi. Agar nizomda hissani sotish taqiqlangan bo’lsa, yoxud jamiyatning boshqa egalari rozilik berishmasa, ulushini sotmoqchi bo’layotgan a’zo ulardan ulushi qiymatini berish bilan hissasini sotib olishlarini talab qilishi mumkin. O’z hissasini sotishni xohlamasa-da, jamiyat tarkibidan chiqmoqchi bo’lgan ishtirokchi ham shunday talabni ilgari sura oladi.
AJ – yirik biznesni tashkil etishga mos keladi.
Ustunligi: cheklangan mas’uliyat, qo’shimcha mablag’larni jalb qilishning oddiyligi.
Kamchiligi: aksiyadorlar soni ko’p bo’lganida mulkdorlar tomonidan boshqarish qiyin bo’ladi. O’zbekistondagi o’ziga xosliklar – qimmatli qog’ozlarning past likvidligi, kuchli huquqiy muvofiqlashtirilganlik, ko’plab ichki tuzilmalarni shakllantirish zarurligi, kuzatuv kengashi, reviziya komissiyasi, ichki audit va b.
AJ — biznesning yagona shakli bo’lib, uning joriy faoliyatini boshqarish shartnoma asosida boshqa tijorat tashkiloti – ishonilgan boshqaruvchiga topshirilishi mumkin. Agar aksiyadorlar bunga tayyor bo’lishmasa, bunda an’anaviy usul qo’llaniladi, boshqaruv kengashi tashkil etiladi ,direktor tayinlanadi. U biznesni yuritadi.
Aksiyadorning boshqaruvda ishtirok etish imkoniyati u ega bo’lgan aksiyalar turiga bog’liq. Oddiy aksiyalar ovozga ega hisoblanadi, o’z egasiga dividendlar olish, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Imtiyozli aksiyalar esa, o’z egalariga birinchi navbatda dividendlarni olishga hamda AJ tugatiladigan taqdirda aksiyaga tikkan mablag’larini olishda ustunlik beradi. Shu bilan birga, imtiyozli aksiyalar jamiyat daromadi bor-yo’qligidan qat’inazar ma’lum bir dividendlar olish huquqini ham taqdim etadi.
Aksiyadorlarning jamiyat ishlarida ishtirok etishlariga imkon beradigan instrumentlardan biri shundan iboratki, 5 foiz yoki undan ko’p miqdorda ovoz beruvchi aksiyalarga ega shaxs aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini chaqira oladi.
Aksiyadorlar o’zlariga tegishli aksiyalarni AJ va boshqa aksiyadorlarning roziligisiz sotishi yoki boshqa usulda begonaga berishi mumkin. Shu boisdan ham aksiya – korxona sarmoyasiga hissa qo’shishning eng likvidli bo’lgan shaklidir. Bunda, aksiyadorlar soni 50 nafardan oshmaydigan hamda bunday AJ nizomida boshqa aksiyadorlar yoki jamiyatning sotilayotgan aksiyalarni xarid qilishdagi imtiyozi qayd etilgan holatlar mustasno. Bunday holatlarda MChJ va QMJlardagi qoida ishga tushadi.
Aksiyalarni sotishda jismoniy yoki yuridik shaxs uchun solinadigan daromad solig’i to’lanadi. Daromad solig’i aksiyani xarid qilish va sotish orasidagi farqdan hisoblanadi.
Aksiyador, shuningdek, jamiyatdan uning aksiyalarini xarid qilishni so’rash bilan biznesni tark etishi mumkin. Bu kabi masalalar esa, O’zRning «Aksiyadorlik jamiyatari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonuni bilan tartibga solinadi.
XULOSA
Yo’l qurilish ishlarini tashkil etishdan maqsad Rspublikaning asosiy iqtisodiy potensialini yuqori bosqichga kutarishdan iboratdir. 2017-2018 yillar mobaynida 223 dona yangi – yo’l ta’miri va qurilishida ishlatiladigan texnikalarni xarid qilish haqida Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi.
Bu ishlarning barchasi yo’llarni a’lo darajada ta’miralash, rekonstruksiya qilish va nihoyat 2021 yilgacha xorijiy turistlarni jalb etish va O’zbekistonda turistlar oqimini jadal oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan vazifalardir. Trans-yo’l qurilish korxonasi natijalariga qaraydigan bo’lsak, korxonanining 3 yillik moliyaviy ko’rsatkichlari tahlilidan yaqqol tarzda ko’rishimiz mumkin.


Download 75.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling