O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti «menejment»


Tadbirkorlik faoliyati turlari va shakllari


Download 75.5 Kb.
bet2/4
Sana26.01.2023
Hajmi75.5 Kb.
#1123967
1   2   3   4
Bog'liq
Туйчиев Гиёс-10

Tadbirkorlik faoliyati turlari va shakllari

“Tadbirkor” deganda daromad olish maqsadida, mas’uliyatni zimmasiga olgan holda, jamiyatga foyda keltiruvchi biron-bir iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan shaxs tushuniladi.
“Biznes” va “tadbirkorlik” tushunchalarining mohiyati bir xil. Biznes-tadbirkorlik iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u xo‘jalik yuritish usuli, iqtisodiy faoliyat turidir. Tadbirkorlik sub’ektlari turlichadir: ular-yakka xususiy tadbirkorlar, jismoniy shaxslar, korxonalar, tashkilotlar, ular nomidan ish yurituvchi yuridik shaxslar, hissadorlik jamiyatlari, jamoalari, shuningdek davlat korxonalarini tadbirkorlik asosida faoliyat yuritayotgan bo‘lsa sub’ekti bo‘lishi mumkin. Ammo davlatning tadbirkorligining tartibi va unga amal qilinishi nazorati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlari, xodimlari tadbirkorlik sub’ekti bo‘la olmaydi. Chunki daromad olish uchun sarmoyadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lganlar tadbirkorlikning real sub’ekti bo‘la oladilar. Tadbirkorlik faoliyati bilan shu’gullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro’yxati mavjud bo’lib, u Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan.
Tadbirkorning qanday vazifani bajarishiga yo‘nalganligiga ko‘ra ishlab chiqarishni boshqarish, moliyalashtirish, vositachilik, tijoratchilik, turli xizmatlar ko‘rsatish va maslahatlar berish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonuniga binoan tadbirkorlik faoliyatining quyidagi shakllari mavjuddir:
yakka tartibdagi xususiy tadbirkorlik faoliyati;
yollanma mehnatni jalb etishga asoslangan xususiy tadbirkorlik faoliyati;
shirkatchilik asosidagi tadbirkorlik;
jamoa tadbirkorligi;
davlat tadbirkorligi;
aralash tadbirkorlik-yuridik shaxs hamda fuqarolar tomonidan mol-mulkni qo‘yish yo‘li bilan olib boriladi.
tadbirkorlikning tashkiliy shakllari g‘oyat xilma-xil bo‘lib, ularning birontasi ham muvaffaqiyatga oldindan kafolat bermaydi.
tadbirkorlikning qaysi shaklini tanlanishiga quyidagi omillar ta’sir etadi:
ishni oson boshlash imkoniyati;
uni boshlashda duch keladigan qonun-qoidalar:
ishning pul bilan ta’minlanishi;
ishning hajmi va miqdori;
to‘lanadigan soliqlar stavkalari.
Yakka tadbirkorlik
Agarda ishni bir shaxsning o‘zi tashkil etib olib borsa, u yakka xususiy tadbirkor hisoblanib, mulkka yolg‘iz o‘zi egalik qiladi va tushgan daromadni bir o‘zi o‘zlashtiradi.
Afzalliklari
Kamchiliklari
1) tadbirkor o‘z faoliyatini hech bir shartnomasiz, faqat o‘z qaroriga ko‘ra boshlashi mumkin;
2) hech bir yuqori kengashga bog‘liq bo‘lmay qaror qabul qiladi;
3) u faqat o‘z qaroriga javob beradi va shunga asoslanib ish tutadi;
4) korporatsiyalardagi kabi vaqti-vaqti bilan hech kimga hisobot bermaydi;
5) o‘z faoliyatini hohishiga ko‘ra istagan joyda amalga oshiradi.
1) behisob shaxsiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi;
2) ishi barbod bo‘lsa, mol-mulkini butunlay yo‘qotishi mumkin;
3) u sherikchilikning qo‘shimcha mablag‘iga suyana olmaydi;
4) aksiya yoki boshqa qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotish kabi moliyaviy usullardan foydalana olmaydi;
5) uning faoliyati faqat o‘ziga bog‘liq bo‘lib mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib qolsa, ishlari susayib cheklanib qoladi, vafot etsa umuman to‘xtaydi;
6) shundan kelib chiqib boshqa kompaniyalar u bilan iqtisodiy aloqani istamayroq amalga oshiradilar.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik shakliga etikdo‘z, repetitor, tikuvchi kabilar misol bo‘la oladi.
Shirkat
Ikki va undan ortiq kishining foyda olish maqsadida kelishuv (shartnoma) asosida o‘z mablag‘larini birlashtirgan holdagi tadbirkorlik faoliyati shaklidir.
Shirkatlar ikkita ko‘rinishga bo‘linadi:
to‘la yoki oddiy shirkatlar - to‘la shirkatda uning barcha a’zolari teng huquqqa ega bo‘ladilar.
mas’uliyati cheklangan shirkatlar - mas’uliyati cheklangan shirkatda uning bir a’zosi to‘la huquqqa ega bo‘lib, qolganlarning huquqlari cheklangan bo‘ladi va shirkatning qarzlari uchun javobgar bo‘lavermaydi, moliyaviy hujjatlarga ham imzo qo‘ya olmaydi.
Shirkatning huquqiy asosi uning a’zolari o‘rtasida tuzilgan bitim hisoblanadi va u quyidagi bandlardan iborat bo‘ladi:
har bir hamkorning vakolati;
bitimning muddati;
har bir a’zoning umumiy ishga qo‘shgan mablag‘lari hajmi (ayrim hollarda ba’zi a’zolar mablag‘ qo‘shmay intellektual bilimlari hisobidan baholanib ulush olishlari mumkin).
uyushma mablag‘idan har bir a’zoning olishi mumkin bo‘lgan aniq, belgilangan pul hajmi;
amalga oshirilishi zarur bo‘ladigan moliyaviy tartibi bayoni;
yangi hamkorlar (a’zolar) qabul qilish tartibi;
shirkatni tarqatib yuborish tartibi.
Shirkat o‘zi ishlab chiqqan nizom asosida faoliyat yuritadi. Shirkatning ham afzallik va kamchilik tomonlari mavjud:
Afzalliklari
Kamchiliklari
1) moliyaviy jihatdan yakka egalik firmaga nisbatan ancha kuchli bo‘ladi;
2) harakatdagi tezkorligi;
3) menejerlikda qo‘shimcha imkoniyatiga ega, ya’ni a’zolari bir-birini kamchiligini to‘ldirgan holda birlashadilar.
1) shirkatning har bir a’zosi boshqa sherigining xatti-harakati uchun javobgar bo‘ladi;
2) sheriklar o‘rtasida o‘zaro ishonchsizlik paydo bo‘lishi mumkin;
3) shirkat omadsizlikka uchrasa va biron a’zosining mablag‘i qarzni to‘lashga etmasa, boshqa a’zolari to‘lashlari shart bo‘ladi;
4) shirkat a’zolari shaxsiy jihatlarining juda katta ahamiyatga egaligi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga “Sharq Kredit”, “Beeline” va “Artfam Invest” kabi mas’uliyati cheklangan jamiyatlari misol bo’la oladi.
Jamoa (korporatsiya) shaklidagi shirkat
Bu shakldagi korporatsiyalar (ingliz tilida public company deyiladi) yakka shaxslar, muassasalar, tashkilotlar, korxonalar xohishlari va o‘zaro kelishuvlari asosida biron maqsadni ko‘zlab tuzilgan tadbirkorlik faoliyati. Unda xo‘jalik faoliyati hissadorlarning aksiya yoki paychilik shaklidagi qo‘shgan mablag‘lari asosida tashkil etiladi.
Korporatsiyaning afzalligi:
muddatsiz ravishda faoliyat ko‘rsatishi mumkin;
korporatsiya singan taqdirda uni boshqaruvchilar o‘z mol-mulkidan ajralib xonavayron bo‘lmasligi mumkin.
bir vaqtda turli-tuman sohalarda baravar faoliyat yurita olishi mumkin.
Jamoa korporatsiyalariga “Apple”, “Google” va “Microsoft” kabi korporatsiyalar misol bo’la oladi.
Tadbirkorlikning asosiy maqsadi-foyda olish. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, olinadigan foyda miqdori cheklanmaydi. Tadbirkor olgan foydasini mustaqil, o‘z xohishiga ko‘ra ishlatish huquqiga ega.
Tadbirkorlik xatti-harakatlari tufayli kimgadir moddiy yoki ma’naviy zarar etkazgan bo‘lsa, u buning uchun mulkiy javobgar hisoblanadi. Shuningdek, tadbirkor o‘z faoliyatida boshqa xo‘jalik yurituvchi shaxs bilan shartnoma asosida munosabatga kirishadi. Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda amaldagi qonun hujjatlariga va shartlariga muvofiq u mulkiy javobgar bo‘ladi. Demak, tadbirkor boshqa sub’ektga zarar etkazgan hisoblanadi.
Shunday qilib, tadbirkorlik har tomonlama faoliyat turlari bo‘lib, o‘z ichiga yangi tovarlarni ishlab chiqarish, yangi texnologiyani joriy etish, tovarlarni sotish uchun yangi-yangi bozorlarga kirib borish, yangi iste’molchilar doirasini kengaytirish, yangi ishlab chiqarishga yangi resurslarni, mablag‘ bilan ta’minlash manbalari va shakllarini jalb qilish, tashkiliy-boshqaruv yangiliklarini o‘tkazish, yangi sherikchilik munosabatlar, shu jumladan, xalqaro munosabatlarni shakllantirishni o‘z ichiga oladi.
Ko’cha-ko’yda, radio-televideniye, turli reklama va umuman kundalik hayotda xususiy korxona, qo’shma korxona, mas’uliyati cheklangan jamiyat va aksiyadorlik jamiyati kabi so’zlarni ko’p uchratamiz, qo’llaymiz ham. Ular biznesning turli tashkiliy-huquqiy shakllarini bildiradi. Ya’ni, olingan daromad qanday taqsimlanadi va unga solinadigan soliqlar qanday bo’lishini anglatadi. Korxona kasodga uchrasa (bankrot deb topilsa), qanday javob beriladi, uning mablag’lari qarzlarni yopishga yetarli bo’lmasa, biznesni qaysi usulda osonroq tark etish mumkin bo’ladi?
Har bir tadbirkor biznesning tashkiliy-huquqiy shaklini tanlashda qator savollarga javob topishga urinib ko’radi. Xususan:
1. Olingan daromad qanday taqsimlanadi va unga qanday soliq solinadi?.
2. Ma’lum bir shaklda biznesni tashkil etish qanchalik qimmat va murakkab?
3. Ish yurishmasa va korxona bankrot bo’lsa, uning mol-mulki qarzlarni yopishga yetmasa, nima qilinadi?
4. Biznes samara bermay qo’ysa, undan qulaylik bilan chiqish mumkinmi?
Quyida ushbu savollarga O’zbekiston qonunchiligida qanday bo’lsa shunday javoblar bilan tanishib olishingiz mumkin.
Ustunligi: xususiy korxona – yuridik shaxs bo’lib, yakka tadbirkordan farqli ravishda, qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug’ullana oladi.
Kamchiligi: bankrot bo’lib qolganda korxona egasi majburiyatlari bo’yicha cheklanmagan ko’rinishda javobgar bo’ladi. Ya’ni, kasodga uchraganda barcha qarzlarni va boshqa to’lovlarni o’zi to’laydi. Biroq, bu tavakkalchilik XKning yuridik shaxs sifatidagi soliqni to’laganidan keyin sof daromad uchun soliqning mavjud emasligi bilan muvozanatga keladi.
XK egasi uning faoliyatini shaxsan boshqarishi shart. U boshqaruv vakolatlarini yollangan menejerga taqdim eta olmaydi.
O’zbekistonda yuridik shaxslarga soliq solish ularning tashkiliy-huquqiy shakliga bog’liq emas. Agar korxona kichik tadbirkorlik sub’yekti bo’lsa, O’zRning «Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to’g’risida»gi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, u umumiy o’rnatilgan soliq va soddalashtirilgan soliq tizimi (Yagona daromad solig’i)dan birini tanlashi mumkin.
Ba’zan, u yoki bu sabablarga ko’ra, biznes mulkdorni qanoatlantirmay qoldi. Bu holatda korxonani yo bo’lmasa undagi ulushni nima qilish mumkin? Xususiy korxona egasi korxonani to’lig’icha mulk kompleksi sifatida sotishi yoki hadya etishi, yoxud uni tugatib, mol-mulkini alohida sotish mumkin.
Oilaviy korxona – kichik tadbirkorlik sub’yekti hisoblanadi. Xususiy turarjoyda yoki hovlida faoliyatini yo’lga qo’yishi mumkin. Bunda turarjoy binosini noturarjoy toifasiga o’tkazish talab etilmaydi. Biroq, faoliyat yuritish turlariga cheklovlar bor.
Asosiy kamchiliklari: ishtirokchilar soni oila a’zolari bilan cheklangan hamda korxona egalari uning majburiyatlari bo’yicha cheklanmagan javobgarlikka ega.
O’zRning «Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida»gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, oilaviy korxonaning har bir ishtirokchisi uni boshqarish, moliya-xo’jalik faoliyatini nazorat qilish, qarorlar qabul qilishda ishtirok etish huquqiga ega. Albatta, bu qanday amalga oshirilishi qonunda batafsil yoritilmagan. Ammo, barcha asosiy jihatlari nizom shartnomasida yoritilgan bo’lishi kerak. Aks holda, OK a’zolari o’rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqanida korxona faoliyati chigallashadi.
OK ishtirokchisi uning tarkibidan chiqish huquqiga ega. Agar nizom shartnomasida boshqa holatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa, OK tarkibidan chiqayotgan a’zoning nizom jamg’armasiga qo’shgan hissasiga proporsional bo’lgan mulk unga moddiy yoki mulkiy ko’rinishda qaytarilishi kerak.
OK boshlig’i o’zgarganida, oilaviy korxonaga tarkibiga ko’ngilli ravishda kirish (chiqish), er-xotin o’rtasida nikohning bekor qilinishi yoki OK egalaridan birining vafoti bilan nizom shartnomasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritiladi. Bunda OKni qaytadan davlat ro’yxatidan o’tkazish talab qilinmaydi.
MChJ — biznesning eng keng tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakli.
Ustunligi: ishtirokchi tavakkalchiligi uning ulushi miqdori bilan cheklangan, daromad solig’i jismoniy shaxslar daromadlariga solinadigan soliqlarga nisbatan birmuncha past stavka bo’yicha solinadi.
Kamchiligi: o’z hissasini sota olmaslik yoki taqdim eta olmaslik. MChJ tarkibidan ulushning bir qismini yo’qotmasdan chiqish amri mahol.

Download 75.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling